8- amaliy mashg’ulot: Mustaqillik yillarida yangi nashrdagi ensiklopedik lug‘atlarning yaratilishi Reja



Download 235,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana01.03.2022
Hajmi235,56 Kb.
#476991
1   2   3   4
Bog'liq
8- Amaliy mashgulot-2

Omonlashmoq. 
Diaxronik, nominativ, lisoniy enantiosemiya. 
1. Salomlashmoq, bir-biridan hol-ahvol so‘ramoq: -Hormang, brigad! - bizga 
rahbar bo‘lib chiqqan domlamiz Sadir Fuzaylovich uzoqdan Quvish aka bilan 
omonlashdi 
(O‘.Hoshimov. Ikki eshik orasi). Ayasi bilan naridan-beri ko‘rishib 
omonlashgan 
Zabarjad ukasini mahkam quchoqlab olgan, yuz-ko‘zlaridan 
cho‘lpillatib o‘pgani-o‘pgan (E.A’zam. Zabarjad)…
2. Xayrlashmoq, vidolashmoq: Xoldor ketar bo‘ldi, beklar, dunyodan. Rozilanib, 
omonlashib 
qolinglar (E.Jumanbulbul). Ana shunday qilib Murodxon singlisi bilan 
omonlashib
, yo‘lga tushib jo‘nayverdi (“Murodxon”).
Lug‘atda izohlangan til birliklari tilimizda so‘z ma’nolarining tadrijiy taraqqiyoti
tilning diaxron va sinxron tabiati, shuningdek, matnda namoyon bo‘ladigan 
yashirin ma’no xususiyatlari haqida yorqin taassurot uyg‘otadi. Ushbu kitob 
o‘zbek tilshunosligida va turkiyshunoslikda enantiosemiyaning lingvistik 
maqomini belgilovchi, o‘zbek tilidagi so‘z ma’nolariga xos bo‘lgan ma’noviy 
ziddiyatning leksikografik xususiyatlarini ko‘rsatib beruvchi tadqiqot sifatida 
muhim ahamiyatga ega. Kitob, eng avvalo, filologiya yo‘nalishidagi tadqiqotchilar, 
talaba va o‘qituvchilarga, umuman, so‘z olamining sir-sinoatlariga qiziquvchi 
barcha kishilar uchun muhim qo‘llanma vazifasini o‘taydi.
Bugungi kunda institut tilshunoslari yangi tipdagi, original lug‘atlar yaratishga 
alohida 
e’tibor 
qaratishmoqda. 
Durdona 
Xudoyberganova 
va 
Dilrabo 
Andaniyazovalarning “O‘zbek tili poetonimlarining izohli lug‘ati” o‘zbek 
leksikografiyasida yangi bosqichni, yangi davrni boshlab berdi. Lug‘atda o‘zbek 
badiiy adabiyotida poetik maqsadlarda qo‘llanilgan til birliklari – poetonimlar 
leksikografik talqin qilingan. Unda 
Kumush, Otabek, Layli, Majnun, Amir Temur, 
Nasriddin Afandi, Kolumb, Otello, Napaleon, Samarqand, Buxoro, Bag‘dod, Orol, 
Kamchatka 
kabi onomastik birliklarning lingvopoetik vazifalari izohlangan. Ushbu 
lug‘at o‘zbek tilining badiiy imkoniyatlarini yaqqol namoyon etishda muhim rol 


o‘ynaydi. “O‘zbek tili poetonimlarining izohli lug‘ati” nafaqat turkiyshunoslikda, 
balki zamonaviy tilshunoslikda ushbu yo‘nalishda tadqiqotlar, o‘zbek tilining 
badiiy imkoniyatlarini to‘liq ko‘rsatib beruvchi mukammal lug‘atlar yaratilishini 
ta’minladi.
XXI asr boshlarida o‘zbek tilshunosligida yangi antropotsentrik paradigma 
shakllandi. Natijada o‘zbek tilshunosligida ushbu yo‘nalishda bir qator monografik 
tadqiqotlar yaratildi, ilmiy izlanishlar olib borildi. Albatta, yangi antropotsentrik 
paradigma o‘z terminlariga ega va bunday terminlar hammaga ham birday 
tushunarli bo‘lavermaydi. Ana shunday ob’ektiv ehtiyojlar hisobga olingan holda 
o‘zbek tilshunosligida birinchi marta “Lingvokulturologiya terminlarining 
qisqacha izohli lug‘ati” (Toshkent: Turon zamin ziyo, 2015) yaratildi. Lug‘atda 
lingvokulturologiyaga oid asosiy terminlarning ma’nosi izohlangan. Bu lug‘at 
lingvokulturologiya alohida fan sifatida shakllanayotgan bir davrda o‘ta muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Mazkur terminologik lug‘at bilan bir qatorda institut olimlari turli yillarda fan va 
texnikaning turli xil sohalari, xususan, tilshunoslik, ish yuritish, tibbiyot, 
ma’naviyat, testologiya, sellyuloza va qog‘oz texnologiyasi bo‘yicha quyidagi ikki 
tilli terminologik va izohli lug‘atlar yaratdilarki, bu lug‘atlarning har biri tegishli 
sohalar terminologiyalarining rivojlanishi va takomillashuviga muhim hissa 
qo‘shdi, deb aytish mumkin: Hojiev A. Tilshunoslik atamalarining ruscha-
o‘zbekcha qisqacha lug‘ati. – Toshkent: Fan, 1993; Hojiev A. Tilshunoslik 
terminlarining izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘zME nashriyoti, 2002; Mahkamov N., 
Ermatov I. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – Toshkent: Fan, 2013; Ish 
yuritish 
atamalarining 
ruscha-o‘zbekcha 
qisqacha lug‘ati (Tuzuvchilar: 
A.Madvaliev, N.Mahkamov, E.Panasenko va b.) – Toshkent: Fan, 1994; Qisqacha 
ruscha-o‘zbekcha-inglizcha ish yuritish lug‘ati (Tuzuvchilar: A.Madvaliev, 
N.Mahkamov, E.Panasenko va b.) – Toshkent: O‘zbekiston, 1995; Qosimov A. 
Tibbiy terminlar izohli lug‘ati. 4 jildli. – Toshkent: Ibn Sino nomidagi tibbiyot 
nashriyoti, 2003-2008; Mahmudov N., Saidqulov Z. Ma’naviyatdan o‘zbekcha-
ruscha-inglizcha-fransuzcha-arabcha lug‘at. – Toshkent: Ma’naviyat, 2012; Uraeva 


E., Madvaliev A., Mahkamov N. Testologiya bo‘yicha ruscha-o‘zbekcha, 
o‘zbekcha-ruscha izohli terminologik lug‘at-minimum. – Toshkent: DTM nashri, 
2005; Pirimqulov M, Madvaliev A, Rahmonberdiev G‘. Sellyuloza va qog‘oz 
texnologiyasi: qisqacha ruscha-o‘zbekcha izohli terminologik lug‘at. – Toshkent: 
Fan va texnologiya, 2010.
XX asrga kelib jahon tilshunosligida tilni assotsiativ yo‘nalishda o‘rganishga 
e’tibor kuchaydi. Leksik assotsiayalar tahliliga bo‘lgan qiziqish turli tillarga oid 
assotsiativ lug‘atlarning yuzaga kelishiga zamin hozirladi. O‘zbek lug‘atchiligida 
ham ilk bor shu turdagi lug‘at D.lutfullayeva, R.Davlatova, B.Tojiboyevlar 
tomonidan yaratildi (“O‘zbek tili assotsiativ lug‘ati (milliy-madaniy birliklar)”– 
Toshkent: “Navoiy universiteti” nashriyot-matbaa uyi, 2019). Mazkur lug‘at 
soʻzlar orasidagi assotsiativ munosabatni aks ettiruvchi lingvistik lugʻat (

Download 235,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish