qo`zg`atib yuborish osonroq. Ongi shakllanib ulgurmagan aksariyat yosh tomoshabinlar bunday
fil`mlardan ko`pincha turli yovuzlik, yirtqichlik, shafqatsizliklarni o`rganadi, xolos. Natijada
ularning diydasi qotadi, qalbidan toshbag`irlik, zo`ravonlik, axloqsizlik kabi illatlar joy olganini
o`zi ham sezmay qoladi. Hatto shunday tomosha va fil`mlarning qahramonlariga ko`r -ko`rona
taqlid qilishni istaydigan yigitqizlar ham topiladi. CHunki ular bunday uydirma talqinlar ta`sirida
qo`l urayotgan ishi qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishini tushunib etmaydi.‖
2[130]
SHu
ma`noda amerikalik ruhshunos M. Bell uni tavsif etib, ―Bu demokratik madaniyat. U sinfingiz,
millatingiz, kambag`al yoki boy ekaningizdan qat`iy nazar siz odamlarga atalgandir. Bundan
tashqari, hozirgi ommaviy kommunikatsiya vositalari tufayli yuqori badiiy qimmatga ega bo`lgan
juda ko`p asarlar kishi hayotiga kirib keldi‖ deganida bu madaniyatni biryoqlama,
mutaassiblarcha baholagani ko`rinadi.
Vaholanki, endilikda ommaviy madaniyatning hamma yoqqa erkin kirib kelishi
imkoniyatlari juda ortib bormoqda. Bu madaniyatga qarshi tura olish, kurash olib borish uchun
bu imkoniyatlarni yaxshi tasavvur etishning zarurati katta. Ular avvalo inson onging
xususiyatlaridan foydalanishga tayangan bo`lib, asosan quyidagilardan iborat:
Individning ruhan va aqlan ijtimoiy jayonda faol ishtirok etishni istamasligi. Boshqacha
aytganda, jamiyat a`zolarining ko`pchiligiga xos bo`lgan inertlik (loqaydlik, passivlik,
dangasalik).
Kundalik muammolardan, doimo takrorlanishdan iborat bo`lib qolgan zerikarli, odatiy
va mutaasiblik kayfiyatidan chetlashish hoxishi.
- O`z muammolarining boshqa insonlar va jamiyat tomonidan ham tushunilishi va his
etilish istagi.
Ommaviy madaniyat inson ongining shu xususiyatlaridan foydalanadi. U odatda avvalo
o`z bo`sh vaqtini qanday o`tkazishni bilmaydiganlar diqqatini o`ziga tortadi. U engil qabul
qilinadigan, inson ko`nglini xushlaydigan hayollar, go`zal manzaralar va sarob dunyosiga olib
kiradi, unga dam beradigan, unga shaxsan yo`naltirilgan jihatlari bilan kishiga yoqadi. Boz ustiga
kundalik muammolarga original va juda engil hozirjavobligi bilan hali chiniqmagan katta
2
[130]
Karimov I.A.Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas`ulmiz.9-jild.- T.:O`zbekistоn, 2001. B.74-75.
ko`pchilik ongini zabt etadi. ―Ommaviy madaniyat‖ning ―vaqtichog`lik qilish san`ati‖,
―charchoqqa qarshi‖ san`at yoki yarim madaniyat kabi nomlarni olgani ham shuning tufaylidir.
Ommaviy madaniyatning negativ jixatlari sanab o`tilarkan, uning mazmunida turli
darajalar borligini ham e`tiborga olish kerak, albatta. Unda juda sayoz va zararli maxsulotlar bilan
birga A.Kristining detektivlari yoki boshqa janrlardagi arzirli asarlar ham uchraydi. Lekin ko`p
xollarda asarlarni hammaga yoqimli qilishga bo`lgan intilish ko`pincha bu asarlarning ham
umummadaniy saviyasi darajasini tushiradi. CHunki ommaviy kommunikatsiya o`z nomi bilan
ommalashuv uchun mo`ljallangan. SHuning uchun ular saviyasi o`rtadan past kishilar intellektul
ehtiyojlarini qanoatlantirishi etarli. Boshqa tomondan qaralsa, ayrim tadqiqotchilar nuqtai
nazariga ko`ra, ayni ommaviyligi tufayli madaniyatning muayyan mazmunidan jamiyatning eng
quyi qatlamlari ham o`zlariga keragini olish imkoniga ega bo`ldi. Bizningcha, bu keyingi masala
xali to`liq va uzil-kesil echimga ega bo`lmagan murakkab masalalar qatoriga kiradi.
XX asr o`rtalariga kelib, elitar madaniyat mazmunida o`zgarish sodir bo`ldi. CHin
san`at asarlaridan judo bo`lgan omma o`zi uchun ishlab chiqilgan ―maxsulot‖ bilan qanoatlanib
yurgan esada, ommadan ajralib qolgan elita o`zining ommadan mutlaqo chetlashib ketganiga
ortiq befarq qola olmadi. Buning natijasi o`laroq elitar madaniyat namoyandalari ikki
madaniyatni bir biriga yaqinlashtiradigan asarlar yarata boshladilar. Masalan, italiyalik faylasuf
U.Eko dedektiv janrida maktab o`quvchilari, uy bekalaridan tortib to faylasuflar va
iloxiyotchilarning ham qiziqishlarini qondirishni mo`ljallagan oliy madaniyat asarini yozdi. Bu
kitobning ro`yxatda o`n yildan ortiq bestseller sifatida turgani uning maqsadi amalga oshganini
ko`rsatadi. Endilikda shu asar bilan insoniyat G`arb madaniyatida postmodernizm davriga qadam
qo`ydi deb qaralmoqda.
Postmodernizmda elitar madaniyat kontekstiga ommaviy madaniyat elementlari kiritilmoqda
yoki ikkisi ham kesatiqli kontekst vositasida bir mazmunga kiritilmoqda. Postmodernizm ikki
madaniyatni bir-biriga yaqinlashtirishda oxir oqibatda nimaga erishishi hozircha juda qorong`u.
Ushbu muammoni yoritishda hozirgi rus faylasuflaridan ko`pchiligi
SHarq
donishmandlari, xususan, hinduizm va b. ezoterik ta`limotlarni hozirgi davrga tatbiqan qayta
onglash asosida (Maxatmalar, Rerixlar tomonidan) qayta ishlab chiqilgan Hayotiy Axloq
Ta`limot paradigmasiga tayanish maqsadga muvofiqdir. Hayotiy Axloq paradigmasiga ko`ra,
ommaviy madaniyat yolg`on madaniyatdir, zero uning ko`pchilik shakllari chin (ya`ni oliy)
madaniyatdan farqli o`laroq, insonparvar ijtimoiy tamoyillar taraqqiyotiga va inson ruhiy
evolyutsiyasiga olib kelmaydi. CHinakam madaniyatning vazifasi va maqsadi - insonni tuban
nafs xohishlaridan poklanib borishi orqali ma`naviy yuksaltirish va barkamollashtirishdan
iboratdir. Ommaviy madaniyat esa bunga mutlaqo qarama qarshi keladigan ishlarni amalga
oshirmoqda – u inson ongi va instinktlarining (nafsining) tuban mazmunini zo`r berib
qo`g`otmoqda, shaxsni axloqiy va intellektual inqirozga olib kelmoqda.
Vaholanki, bu g`oyalar bizning ―madaniyat inson va insoniyat hayotining ma`no va
maqsadini to`g`ri ko`rsatib bera oladigan hamda uning faoliyatini shunga muvofiq yo`naltira
oladigan g`oyalar, tasavvurlar va his-tuyg`ularning organik birligidan iboratdir‖ degan ta`rifimiz
bilan ham, Aurobindo Gxoshning ―Madaniyat ruh, intellekt va vujud (tana) orasida uyg`unlikka
erishuv demakdir‖, degan ta`rifi bilan ham va, eng muhimi, xalqimizning yuksak metafizik
qadriyati bo`lgan tasavvuf ta`limotining ―Komil inson‖ kontseptsiyasi bilan ham uyg`undir.
SHunday qilib, ommaviy madaniyat, o`z kelib chiqishiga ko`ra, G`arb madaniyati
―taraqqiyoti‖ning qonuniy maxsulidir. Uning keng tarqalishida aholi sonining ortishi,
hammaning ma`lumotga ega bo`lishi, fan-texnika taraqqiyoti munosabati bilan ommaviy elektron
axborot vositalarining rivojlanishi, ―madaniyat industriyasi‖ning vujudga kelishi katta rol
o`ynadi. U endilikda go`yo jamiyat ijtimoiy strukturalari va mafkura bilan hech bog`liq
bo`lmagan, geografik chegaralarni olib tashlagan (kosmopolitik) ―umumbashariy madaniyat‖
ekani da`vosi bilan chiqmoqda. Bu esa mazkur ma`naviy inqirozning ko`lami va xavfi mislsiz
kattaligini va unga qarshi chiqish uchun naqadar katta safarbarlik talab qilinayotganini
ko`rsatmoqda.
Ommaviy madaniyatning paydo bo‗lishi va rivojlana boshlashi XIX asr oxiri va XX asr
boshlariga to‗g‗ri keladi. ―Ommaviy madaniyat‖ an‘anaviy madaniyatning ma‘lum yo‗nalishi
sifatida emas, balki madaniyatdagi sifat o‗zgarishi, hayot taqozasi asosida yuz berdi. Ommaviy
axborot va kommunikatsiya (radio, kino, televidenie, ko‗p nusxali gazetalar, suratli jurnallar,
internet) vositalarining keskin rivoji va tarqatilishi bunga sabab bo‗ldi. Ma‘naviy boyliklarni
industrial tijorat ishlab chiqarish va tarqatish, madaniyatni demokratlashtirish, aholi bilim
darajasi o‗sishi bilan birga uning ma‘naviy ehtiyojlarida pasayish jarayoni kuzatila boshladi.
Tadqiqotchilar ommaviy madaniyatning dastlabki shakli XIX asrning 30-yillarida
adabiyotda paydo bo‗lgan va ommalashib ketgan sarguzasht janrini ko‗rsatishadi. Asr oxirida
haftalik ommaviy axborot vositalari ana shunday asarlarni tinimsiz chop eta boshladilar. Vaqt
o‗tishi bilan ushbu jarayonga ―YUrak matbuoti‖ yoki ―Qalb industriyasi‖ deb nom berdilar.
Asr oxirida Amerika Qo‗shma SHtatlarida ommaviy madaniyatning komiks shakli paydo bo‗la
boshladi. Bu janr boshda faqat bolalar uchun mo‗ljallangan bo‗lsa, bora-bora kattalar hayotining
ham ajralmas qismiga aylandi. Aniqrog‗i, ―Ommaviy madaniyat‖ning keskin rivoji XX asrning
o‗rtalariga to‗g‗ri keladi. SHu vaqtdan boshlab u keng qamrov va xujumkorlik bilan tarqala
boshladi.
An‘anaviy madaniyatda bo‗lganidek, ommaviy madaniyatning ham
universal
xarakteristikasi hamon mavjud emas. Buni shunday tushuntirish mumkin. Gap shundaki,
―Ommaviy madaniyat‖ ilmiy-falsafiy kategoriya sifatida o‗ziga yakdil uchta tushunchani
qamraydi.
Birinchidan, “madaniyat” – alohida xarakterdagi mahsulot. Ikkinchidan, “ommaviylik” –
Do'stlaringiz bilan baham: |