Parrakli aralashtirgich bir yoki bir necha parrakdan iborat bo’ladi. Ular kovushkokligi kichik bo’lgan Suyuqliklarni aralashtirish uchun muljallangan.
Balandligi diametriga nisbatan katta bo’lgan qurilmalarda (H/D1.5) aralashtirilayotgan Suyuqliklarning turbulentligini oshirish uchun vertikal valga ikki parrakli aralashtirgichlar bir-biriga nisbatan 900 ga burilgan xolatda, bir necha katorda urnatiladi. Parraklar katorining oraligi t(0.30.6)D chegaralarda belgilanadi.
Kovushkokligi 10 MPa.c va kizdiruvchi yuzali qurilmalardagi Suyuqliklarni aralashtirish uchun yakorli va ramali aralashtirgichlar qo’llaniladi. Bunday aralashtirgichlarni shakli va o’lchamlari idishning ichki yuzasi va o’lchamiga monand bo’ladi. Oralik tirkish kengligi 310 mm dan ortmaydi.
Yaproksimon aralashtirgich parraklarining eni ancha keng bulib, ularning o’lchamlari quyidagi nisbatlardan aniqlanadi: d(0.30.5)D, b(0.51.0)D, h(0.20.5)D. Muhit kovushkokligining ortishi va parrak enini kengayishi bilan aralashtirgich tezligi kamayadi.
Propellerli aralashtirgichlarni asosiy ishchi qismi propeller - bir necha vintsimon suyri andozada bajarilgan parrakdan iborat bo’ladi. Sanoat korxonalarida uch parrakli propellerlar keng tarkalgan. Propellerli aralashtir-gichlar kovushkokligi 2Pa.s bo’lgan Suyuqliklarni aralashtirish, eritmalar va emulьsiyalar tayyorlash, katta xajmdagi Suyuqliklarni gomogenizatsiya kilish uchun qo’llaniladi.
Propellerli aralashtirgichlarning o’lchamlari o’rtasida nisbatlar 1-jadvalda ifodalangan.
Turbinali aralashtirgichning asosiy ishchi organi vertikal ukga urnatilgan yassi, kiya va egri chizik bo’yicha tayyorlangan ko’rakli (parrakli) turbina. Turbinali aralashtirgich ochik yoki yopik tipda bulib, asosan radial okimlarni yuzaga keltiradi.
Turbinali aralashtirgichlarni samaradorligi juda yukori bulib, katta xajmdagi Suyuqliklarni aralashtirish (500 MPa.s), tarkibida katta o’lchamli (d25 mm) zarrachalar to’tgan suspenziyalarni aralashtirish, eritish jarayonlarini amalga oshirish va boshqa maksadlarda qo’llaniladi.
Suyuqlik satxini idish diametriga nisbati HD2 bo’lgan xollar uchun turbinali aralashtirgichlarni diametri d(0.150.65)D, aylanishlari soni n25 c-1 va ularning chizikli tezligi 38 msek bo’ladi.
Mexanik aralashtirgichni aylanishi uchun zarur bo’lgan energiya mikdori ishkalanish kuchlarini yengish, uyurmalarni xosil bo’lishi va ularni buzilishi uchun sarflanadi. Zaruriy kuvvat N Suyuqlikni zichligi (kgm?), kovushkokligi (Pa s), aralashtirgichni aylanish chastotasi n (c-1) va uning diametriga d (m) bog’liq bo’ladi.
Aralashtirish uchun zaruriy kuvvat sarfi analitik yul bilan quyidagicha aniqlanadi.
Jarayon rejimi va aralashtirgichni shaklidan kat’iy nazar, muhitni karshilik kuchi R Nьyuton qonuniga binoan quyidagicha ifodalanadi
R Fv22, (7)
bu yerda - muhitni karshilik koeffitsienti; F- parrak aylanganda xosil buluvchi (sidiriluvchi) yuza, Fd24,m2; v- parrak uchidagi nuktaning chizikli tezligi, vdn, msek.
(87) tenglama tarkibiga kiruvchi F va v parametrlarning ifodalarini hisobga olib, ushbu tenglamani quyidagicha yozish mumkin
R (0.25d2)(2d2n22) (38)d4n2 . (8)
Parrakni aylantiruvchi kuch R qiymati muhitni karshiligiga teng deb kabul kilinadi (RP). U xolda, aralashtirgich parragini aylanishi uchun zarur bo’lgan kuvvat
N Rv (38)d4n2(dn) (48)d5n3. (9)
48KN deb belgilasak, (9) tenglama quyidagi kurinishga ega bo’ladi
N KNd5n3, (10)
bu yerda KN- kuvvat koefffitsienti, uning qiymati aralashtirish rejimi Rem va aralashtirgich turlari bo’yicha KN f(Rem) shaklidagi grafiklar asosida aniqlanadi. Bunday bog’liqliklar aralashtirgichlarning keng tarkalgan turlari uchun maxsus adabiyotlarda keltiriladi.
Agar Suyuqlik satxining balandligi qurilmaning diametriga teng bulmasa (ND) aniqlangan kuvvat tuzatish koeffitsienti K1ND qiymatiga ko’paytiriladi
N KN KkK1 d5n3, (11)
bu yerda Kk- qurilmaning konstruktiv qismlari- radial ousiklar, zmeeviklar, asboblar gilьzasi va boshqalar ta’sirini hisobga oluvchi koeffitsientlar ko’paytmasi.
Aralashtirgich elektrodvigatelining iste’mol kuvvati (kVt)
Ndv KmKNKkK1d5n3(1000u) , (12)
bu yerda Km1.051. ishga tushirish momentini hisobga olish koeffitsienti; u0.80.9 mexanik uzatmalarni umumiy f.i.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |