7398b1cc-0a47-4d0e-b58e-dd2544d80cac pdf



Download 4,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/406
Sana10.07.2021
Hajmi4,38 Mb.
#114799
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   406
Bog'liq
Akademik yozuv majmua(1)

«Talaba  portfoliosi»  -  talabaning  bilish  jarayonidagi  ijodiy  mehnati 
natijalarini  o‘zi  tomonidan  ob’ektiv  baholash  instrumenti,  shaxsiy  faoliyati 
refleksiyasidir. U hujjatlar to‘plami sifatida quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

  talabaga  «portfolio»ga  joylashtirish  uchun  materiallar  tanlash  bo‘yicha 
topshiriqlar, ko‘rsatmalar; 

  talabaning  ijodiy  faoliyatlari  bilan  jiddiy  tanishib  borish,  portfelga 
joylashtirilgan faoliyat turlarini baholash omillari va mezonlari; 

  portfolioni ob’ektiv baholash uchun ekspertlar guruhi anketasi. 
Bunday  «portfolio»ni an’anaviy usulda  yoki elektron shaklda ta’lim  muassasi 
saytida, oddiy Word formatida yaratish mumkin.  
Talaba  o‘z  xohishiga  ko‘ra  yoki  o‘qituvchi  topshirig‘i  asosida  o‘zining  turli 
ijodiy sohalardagi mustaqil ishlarini ma’lum ketma-ketlik asosida o‘z portfoliosiga 
joylashtiradi.  Materiallar  bir  semestr  bo‘yicha,  o‘quv  yili  bo‘yicha  yoki  butun 
o‘quv  yillari  bo‘yicha  olinishi  mumkin.  «Portfolio»  yoki  undagi  alohida  ishlar 
talaba  tomonidan  oldindan  izohlanadi,  ya’ni  nima  uchun  u  aynan  ushbu  faoliyat 
turini  tanladi,  bu  faoliyat  turi  bo‘yicha  u  qanday  natijalarga  erishdi  yoki  erisha 
olmadi,  o‘qituvchining  ushbu  ish  bo‘yicha  bergan  bahosidan  rozimi,  ushbu  ish 
natijalari  bo‘yicha  qanday  xulosalarga  ega.  Albatta  har  qanday  bunday  ish  yo‘l 


263 
 
qo‘yilgan  xatolarni  asosli  ravishda  tahlil  qilishni  talab  etadi.  Uqituvchi  alohida 
talabaga  yoki  talabalar  guruhiga  o‘z  fani  bo‘yicha  shunday  «portfolio»  yaratishni 
taklif qilishi va uning tarkibini ko‘rsatib berishi mumkin. Bunday «portfolio»ning 
asosiy  maqsadi  talabaning  o‘z  faoliyatini  fikrlab,  asoslab  va  aniq  dalillar  asosida 
baholash qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir. Belgilangan vaqt o‘tgach (semestr 
yoki o‘quv yili) yoki aniq hajmdagi ishlar tugagach, talabaning xohishi bilan ushbu 
dastur  yoki  loyiha  bo‘yicha  talaba  o‘z  portfoliosini  taqdimot  qilishi  mumkin. 
Dastlab  taqdimotni  kichik  guruhda,  keyin  esa  katta  auditoriyada  tashkil  etish 
lozim. Agar «portfolio» elektron shaklda yaratilgan bo‘lsa, talaba o‘z hamkorlariga 
(talabalarga)  yoki  o‘qituvchiga  o‘z  parolini  oshkor  qilib,  ushbu  «portfolio» 
sahifalariga  kirishiga  ruxsat  beradi  va  taqdimot  tugagach  parolni  o‘zgartiradi. 
Talaba faoliyatini, ya’ni «portfolio» mazmunini baholash uchun o‘qituvchi maxsus 
ekspertlar  belgilaydi.  Materiallarni  mashg‘ulot  davrida  muhokama  qilish  mumkin 
bo‘ladi.  Agar  buning  uchun  alohida  vaqt,  o‘quv  soati  ajratilmagan  bo‘lsa  off-line 
telekonferensiya  rejimida  yoki  darsdan  tashqari  vaqtda  ta’lim  muassasi  sayti 
forumida  amalga  oshirish  mumkin.  Bunday  forumda  talaba  o‘zi  tanlagan  yoki 
o‘qituvchi  tomonidan  taklif  etilgan  bilim  sohasi  bo‘yicha  butun  kuchini 
berganligini,  uning  o‘z  faoliyatiga  bergan  bahosi  o‘qituvchi  va  ekspetlar  guruhi 
tomonidan berilgan bahoga mos yoki mos emasligini isbotlashi zarur. U baholarni 
qaysi jihatdan to‘g‘ri  yoki noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatishi  va o‘zining  kelajakdagi 
ushbu bilim sohasidagi ijodiy faoliyati rejalari bilan xulosalashi lozim. 
Agar  talabalar  o‘qituvchining  o‘ziga  nisbatan  yaxshi,  ochiq  va  samimiy 
munosabatda  ekanliklarini  his  qilishsa,  albatta  o‘z  fikrlari,  tajribalari  va  kuzatish 
natijalari  bilan  o‘rtoqlashadilar.  Chunki,  har  qanday  talaba  yoki  shaxs  o‘z  ijodiy 
mehnati  natijalari  bo‘yicha  boshqalar  fikriga  bee’tibor  bo‘lishmaydi.  Faqat  shu 
yo‘l  bilangina  shaxsni  kamol  toptirish,  o‘stirish  mumkin.  Agar  talabada  bunday 
ishonch  bo‘lmasa,  ochiq  muloqat  yuzaga  kelmaydi.  Talaba  yuqorida  ko‘rsatilgan 
«portfolio»ni yuritganda ham odatdagidek sukut saqlaydi. 
Talabalarni  bunday  texnologiya  asosida  tarbiyalash  va  ularga  ta’lim  berish 
rivojlangan  davlatlarda  allaqachon  o‘z  o‘rnini  topgan,  chunki  Internet  bu 


264 
 
texnologiyani joriy etish uchun bir qancha qulayliklarni yarata oladi. 
«Talaba  portfoliosi»  nafaqat  akademik  o‘zlashtirish,  balki  talabaning 
kommunikativ  muvaffaqiyatlari, muomula madaniyati, sport va jamoat ishlaridagi 
faolligi  bo‘yicha  ham  yuritilishi  mumkin.  Bunday  «portfolio»  muhokamasida 
(taqdimotida) ota- onalarni  ham  faol  ishtirok etishlarini ta’minlash  yanada  yaxshi 
natijalarga olib keladi. Ota-onalar o‘z farzandlari faoliyati natijalarini baholashlari 
uchun o‘qituvchi tomonidan yoki ekspert guruh tomonidan taklif etilgan baholash 
mezonlari va parametrlaridan foydalanishlari mumkin. 
Bunday  «portfolio»  muallifining o‘z  fikrlari  va o‘z-o‘zini  baholash  natijalari 
muhokamasida ushbu texnologiya prinsiplari va baholash mezonlarini quyidagicha 
belgilash mumkin: 
1. 
Aniq bilim sohasidagi faoliyat bo‘yicha o‘z-o‘zini baholash natijalari 
quyidagi omillar bilan asoslanadi: 

  ma’lum fan sohasi bo‘yicha bilimlarni o‘quv dasturiga mos kelishi; 

  bilish  jarayonida  talabaning  mustaqil  qarorlar  qabul  qilish  qobiliyati,  o‘z 
qarorlarining oqibatlarini bilish darajasi; 

  talabaning  kommunikativ  qobiliyatlarini  xususiyatlari  (bahslarda 
qatnashish,  o‘z  qarorlarini  asoslay  olishi,  materiallarni  ravon  va  sodda  tilda 
tushuntirib bera olishi). 
2. 
Tizimli  va  muntazam  o‘z  monitoringini  olib  borishi.  Talaba  biror  fan 
bo‘yicha  o‘z  yutuqlarini  nazorat  qilib  borishni  maqsad  qilib  olsa,  u  ushbu  fan 
bo‘yicha  muhim  deb  hisoblagan  bilimlarini  tizimiy  ravishda  «portfolio»ga 
joylashtirib boradi.  Uning  vazifasi-  ushbu  ishlarni  diqqat bilan  tahlil qilib borish, 
kerakli  o‘zgartirishlar  kiritish,  unga  tushuntirishlar  berish,  o‘z-o‘zini  baholash 
bo‘yicha  qisqa  hisobot tayyorlash,  ya’ni  ushbu  bilim  sohasi  bo‘yicha  u  nimalarni 
o‘zlashtirdi,  nimalarni  o‘zlashtira  olmadi  yoki  tushunmadi,  kelajakda  nimalarga 
e’tibor qaratishi lozim. Shuningdek u bu erda o‘z bilimlariga o‘qituvchi, ekspertlar 
va ota-onasi tomonidan qo‘ygan baholarga ham fikrini bildirishi mumkin. 
3. 
«Portfolio»  materiallari  tarkibi,  barcha  yozma  tushuntirishlarning 
mantiqiyligi va aniqligi. 


265 
 
4. 
«Portfolio»da  keltirilgan 
materiallarni  to‘liqligi 
va 
mazmunan 
tugallanganligi. 
5. 
«Portfolio»ni tartib bilan va estetik jihatdan did bilan yaratilganligi. 
6. 
«Talaba portfoliosi» taqdimotini ko‘rgazmali,  yaqqol va asoslangan  holda 
bo‘lishi. 
 

Download 4,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   406




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish