mahsulotni tarqatish me‟yori. Uchinchidan, ―madaniyat‖ – ma‘naviy boylik.
Ommaviy madaniyat hozir insoniyat hayotining barcha jabhalariga tez kirib bormoqda
va o‗zi tarqalish uchun qulay makonni shakllantirmoqda. Kommunistik mafkura hukmronligi
davrida o‗ziga xos komunistikmadaniyat – komunistik Sobiq Ittifoq mintaqasida, mafkuraviy
temir devor madaniyatga joy qoldirmas edi. Temir devor yiqilgach, Ommaviy madaniyat sovet
respublikalariga seldek bostirib kira boshladi, shu jumladan O‗zbekistonga ham. SHuning uchun
ommaviy madaniyatning namoyon bo‗lish holatlarini ilmiy va amaliy jihatdan tahlil qilish
muhim zaruriyatga aylandi. Faylasuf A. YA. Flier taklifiga binoan ommaviy madaniyat
ko‗rinishlari hamda yo‗nalishlarini quyidagicha belgilash mumkin:
―Bolalar submadaniyati‖ industriyasi;
Ommaviy ijtimoiy mifologiya; odamga murakkab qadriyatlar yo‗nalishi tizimini
joylashtirish; dunyoni ko‗p qirrali tushunishini oddiylashtirish;
– Ommaviy dam olishning tashkiliy turlarini, turli shoularni, qiziqish va dam
olishni sanoat asosiga ko‗chirish;
Sog‗lomlashtirishga qaratilgan dam olish industriyasi;
Ehtiyojni qondirishni boshqarish va individual, shuningdek, jamoa foydalanadigan
xizmatlar, takliflarni rag‗batlantirish tizimini tashkil etish (reklama, imidjmeykerlik va hokazo).
Har xil o‗yinlar, mexanik o‗yinlardan tortib, elektron, kompyuter va boshqa
vositalardan foydalanish;
3
SHunday qilib ―ommaviy madaniyat‖ – bir o‗lchamli hodisa emas. U o‗ziga xos tur va
darajaga egadir. Hozirgi zamon madaniyatshunosligida, odatda, ommaviy madaniyatning uchta
asosiy darajasini ko‗rsatadilar;
Kich – madaniyat (past darajadagi, vulgar, behayolar madaniyati)
Mid – madaniyat (―o‗rtamiyona‖ madaniyat);
Art – madaniyat (ma‘lum badiiy mazmun va estetik qiymatga ega madaniyat).
―Kich‖ so‗zi nemislarning ―kitschen‖ olmoshidan hosil bo‗lgan va saviyasi past, arzon
va jo‗n asar yaratib, sotishni bildiradi. Bunday asarlar haqiqiy san‘at durdonalari soyasida paydo
bo‗ladigan bo‗sh, esdan tez chiqib, unutiladigan madaniyat mahsulotlaridir.
Muammolarni cheklangan, hayotdan uzoq qilib tasvirlash, obrazlarni, g‗oya va
syujetlarni qolipga solish, mayda turmush tashvishlariga o‗ralashib qolgan qatlamga
mo‗ljallangan madaniyat asarlarini yaratish.
Mid-madaniyatning qamrovi keng, darajasi ancha baland. U an‘anaviy madaniyatning
ayrim xususiyatlarini aks ettirsa ham, ommaviy madaniyatga bevosita taalluqlidir.
Art madaniyati odatda, aholining bilimli qismiga mo‗ljallangan ommaviy madaniyatdir.
Uning vazifasi ommaviy madaniyatni maksimal darajada an‘anaviy madaniyat standartlariga
yaqinlashtirishdan iborat.
Bundan tashqari ba‘zi bir mutaxassislar ommaviy madaniyatning yana ikki alohida
turini – popmadaniyat va rokmadaniyatni ham ko‗rsatadilar, chunki hayot ularning ham
yashovchanligini hamda muayyan tabaqadagi kishilarning ongini egallaganligini ko‗rsatdi.
Buning boisini amerikalik siyosatshunoslar ham tanolishdi. Bu haqda Zbignev
Bjezinskiy shunday degan edi: ―Agar Rim dunyoga – huquqni, Angliya – parlamentni, Fransiya
– madaniyat va milliy respublikachilikni bergan bo‗lsa, AQSH – dunyoga ilmiy-texnika
revolyusiyasini va ommaviy madaniyatni tortiq qildi‖.
AQSHda bo‗sh vaqt, ya‘ni dam olishni sanoat asosiga ko‗chirgan. Aholining badiiy
jihatdan unchalik yuksak bo‗lmagan talablarini qondirish (yoki ushbu talablarni shakllantirish)
maqsadida ommaviy badiiy adabiyot (fantastika, sarguzasht, bulvar adabiyoti, ―ayollar‖ romani)
dunyoga keldi. SHuningdek, arzon-garov jangari, triller, melodrama va boshqa filmlarning
g‗oyasi va o‗lchami bitta – odamlarning amerikacha munosabatlarini qaror toptirish, musiqa
janrida ham asosan ana shu maqsad kuzatiladi.
XX asrda jazning yuzaga kelishi va rivojlanishi bilan dunyo musiqa madaniyatini
o‗zgartirib yubordi. Jaz XX asr arafasida dunyoga keldi. Uning tomiri negrlarning an‘anaviy
madaniyatiga borib taqaladi. Musiqadagi ritmik pauzalarning kuchayib, pasayib turishi qora
tanlilarning ―sprichuels‖, regtaym va blyuz kabi o‗ziga xos o‗yinlarini eslatib turadi.
XX asrda o‗yin madaniyati mislsiz miqyosda tarqaldi. Jahonni egalladi. U bo‗sh vaqtni
o‗tkazish vositasiga aylandi. Dansing va diskotekaga sig‗inish yuzaga keldi. Musiqa shaklining
rivojlanishi, eskilarining yo‗qolishi va o‗yinda yangi stil usullarining kirib kelishiga sabab
bo‗ldi. 1920 yillarda “CHarlston” modada bo‗lsa, keyinchalik uning o‗rnini “step”,
Do'stlaringiz bilan baham: |