6
Tog’ri soliqlar
Egri soliqlar
1.Yuridik
shaxslar
foydasidan
(daromadidan) olinadigan soliq
2.Jismoniy shaxslar daromadidan
olinadigan soliq
3.Yer solig‘i
4.Mol-mulk solig‘i
5.Yer
osti
boyliklaridan
foydalanganlik uchun soliq
7.Suv resurslaridan foydalanganlik
uchun soliq
1.Qo`shilgan qiymat solig‘i
2.Aksiz solig‘i
3.Jismoniy
shaxslardan
transport
vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va
suyultirilgan
gaz
ishlatganlik
uchun
olinadigan soliq
4.Bojxona to‘lovlari va boshqalar
To‗g‗ri soliqlarni bevosita soliq to‗lovchilarning o‗zi tulaydi, ya‘ni soliqni
huquqiy to‗lovchisi ham, hakikiy to‗lovchisi ham bitta shaxs bo‗ladi. TO‗gri soliq
yukini boshqalarga ortish Holati bu yerda bO‗lmaydi. Bu soliqlarga hamma
daromaddan tulanadigan va barcha mulk soliqlar i kiradi.
―To‗gri soliqlardan to‗gridan-to‗gri daromaddan soliq to‗langanligi uchun
soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko‗p qismini ularga
koldirib, investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini
rivojlantiradi. Bu soliqlar ning stavkalari kupaytirilsa, biznes imkoniyatlari kamaya
borib, iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi. Demak bu guruh soliqlarning stavkalari
to‗gridan-to‗gri bozor iqtisodiyoti bilan chambarchas bog‗langandir‖
4
.
Egri soliqlar ni huquqiy to‗lovchilari mahsulot (ish, xizmatni) yuklab
yuboruvchilardir (xizmat ko‗rsatuvchilardir). Lekin soliq og‗irligini haqiqatdan ham
budjetga to‗lovchilari tovar (ish, xizmat) ni iste‘mol qiluvchilardir, ya‘ni xakikiy
soliq to‗lovchilar bu yerda yashiringan. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) kiymati ustiga
ustama ravishda qo‗yiladi.
Bu soliqlarning ijobiy tomoni mamlakatda ishlab chikarilgan tovarlarni chetga
chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlar ko‗p bo‗lishiga yordam
beradi. Egri soliqlar orkali tovarlar kiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning
taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar
faoliyatining moliyaviy yakuniga to‗gridan to‗gri ta‘sir etmaydi, ya‘ni investitsion
faoliyatini qiskartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlil kilinmasdan oshirib yuborilsa
korxonalar mahsulotlarini sotishda qiyinchilikka uchrab, foydasi va budjetga
to‗lovlari kamayishi mumkin.
Bu soliqlarning yana bir tomoni muomaladagi ortiqcha pul massasini
kamaytirib, inqirozni jilovlab boradi. Birok bu soliqlar mehnat bilan band bo‗lgan
aholining real daromadini pasaytiradi. Korxonalarda to‗gri soliqlar stavkasini
kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko‗prok mahsulot ishlab chiqarishni
ko‗paytirib, tovarlar assortimentining oshishini ta‘minlashi kerak.
Jaxon soliq amaliyotida to‗g‗ri va egri soliqlar nisbatiga karab u yoki bu
mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi yoki iqtisodiy kiyinchiliklarni borligini tahlil
qilib berish mumkin. Masalan. AQShda to‗g‗ri soliqlar salmog‗ining budjet
4
Malikov T.S. Soliq va soliqqa tortishning dolzarb masalalari. T.: ―Akademiya‖, 2002, 56-b.
7
daromadida 90 foizga yakin bO‗lishi bu yerda rivojlangan bozor iqtisodiyoti
mavjudligidan darak beradi.
Egri soliqlar tarkibiga QQS, aksiz solig‗i, bojxona boji, yer osti boyliklaridan
foydalanish soliqlari kiradi. Yuqorida aytib utilganidek, to‗gri va egri soliqlar yagona
soliq tizimini tashkil etib bir-biri bilan o‗zaro bog‗langan. Umumiy soliq summasi
o‗zgarmagan holda birining stavkasini kamaytirish ikkinchisini stavkasini oshirishni
talab etadi.
Soliqlarning umudavlat (respublika) va mahalliy soliqlarga bulinishi xukumat
idoralarining respublika xukumati va mahalliy xukumatlarga bo‗linishi asosida kelib
chiqadi. Har bir xokimiyat idoralari O‗zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan
kelib chiqib, O‗z budjetiga va uni ta‘minlaydigan soliqlar ga ega bo‗lishi kerak.
Respublika xukumati umumdavlat mikyosida katta vazifalarni mudofaa, xavfsizlikni
saqlash, tartib intizom infrastrukturasini yaratish, mexnatkashlarga ijtimoiy
ximoyasini tashkil etish va boshqa bir kator yirik vazifalarni bajaradi. Shuning uchun
uning budjeti ham soliqlar i ham salmokli bo‗lishi shart. QQS, aksiz solihi, yuridik
shaxslarning daromadi (foydasi)dan, fuqarolar daromadidan olingan soliqlar
respublika budjetiga tushadi. Umumdavlat soliqlar ining muhim xususiyati shundaki,
respublika budjetiga tushadigan soliqlar dan mahalliy budjetlarni boshqarib borish
uchun ajratma sifatida tushushi mumkin. Bordi-yu, ajratma etmasa subvensiya yoki
subsidiya beriladi. Agar kelgusi yil mahalliy budjetlarning o‗z manbalari (soliqlar i)
kupayib kolsa, respublika soliqlar dan ajratma berishning xojati kolmaydi.
Respublika va mahalliy soliqlar yagona mohiyatiga ega bo‗ladi, budjetga tulanishi
lozim bo‗lgan to‗lovlardir.
Mahalliy soliqlar xukumatlar bajaradigan vazifalariga karab belgilanib, ularga
doimiy va to‗liq biriktirib beriladi. Mahalliy hukumatlar asosan mexnatkashlarga
yakin bo‗lganligidan ularga ijtimoiy masalalarni maktab, sog‗likni saqlash,
madaniyat, maorif, shahar va kishloklar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi.
Lekin bu soliqlar va yig‗imlar ularning budjet Harajatlarining 30-40 foizini koplaydi,
holos. Keyingi vaktlarda mahalliy budjetlar daromadlari salmog‗ini 50-60 foizga
etkazish kabi xukumat karorlari mavjud. Mahalliy budjetlar daromadlarini
kupaytirish eng dolzarb masalalardan biridir. Fakat o‗z daromad manbaiga to‗liq ega
bo‗lgan mahalliy xukumatlar o‗z faoliyatlarini to‗liq amalga oshirishlari mumkin.
Aks holda, har xil moliyaviy kamchiliklarga yo‗l qhyish zhtimoli bor. Mahalliy
soliqlarning muhim xususiyati shundaki ular fag‗at shu xududning budjetiga tushadi.
Boshqa budjetlarga ajratmalar berilmaydi.
Mahalliy budjetlarning soliq va yig‗imlari kam bo‗lganligidan bu budjetlarning
daromadlar va xarajatlarini barqarorlashtirish (balanslashtirish) ancha murakkabdir.
Bu masalani yechishda ilgari ko‗rsatganimizdek xududdan respublika budjetiga
tushadigan soliqlardan ajratmalar beriladi. (masalan, QQS, daromad solig‗i va
boshqalar). Amaliyotda shu soliqlardan mahalliy budjetlarga ular budjetini
barqarorlashtirish uchun 100 foizgacha ajratma bermasdan turib subvensiya
(maksadli yordam) berish hollari uchraydi. Vaholanki, mahalliy hukumatlarni o‗z
xududlaridan tushadigan soliqlarni undirishga qiziktirish uchun 100 foizgacha
ajratmalar berish maqsadga muvofiqdir.
8
Subvensiya yoki subsidiya uslublari esa mahalliy hukumatlarning respublika
hukumatiga murojaat etish lozimligini bildirib, ularni o‗z xududlaridagi soliqlar
to‗liq undirilishini qiziktirmaydi, ulardagi boqi beg‗amlik kayfiyatini kuchaytiradi.
Soliq tizimining takomilashganliligi soliq turlari, stavkalari, soliqlarning davlat
budjeti tarkibidagi daromadining nisbati mamlakatning iqtisodiy rivojlanish
darajasiga qay darajada mos kelishi, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakat
iqtisodiyotini yuksaltirish maqsadlariga mutanosibligi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: