Portfolio bo‘yicha izohlar. Taqdimotga tavsiya etilayotgan «Portfolio»
materiallari puxta o‘ylangan, «portfolio»da keltirilgan barcha materiallar bo‘yicha
muallifning shaxsiy fikrlari yoritilgan bo‘lishi zarur. U talabaning ushbu fan
bo‘yicha olgan bilimlari, bo‘sh tomonlari, kelajakdagi rejalarining to‘liq
mazmunini ko‘rsatishi lozim.
Talaba portfoliosining turlari 1. Hujjatlar portfoliosi - ta’lim sohasidagi shaxsiy yutuqlar uchun berilgan
sertifikatlangan hujjatlar to‘plami (sinov daftarchasi, diplomlar, sertifikatlar,
guvohnomalar va b.) Bu ma’lumotlar portfolioni sifat va soniy jihatdan ob’ektiv
baholash imkonini beradi. Materiallar jadval ko‘rinishida bosqichlarga bo‘linib,
267
ball hisobida baholangan holda beriladi. Hujjatlar yoki ularning nusxalari ilova
sifatida keltirilishi mumkin.