esa gado» - deb bejiz aytmaganlar).
Maslahat so’rashdan tortinmang, chunki bu sizni kamsitmaydi, balki sizga
nisbatan e’tiborni orttiradi. Maslahatga quloq solish va shunga mos ravishda
harakat qilish aql etukligidan nishona beradi. Yuqori mansabdagilar bilan juda
ham yaqin bo’lish xavfli, pastdagilar
bilan juda ham yaqin bo’lish esa obruga putur etkazishi mumkin. Hech
qachon yolg’on gapirmang, ammo haqiqatni ham to’liq gapirmang,
chunki haqiqat bilan juda extiyot bo’lib muomala qilish kerak. Bir marta
aldasangiz, sizning rostgo’y inson sifatidagi ta’rifingizga tuzatib bo’lmas dog’
tushadi. Aldanganni sodda odam deb bilishadi, ammo aldoqchini esa firibgarga
chiqarib qo’yishadi. Barcha haqiqatni ham gapirib bo’lmaydi, ba’zi haqiqatlarni
o’zingizning foydangiz uchun bildirmaganingiz ma’qul bo’lsa, ba’zilarni esa
boshqa insonlar foydasi uchun aytmaganligingiz ma’qul. Mansab tashqi
ko’rinishga zeb beradi, ammo bu shaxsning ichki ma’naviy holatiga juda ham
kam ta’sir qiladi. Taqdir ba’zi insonlarga katta mansablar berib, ular qalbining
kamchiliklarini yo’qotishga harakat qiladi deyish ham mumkin. Mansab
egalarining tasavvuri juda ham ilgarilab, o’z imkoniyatlari doirasidan ko’ra
ko’proq narsalarga erishishga intiladi va bu bilan tuzoqqa tushib qolishadi
(«tekinga o’rgansa baliq, qarmoqqa ilinishi aniq» - deb bejiz aytmaganlar).
213
O’jar bo’lmang, chunki barcha kaltafahmlar o’jar, o’jarlar esa kaltafahm
bo’ladilar. Tortishuvda o’jar bo’lsangiz, foydadan ko’ra ko’proq zarar ko’rasiz,
haqiqatning tagiga etolmaysiz hamda ko’pchilik orasida tarbiya ko’rmagan inson
sifatida tanilasiz. O’jarlik fikr yuritishingiz tavsifi emas, balki istak-
hoxishlaringizga intilishda sizning irodangiz tavsifi bo’lishi kerak.
Sizni juda ham maqtaydiganlar va sizga tilyog’lamalik qiladiganlarga
ishonmang. Ba’zilar maqtov va yaltoqlik bilan maqtovga o’ch bo’lgan
mansabdorlar pijiga kirib oladilar. Vaqt o’tishi bilan, ishonchga kirib olib, ularga
katta zarar keltiradilar. Haqiqiy xurmat burch hisoblanadi, yolg’ondakam xurmat
esa firibgarlikning bir ko’rinishidir holos. Tilyog’lama insonlar sizning yaxshi
tomonlaringizni ko’pirtirib, bu bilan faqatgina o’z manfaatlarini ko’zlaydilar.
Birovning manfaatlarini himoyalayman deb, o’z manfaatlariga erishmoqchi
bo’lgan ayyor insonlardan juda ham ehtiyot bo’lish kerak. Ular bir karra aqlli
bo’lsa, siz ularndan ikki karra aqlliroq bo’lishga harakat qiling. Agar ularning
qarmog’iga ilinib qolsangiz, kimnidir foydasi deb, o’zingizga katta zarar etkazib
qo’yishingiz mumkin. Dono inson barchadagi yaxshi hislatlarga ahamiyat beradi
va yaxshi amal qilish qanchalik qiyinligini ham anglaydi. Aqlsiz inson esa hech
kimda biror bir yaxshi hislatni ko’rmay, faqatgina ulardagi yomonliklarni
ko’radi, xolos.
O’zingizning kimligingizni, qanday inson ekanligingizni, qanday
kamchilik va afzalliklaringiz borligini yaxshi bilib oling. Chunki sizning obru-
e’tiborli bo’lib, hayotdagi ezgu maqsadlaringizga erishishingiz xuddi shularga
bog’liq bo’ladi. Laqma, yolg’onchi, engiltabiat va firibgar insonlar bilan aloqa
qilmang – ular siz bilan juda ham yaqin bo’lib qolganlarida juda ham xavfli
bo’lib qoladilar. Bunday insonlarni bilmaganlarning o’zi ham laqma hisoblanadi,
ammo bilib turib, ular bilan aloqa qilganlar esa kaltafahm deb hisoblanadilar.
Xurmat qozonishning eng yaxshi yo’li – yaxshi amallar bilan
shug’ullanishdir. Savob amallar qilganingizda ular bilan maqtansangiz,
xurmatingizga putur etishi mumkin. Haqiqatni ochiq aytish juda xavfli, ammo
214
vijdonli inson haqiqatni aytmasdan jim tura olmaydi. Shuning haqiqatni aytishda
uni boshqacha tarzda, misollar vositasida bildirgan ma’qul. Chunki bunda
haqiqatni bilishi kerak bo’lgan kimsalarning ko’ngliga ozor etmaydi va uni aytish
ham katta havf tug’dirmaydi.
Yolg’onchi kimsa sifatida nom qozonmang. Undan ko’ra ehtiyotkor inson
sifatida taniling. Ko’rinishdan sodda bo’lishga harakat qiling, ammo laqma
bo’lmang. Sinchkov bo’ling, ammo ayyor bo’lmang. Iloji boricha atrofdagi
insonlar sizni ikkiyuzlamachi emas, balki aql-farosatli inson sifatida tanisinlar.
Ishonuvchan va soddadil insonlarni yaxshi ko’radilar, ammo ko’pincha ularni
aldashga harakat qiladilar. Eng oliy ayyorlik – ayyorlikni yashirishdir, chunki
buni yolg’onchilik bilan tenglashtiradilar.
Agar sher bo’la olmasangiz, tulki terisini yopinib yurganingiz ma’qul.
Vaqtida yon bossangiz, yutishga imkon topasiz. Agar kuchingiz etmasa, aql-
farosat bilan harakat qiling. Kuchdan ko’ra chaqqonlik ijobiy natijaga olib kelishi
osonroq. Ko’pincha aqllilar kuchlilarni engadilar. Buning teskarisi juda kam
kuzatilgan.
Boshqalardan juda ham ajralib turishga harakat qilmang, chunki
birinchidan, ko’pchilik buni to’g’ri qabul qilmaydi va ikkinchidan, bu holat
o’zingizni noqulay holatga solib qo’yadi. Atrofdagi insonlardan juda ham katta
farq qilsangiz, sizdan do’stlaringiz ham yuz o’girishi mumkin. Chiroyli va aqlli
so’zlar gapiraman deb, atrofingizdagilarni hafa qilib qo’ymang. Siz bittasiz,
dushmanlaringiz esa ko’pchilik - ularga biror bir nimani uqtirganingizcha, ular
sizni osongina engadilar. Barcha ig’vogarlarni yomon ko’rgani bilan, ko’pincha
ularni gapga solib, o’z qiziqishlarini qondiradilar. Ammo ularnga bo’lgan nafrat
esa hech qachon kamaymaydi.
Yarim bajarilgan ishni hech qachon ko’rsatmang – ish tugagandan so’ng
uni chiroyli qilib ko’rsatganingiz ma’qul. Aks xolda birinchi bor ko’rilgan chala
ish barchaning xotirasiga muhrlanib qoladi. Iloji boricha kechirimli bo’ling. Juda
ham zarur bo’lmaguncha, o’zingizni oqlashga harakat qilmang, chunki juda ham
215
berilib o’zini oqlash jinoyat qilganlik nishonasi deb tushuniladi. Oldindan
kechirim so’rash – o’z- o’zini ayblashdir. Haqligingizni bildirish uchun oldindan
o’zingizni oqlab, o’zingizga nisbatan shubha uyg’otasiz va qilmagan ishingiz
uchun ham sizni nohaq ayblashlari mumkin. Faqat o’zingiz uchungina emas,
balki boshqalar uchun ham yashashga harakat qiling. Faqat o’zi uchun
yashaydiganlar barcha narsa o’zlariniki bo’lishini istab, do’stlardan ajrab
qoladilar. Ammo faqatgina boshqalar uchun yashaydiganlar ham bo’ladi - ular
mustaqil hayot kechira olmaydilar. Esingizdan chiqmasin, begonalar sizdan foyda
chiqqani uchungina sizga yaqin bo’lishga harakat qiladilar. Shuning uchun
yaxshilikni avvalo o’z do’stlaringiz va yaqinlaringizga qiling.
Yaxshilikni ham oz-ozdan, tez-tez va aql bilan qiling. Sizga bo’lgan
minnatdorchilik doimiy bo’lishiga va tugamasligiga harakat qiling. Agar
yaxshilik qilish imkoniyatidan mahrum bo’lsangiz,
do’stlaringiz
ham buni ko’rib, sizdan uzoqlasha boshlaydilar. Do’stlarni
yo’qotib qo’ymaslik uchun ular to’lay olmaydigan qarzlarni so’rab o’tirmang,
aks xolda do’stlaringizdan tezda
ajrab qolasiz. Istalgan odam
dushman bo’lib qolishi mumkin, ammo har kim ham do’st bo’la olmaydi. Eng
ashaddiy dushmanlar eski do’stlardan chiqadi, chunki ular sizning nozik
tomonlaringizni juda
yaxshi
bilishadi.
Dushmanlik
qilishning oldini oling va uni yaxshi tomonga o’zgartirishga
harakat
qiling. Qasos
olishga emas, balki
hafagarchiliklarning oldini olishga intilgan ma’qul. Eng yaxshisi – raqobatchi
bo’lishi mumkin bo’lganlarni o’z tomoningizga og’dira olishingizdir.
Ularni minnatdorchilik bildirishga majbur qilib,
dushmanchilikka imkon qoldirmaganingiz ma’qul.
Barchaga yoqadigan narsalarni (yoki amallarni, odatlarni) yomonlamang.
Chunki ularda biror-bir yaxshi tomon bordirki, ko’pchilik ular haqida ijobiy fikr
bildiradi. Ba’zi paytlarda bularni tushuntirish mumkin emas, ammo bu barchaga
216
yoqadi. Sizning bularning yaxshi tomonini topa olmasangiz ham, ko’pchilikka
qarshi chiqmang.
Ko’p sohalardan chala bilim olishga emas, bir sohada chuqur bilim olishga
intiling. Chunki foydali bo’lgan bilimdonlilik son bilan emas, balki sifat bilan
aniqlanadi. Ajoyib narsa bitta bo’ladi va kam uchraydi, ko’p narsaning esa qadri
bo’lmaydi. Universal bilimli insonlarning yomon tomoni – ular ko’p narsani
bilishga intilib, biror
bir sohani chuqur egallab ololmaydilar. Biror bir sohadagi chuqur bilimgina
yuqori malakali mutaxassis bo’lishga imkon beradi. Bo’lar- bo’lmas narsalar
bilan shug’ullangandan ko’ra, hech nima qilmagan ma’qul. Malakali inson o’ziga
emas, balki ko’pchilikka tegishli bo’ladi. Sizga berilgan imkoniyatlardan eng
yaxshisini va o’zingizga mos bo’lganinigina rivojlantiring. Shundagina yuksak
cho’qqilarga erishishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |