7398b1cc-0a47-4d0e-b58e-dd2544d80cac pdf


MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI



Download 4,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/406
Sana10.07.2021
Hajmi4,38 Mb.
#114799
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   406
Bog'liq
Akademik yozuv majmua(1)

MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI 
Talaba portfoliosini yaratish bo‘yicha tavsiyalar 
O‘quv portfoliosi 
Hozirgi kunda oliy ta’limda foydalanilayotgan talabalar bilimini baholash test 
reyting  tizimiga  asoslangan  bo‘lib,  talaba  bilimini baholashda  asosiy  hal  qiluvchi 
shaxs  fan  o‘qituvchisi  hisoblanadi.  Albatta  reyting  tizimining  o‘ziga  xos  ijobiy 
tomonlari  ko‘p.  Lekin,  shu  bilan  bir  qatorda  kamchiliklardan  ham  xolis  emas. 
Ushbu kamchiliklarga asosan quyidagilarni keltirishimiz mumkin: 

 talaba bilimi, uquvi va malakasi bir tomonlama, ya’ni faqat fan o‘qituvchisi 
tomonidan baholanadi; 

 baholashda talabaning faqat muayyan fan bo‘yicha bilimi hisobga olinadi; 

 talabaning  umumiy  va  kasbiy  nutq  madaniyatini  shakllanishiga  to‘sqinlik 
qiladi; 

 bo‘lajak  kadrda  kasbiy  kompetentlikni  shakllanganlik  darajasini  to‘liq 
aniqlash imkoniyati cheklangan; 

 oliy o‘quv yurtidagi o‘quv davri yakuni bo‘yicha aniqlangan umumiy ball 
ish beruvchilarga tayyorlangan kadrning sifati to‘g‘risida to‘liq xulosa bermaydi; 

 talabaning  umumiy  reyting  balini  aniqlashda  uning  boshqa  sohalarda 
erishgan yutuqlarini hisobga olish imkoniyati kam; 

 bitiruvchiga  tayyor  kadr  sifatida  o‘z-o‘ziga  ishonch,  o‘z  imkoniyatlari, 
qobiliyatlari  va  kasbiy  kompetentlikga  tayyorligi  to‘g‘risida  o‘zi  xulosa 
chiqarishiga asos yaratmaydi; 

 talabada refleksiya qobiliyatini hosil bo‘lishiga to‘liq sharoit yaratmaydi. 
Yuqoridagilarni  hisobga  olgan  holda,  xalqaro  ta’lim  tizimidagi  innovatsion 
o‘zgarishlar,  rivojlangan  davlatlar  ta’lim  tizimidagi  ijobiy,  zamonaviy  pedagogik 
texnologiyalarga  tayangan  holda  talabalarda  umummadaniy,  umumkasbiy  va 
kasbiy  kompetentlikni shakllantirishga  yo‘naltirilgan o‘quv, o‘quv-  uslubiy,  ilmiy 
va o‘qishdan tashqari faoliyat natijalarini to‘g‘ri baholashga yo‘naltirilgan nazorat 
qilish  va  baholashning  innovatsion  shakllaridan  foydalanish  «Kadrlar  tayyorlash 
milliy  dasturi»  talablari  asosida  raqobatbardosh  kadrlar  tayyorlash  maqsadiga 


260 
 
muvofiq hisoblanadi. 
Talabaning oliy o‘quv yurtidagi barcha turdagi faoliyatlarini nazorat qilish va 
baholashning  innovatsion  texnologiyalaridan  biri  sifatida  «Talaba  portfoliosi» 
etakchi o‘rin egallaydi. Ushbu texnologiya ayniqsa rivojlangan g‘arb davlatlari oliy 
ta’lim  tizimida  keyingi  yillarda  keng  qo‘llanilmoqda.  Rossiyada  esa  2003  yildan 
e’tiboran  ta’lim  tizimining  barcha  bosqichlarida,  jumladan  boshlang‘ich  ta’lim, 
umumiy o‘rta ta’lim, kasbiy ta’lim va oliy ta’limda joriy etilgan. 
«Portfolio»  faoliyatning  turli  yo‘nalishlari  bo‘yicha  talabaning  shaxsiy 
yutuqlarini tasdiqlovchi  hujjatlar  majmuidir. Portfolioni yaratish talabaning ijodiy 
faoliyati  hisoblanib,  unga  turli  xil  soha  (o‘quv,  ilmiy—izlanish,  sport,  ijodiy, 
ijtimoiy  va  b.)  bo‘yicha  faoliyat  natijalari  oliy  o‘quv  yurtida  o‘qish  jarayoni 
davrida talaba tomonidan kiritiladi. 
Portfolioni  yaratishdan  asosiy  maqsad  talabaning  oliy  o‘quv  yurtidagi  o‘qish 
jarayoni  davrida  erishgan  yutuqlari  to‘g‘risidagi  daliliy  hujjatlarni  to‘plash  va 
saqlashdan  iborat.  Portfolio  nafaqat  talabaning  ta’lim  sohasidagi  faoliyati 
natijalarini  o‘zi  tomonidan  baholashning  samarali  shakli  bo‘lib  qolmasdan, 
quyidagilarga imkoniyat tug‘diradi: 

 ta’lim sohasidagi yutuqlarni dalillashtiradi; 

 ish raqobati bo‘yicha tajriba ortdiradi; 

 kasbiy  kompetentlikni  rivojlantirish  uchun  mustaqil  ta’limni  amalga 
oshiradi; 

 o‘zining kasbiy kompetentlik darajasini ob’ektiv baholash 

 malakasini rivojlantiradi; 

 bo‘lajak mutaxassisning raqobatbardoshligini oshiradi. 
Respublikamiz oliy ta’lim tizimida ushbu texnologiyaning 
qo‘llanilishi  amaldagi  talaba  bilimini  baholashning  test  reyting  tizimini  inkor 
etmaydi,  aksincha  uni  to‘ldiradi.  Rivojlan-  tiruvchi  ta’limga,  insonparvar 
pedagogika  nuqtai  nazaridan  shaxsga  yo‘naltirilgan  ta’limga  o‘tishga,  talabalarda 
kasbiy  kompetentlikni  shakllantirish  bo‘yicha  refleksiya  hosil  qilishga  sharoit 
yaratadi. 


261 
 
Portfolio  talabaning  turli  sohalardagi  faoliyati,  jumladan  o‘quv-tarbiyaviy, 
ijodiy,  ijtimoiy,  kommunikativ  va  boshqalar  bo‘yicha  erishgan  natijalari  sifatini 
baholash imkonini beradi. 

Download 4,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   406




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish