Belkurak. MII-100asbobi
Gidravlik press.
Ishlash tartibi. Qorishmaning siqilishga va egilishga mustahkamlik chegarasini aniqlash. Qorishmaning mustahkamligi, tomonlari 4x4x16 sm ga teng bo‘lgan uchta namunani egilishga, keyin yarimtalini siqilishga sinab aniqlanadi. Agar sinaladigan qorishmaning yoyiluvchanligi 4 sm dan kam bo‘lsa, qolipning tagidagi list olinmaydi, 4 sm dan ko‘p bo‘lsa, qolipning tagiga namligi 2%, g‘ovakligi 10% day oshmagan oddiy qurilish g‘ishti qo‘yiladi. Qorishmaning tarkibi hisoblangandan keyin uchta 4x4x16 sm li namunatayyorlanadi. Qurilish
qorishmasi uchun ketadigan materiallar tarozida tortiladi va qorishma tayyorlanib, 4x4x16 sm li qolipga joylanadi, qolipga birinchi qatlam qorishma solinadi va u shpatel bilan 10 marta engilgina bosib shibbalanadi, so‘ng silkituvchi stolda 30 marta (30 s) silkitiladi, ikkinchi qatlam qorishma qolip to‘lguncha solinadi va yana uni 10 marta shpatel bilan shibbalab, silkituvchi stolda 30 marta silkitib zichlanadi.Qorishmabirkuno‘tgachqolipdanolinib27sutkasaqlanadi.
28 sutkadan so‘ng qurilish qorishmasidan tayyorlangan 4x4x16 sm li balochkalar egilishga va siqilishga mustahkamligi orqali markasi aniqlanadi.
MII-100asbobi: 4x4x16 sm li balochkalar egilishga vasiqilishga
mustahkamligi
a) egilishga mustahkamlik chegarasini aniqlash. Tomonlari 4x4x16 sm li namunalarning egilishga mustahkamlik chegarasini aniqlashda MII-100 asbobi (2-rasm) ishlatiladi. Namuna qirralarining o‘rtasi 1 mm gacha bo‘lgan aniqlikda shtangensirkul yoki po‘lat chizg‘ich bilan o‘lchanadi va uning uzunligi (l), eni (b) va balandligi (h) aniqlanadi. Sinashga tayyorlangan namuna 3 qo‘zg‘aluvchan tayanch 4gao‘rnatiladivamaxovik vint 6 pastga buraladi, bunda koromisloga mahkamlangan ko‘rsatkich 8 shkala 7 dagi «O» ga to‘g‘rilanadi. Keyin mashina elektr tokiga ulanib, vklyuchatel 10 «vperyod» («oldinga») holatga qo‘yiladi va koromisloga o‘rnatilgan dvigatel yukni bir tomonga siljitadi. Natijada o‘q 13 ga o‘rnatilgan koromislo o‘ng tomonga og‘adi va elka 9 tayanch 4 ni ko‘tarish hisobiga namuna egiladi (bunda namunaning o‘rtasidagi tayanch 5 qo‘zg‘almasdir). Namunaga tushayotgan kuch koromisloning o‘ng tomoniga o‘rnatilgan schyotchik 14 orqali kuzatib turiladi. Namuna ikkiga bo‘lingan vaqtdagi schyotchik ko‘rsatgan son qorishmaning egilishga mustahkamlik chegarasini bildiradi. Namuna sinalgandan so‘ng koromislo chapga og‘ib shayba 11 va amortizator 12 ga tayanadi. Natijada MP-V mikropereklyuchateli elektrodvigatelni elektr tokidan uzadi. Vklyuchatel 10 ni «nazad» («ketinga») holatiga qo‘yilsa, mashina koromislosi avvalgi holiga qaytadi. Gipsning egilishga mustahkamlik chegarasini quyidagi 1-formula orqalihisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |