7398b1cc-0a47-4d0e-b58e-dd2544d80cac pdf



Download 4,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet342/406
Sana10.07.2021
Hajmi4,38 Mb.
#114799
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   406
Bog'liq
Akademik yozuv majmua(1)

To’rtinchi  qoida:  Doimiy  ravishda  mashq  qiling,  mashq  qiling  va  yana 
mashq qiling! Busiz Sizda ham, boshqa ma’ruzachilarda ham hech nima va hech 
qachon amalga oshmaydi! 
4-TOPSHIRIQ: Muomala va tashqi ko’rinishning tadbirkorlikdagi 
ahamiyati
  
Tadbirkorning  faoliyati  jarayonida  o’zini  tutish  qoidalari  bir  qancha 
dalillar  (ko’rsatkichlar)  bilan  aniqlanadi.  Eng  avvalo  uning  o’ziga  xos  etik 
normalarga,  u  bilan  bog’liq  qoidalarga  rioya  qilishi  va  ma’lum  ma’noda  qabul 
qilingan  shartli  qoidalarni  bajarishi  lozim  bo’ladi.  Bularga  u  rioya  qilmasa  ham 
bo’ladi,  lekin  ushbu  xolda  uning  muvaffaqiyatsizlikka  erishishi  kunday  aniq  va 
ravshan bo’lib qoladi (tasodifiy yoki protektsionizm asosidagi soxta muvaffaqiyat 
bundan  istisno!).  Hammamizga  ma’lumki,  etika  insonning  jamiyatda  o’zini 
tutishi  bilan  bog’liq  bo’lgan  qoidalar  (printsiplar,  tamoilllar)  majmuasidir. 
Masalan, agarda Siz Amerika tadbirkori bilan muloqot olib borsangiz, uning etik 
normalariga  rioya  qilishingiz  lozim  bo’ladi.  Yapon,  Arab  yoki  Nemis  bilan  esa 
ularda  qabul  qilingan  qoidalar  asosida  muloqot  olib  borishingiz  lozim  bo’ladi. 
Bular orasida eng asosiysi, bizning fikrimizcha, to’g’ri so’zlilik va odamiylikdir. 
Chunki  «yolg’on»  dan  foydalanish  hech  qachon  normal  iqtisodiy  jarayonning 
asosi bo’la olmaydi. Bu birgalikda ishlayotganlarning barchasiga ham juda katta 
havf  tug’diradi  va  ko’pincha  bu  ishni  qilgan  shaxs  oxir-oqibatda  yutqazadi. 
Shuning uchun ham, «Menga  ko’r xaridor  uchrasin,  mahsulotimni 
sotib
 
olay», - 
degan fikr tubdan noto’g’ridir. 
«Agar  mijoz  mahsulot  yoki  xizmatdan  ko’ngli  to’lmasa,  uning  pulini 
qaytarishga kafolot beramiz», - degan e’lonlarga ko’zingiz tushgan bo’lsa kerak. 
Chunki  bunda  ushbu  kompaniyaning  ishonchga  loyiqliligi bo’rttirib  ko’rsatiladi. 
Tadbirkorlikda  amal  qilinishi  lozim  bo’lgan  bunday  etik  normalarning  kelib 
chiqishi  uzoq  o’tmishlarga  borib  taqaladi  va  ular  ma’lum  ma’noda  jamiyatning 
optimal  (eng  yaxshi)  rejimda  ishlashini  ta’minlab  beradi.  Ishbilarmonlik 
etikasining asosi ozodlik deb atalmish umuminsoniy qadriyatlarga borib taqaladi. 


334 
 
Bu shuni anglatadiki, tadbirkor, u kim va qaerda bo’lmasin, o’z raqobatchisining 
erkinligini  xurmat  qiladi,  uning  ishiga  aralashishni,  to’sqinlik  qilishni,  halaqit 
berishni keskin qoralashi lozim. Agar u shunday qilmasa, hozir yoki keyinchalik 
albatta  shunday  bir  odam  yoki  guruh  topiladiki,  uni  xuddi  shunday  noqulay 
ahvolga  tushirib  qo’yishadi  (ya’ni,  u  o’ziga  xos  qaytim  oladi).  Tadbirkorlik 
faoliyatining  asosiy  printsiplaridan  yana  biri  boshqalarning  qilayotgan  xatti-
harakatlariga  bosiq  munosabatda  bo’lish  va  ularning  nima  uchun  bunday 
qilayotganliklarini  tushunishga  intilishdar.  Bunday  qilish  o’zaro  ishonch 
munosabatini  tug’diradi,  bir-birini  tushunishga  olib  keladi  va  janjal  hamda 
tushunmovchiliklar kelib chiqishi mumkinligining oldini oladi. Tadbirkorlik olib 
borilayotgan sharoitda, albatta, qandaydir muammolar ham paydo bo’ladi, chunki 
bunda  Siz  ko’pchilikning  manfaatlari  to’qnashadigan  ruhiy  doiraga  tushib 
qolasiz.  Og’irlik,  vazminlik  va  bosiqlik  bunda  Sizga  juda  katta  yordam  berishi 
aniq  va  ravshandir.  Tadbirkorlikning  mexanikadagi  singari  o’z  «oltin  qonuni» 
ham  mavjud:  «Siz  mijozlar  to’g’risida  qayg’ursangiz,  bozor  Sizning  xaqingizda 
qayg’uradi».  Shunga  bog’liq  ravishda  g’arb  tadbirkorlarining  muvaffaqiyatga 
erishish formulasi juda ham oddiy: 

Download 4,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   406




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish