2015 yil aprelida Germaniyaning GEO-NET va Inec-GOPA kompaniyalari O‘zbekistonning oltita hududida shamol elektr energetikasi xaritasini ishlab chiqqan edi. Mazkur tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, shamol energetikasi sohasidagi prognoz salohiyat 17 ming kv. m. maydonda yiliga 1,07 trillion kVt/s elektr energiyasini tashkil etadi. Hozirda Toshkent viloyatida 750 kVt quvvatga ega birgina tajriba shamol elektr stansiyasi qurilgan.2017 yil may oyida prezident Shavkat Mirziyoyev 2017—2025 yillarda O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish dasturini qabul qildi. Quyosh elektr stansiyalari qurilishi, GESlar qurilishi va modernizatsiyasi bo‘yicha dasturlarning amalga oshirilishi 2025 yilda ishlab chiqarilayotgan energiyadagi qayta tiklanuvchi manbalar ulushini 2016 yildagi 12,7 foizdan 19,7 foizga oshirishga imkon beradi. Surxondaryo viloyatida shamol elektr stansiyasi quriladi 2020-yilgacha foydalanishga topshiriladigan loyiha isteʼmolchilarga arzon va ishonchli elektr energi yasi yetkazib beradi. Boysunda shamol elektr stansiyasi quriladi, deb yozadi. O’zA.Xabarga ko’ra, Surxondaryo viloyatini 2019−2030-yillarda rivojlantirish Konsepsiyasi doirasida amalga oshiriladigan yangi loyiha isteʼmolchilarga arzon va ishonchli elektr energiyasi yetkazib beradi. Uni Turkiyaning “ETKO CO ENERJI A.S” kompaniyasi bunyod etadi.600 mVt. elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻladigan yirik loyiha foydalanishga topshirilgach, Boysun va Sherobod tumanlaridagi isteʼmolchilarni muqobil elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash sifati yanada oshadi, energiya uzilishlariga toʻliq chek qoʻyiladi. 100 dan ortiq yangi ish oʻrni yaratiladi.Ayni paytda texnik iqtisodiy asoslari ishlab chiqilayotgan loyihani 2020-yilgacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Navoiy viloyatida 400 MVt quvvatga ega 600 million dollarlik shamol elektr stansiyasi quriladi. Dunyodagi eng yirik Mubadala investitsiya xoldingi (BAA) va uning bo'linmasi bo'lgan Masdar kompaniyasi O'zbekiston Respublikasining energetika sektoriga investitsiyalar kiritmoq. Joriy yil 18 yanvar kuni Investitsiya va tashqi savdo vazirligida Masdar kompaniyasi bilan O'zbekiston Respublikasi Navoiy viloyatida 400 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish to'g'risida kelishuv imzolandi. Ushbu kelishuvga muvofiq, Masdar kompaniyasi shamol elektr stansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishni amalga oshiradi. Qurilish uchun investitsiyalar hajmi 600 mln dollar miqdorida baholanmoqda; ishlarni 2020 yilning uchinchi choragida boshlab, ob'ektni 2022 yilda foydalanishga topshirish reja qilinmoqda. Shuningdek, Mubadala kompaniyasi bilan "Tolimarjon IES" OAJ bazasida mavjud energobloklarni xususiylashtirish va yangilarini qurish loyihasini amalga oshirish to'g'risida kelishuv imzolandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |