Yupqa linza formulasi. Linzaning kattalashtirishi. Linzalarda tasvir yasash.
Linza formulasi uchta kattalik — buyumdan linzagacha bo‘lgan d masofa, linzadan tasvirgacha bo‘lgan f masofa va linzaning F bosh fokus masofasi o‘rtasidagi bog‘lanishni ifodalaydi. Linza formulasini 33-rasmda tasvirlangan buyumning tasviri asosida osongina chiqarish mumkin.
Rasmdagi ABO va A1B1O, COF va FA1B1 uchburchaklar o‘xshash bo‘lganligi uchun quyidagi ifodalar o‘rinli bo‘ladi:
AB= CO ekanligini hisobga olgan holda
deb yozish mumkin BO=d, OB1 = f, OF= F, FB1 = f-F bo‘lganligi uchun quyidagi formulani hosil qilamiz:
Sodda shakl almashtirishlardan so‘ng u quyidagiga teng bo‘ladi:
fF + Fd = fd.
Hosil bo‘lgan ifodaning barcha hadlarini fFd ko‘paytmaga bo‘lsak, quyidagi munosabat chiqadi:
(7.1) yoki (7.2) formulani yupqa linza formulasideb atash qabul qilingan. Yig‘uvchi linzalar uchun d, f, F kattaliklar, asosan, musbat bo‘lib, tasvir mavhum (d) bo‘lganda fmasofa manfiy ishora bilan olinadi. Sochuvchi linzalarda tasvir va fokus mavhum bo‘lganligi uchun f va F lar manfiy bo‘ladi. Binobarin, sochuvchi linzaning formulasi quyidagi ko‘rinishga keladi:
(7.1) formula (6,3) formula bilan taqqoslanadigan bo‘lsa, yupqa linzaning fokus masofasi va optik kuchi quyidagilarga teng ekanligini ko‘rish mumkin:
Linza hosil qiladigan tasvir, odatda, tasviri tushirilgan buyumdan katta-kichikligi jihatidan farq qiladi. Buyum bilan uning tasviri o‘lchamlari orasidagi farq kattalashtirish degan tushuncha bilan xarakterlanadi.
Tasvirning chiziqli o’lchamining buyumning chiziqli o’lchamiga nisbati linzaning chiziqli kattalashtirishi deyiladi.
33- rasmdan ko‘rinadiki, AB buyumning balandligi h ga, A1B1 tasvirning balandligi esa H ga teng. U holda linzaning kattalashtirishi
ga teng. OAB va OA1B1 uchburchaklarning o‘xshashligidan quyidagi munosabat kelib chiqadi:
binobarin, linzaning kattalashtirishi tasvirdan linzagacha bo‘lgan masofaning linzadan buyumgacha bo‘lgan masofaga nisbatiga teng
K> 1 da kattalashgan tasvir, K< 1 da kichiklashgan tasvir hosil bo‘ladi; K> 0 da tasvir haqiqiy, K< 0 da esa mavhum bo‘ladi.
Linzada buyumning tasvirini yasashda buyumning bir nechta nuqtalarining tasvirini topish va so‘ngra ulardan buyumning tasvirini hosil qilish kerak. Nuqtaning tasvirini yasashda quyidagi nurlardan ixtiyoriy ikkitasini tanlash va ularning linzadan sinib o‘tgandan so‘ng kesishish nuqtasini topish kerak.
1. Optik o‘qqa parallel nur, u linzadan singandan keyin fokusdan o‘tadi.
2. Linzaning optik markazidan o‘tuvchi nur, u linzadan chiqqanda o‘zining dastlabki yo‘nalishini o‘zgartirmaydi.
3. Linzaning fokusi orqali o‘tuvchi nur, u linzada singandan keyin optik o‘qqa parallel ravishda ketadi.
Ana shu usul bilan buyumning bir nechta nuqtasining tasvirini fokal tekislikka tushirib olib, so‘ngra buyumning butun tasvirini yasash mumkin. Tasvir yasashda buyum linza fokusiga nisbatan qanday masofada turganligi muhim rol o‘ynaydi.
1. AB buyumdan linzagacha bo‘lgan d masofa linzaning ikki F fokus masofasidan katta, ya’ni d>2F bo‘lsin (34- rasm). Bu holda tasvir kichiklashgan va to‘nkarilgan holda fokus bilan ikkilangan fokus oralig‘ida paydo bo‘ladi.
2. Buyum linzaning fokusi bilan ikkilangan fokusi oralig‘ida turgan bo‘lsin (35- rasm), ya’ni F < d<2F, bunda tasvir to‘nkarilgan va kattalashgan holda ikkilangan fokus oralig‘idan nariroqda paydo bo‘ladi.
3. Buyum linzaning fokusida turgan bo‘lsin, ya’ni d=F (36- rasm). Bu holda buyumning istalgan nuqtasidan chiqib, linzada sinuvchi qo‘sh nurlar kesishmaydi va tasvir cheksizlikda paydo bo‘ladi.
4. Buyum linza bilan fokus orasida joylashgan bo‘lsin, ya’ni d
Endi tarqatuvchi linzaga kelsak, bunda ham linzaga nisbatan buyumning joylashishida yuqoridagidek turli hollar bo‘lishi mumkin. Biroq tarqatuvchi linzalarda buyum unga nisbatan qayerda joylashsa ham tasvir mavhum, to‘g‘ri va kichiklashgan bo‘ladi.
Buyum AB sochuvchi linzaning fokusi bilan ikkilangan fokusi orasida turgan bo‘lsin, ya’ni F (38- rasm). Bunda tasvir mavhum, to‘g‘ri va kichiklashgan holda fokus bilan linza orasida hosil bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |