O’z-o’zingizni boshqarishni o’rganing
Iloji boricha ko’proq do’stlar orttiring, chunki bizning asosiy boyligimiz
boshqalarga bog’liq bo’ladi. Hayotda ham siz do’stlar va dushmanlar orasida
yashashingizga to’g’ri keladi. Shuning uchun ham har kuni juda yaqin
bo’lmasalar ham, tanish-bilish, oshna-og’ayni va qadrdonlar orttirishga intiling.
208
Vaqt o’tishi bilan ular orasida juda ham yaqin do’stlar orttirishingiz mumkin
bo’ladi.
Iloji boricha odobli, ahloq va kundalik turmushda boshqalarga (shu
jumladan
sizga ham) o’rnak bo’la oladigan insonlar
bilan
do’stlashing. Ularning ishonchli do’st yoki hamkor bo’la olishi sizning
tadbirkorlik bilan bog’liq ishlaringizda juda katta ahamiyatga ega bo’ladi, chunki
ular o’zlari olgan ta’lim-tarbiyaga va ruhiyatlariga mos ravishda o’ta insofli
bo’lgan holatda ish yuritadilar. Iflos insonlar bilan kurashib,
g’olib
bo’lgandan ko’ra, ahloq-odobda
o’rnak
bo’la oladigan
insonlar bilan kurashish ma’qulroqdir. Yaramas insonlar bilan kelishib
bo’lmaydi, chunki ular hech qanday tartib va qonunlarni tan olishmaydi –
shuning uchun ham bunday insonlar orasida haqiqiy do’stlik bo’lmaydi. G’irrom
odamdan iloji boricha uzoqroq yurish kerak, chunki ulardan hech qachon hech
qanday yaxshilik yoki yaxshi amal chiqmaydi.
O’zingiz haqingizda yaxshi yoki yomon gaplar gapirmaganligingiz ma’qul,
chunki agar siz o’zingizni maqtasangiz, sizni maqtanchoqlikda ayblashadi, agar
o’zingizni yomonlasangiz, tilyog’lamalikda ayblashadi. O’zingiz haqingizda
gapirishingiz tinglovchilarni juda ham zeriktirib qo’yadi, chunki har bir
tinglovchi o’zini eng aqlli inson deb biladi. Do’stlar orasida ham o’zingiz
haqingizda gapirishdan
tilingizni tiying – ko’pchilik orasida ma’ruza qilganingizda esa bu sizni juda ham
kulgili ahvolga solib qo’yishi mumkin. Davradagilir haqida ham yaxshi yoki
yomon gaplar gapirish tilyog’lamalikni yoki haqoratni anglatishi mumkinligini
unutmang.
Ko’pchilik nazarida juda ham mehribon inson sifatida ko’rinishga intiling,
chunki shuning o’zi ham do’stlar orttirishga imkon beradi. Mehribonlik
ko’rsatish juda ham arzon turadi, ammo u juda yuqori baholanadi. Xurmat
qilganni va mehribonlik ko’rsatgan insonni boshqalar ham xurmat qilishadi.
Boshqalar bilan dushmanlik qilishga intilmang, chunki dushmanning bittasi ham
209
ko’p hisoblanadi. Ba’zilar ba’zi birovlarni nima uchundir ko’ra olmaydilar, tez-
tez janjal-suron ko’taradilar va boshqalarni haqoratlaydilar hamda nega
bundayligini bilmaydilar ham. Ammo bu holat ruhiyatga kirib olsa, uni yo’qotish
juda qiyin bo’ladi. Agar shunday ahvol yuz bersa, vaqtni o’tkazmasdan,
ruhiyatingizni ijobiy ma’noda davolashga harakat qiling.
Barchaga kerakli inson bo’lishga harakat qiling, buning ikki yo’li bor –
biri, ishlaringizda muvaffaqiyatga erishish, barchaga kerakli bo’lgan hunar sohibi
bo’lish, ikkinchisi, boshqalarga imkon boricha ko’mak berish. O’z egallagan
joyiga munosib bo’lgan odamga har doim ham talab bo’ladi. Shuning uchun
insonga mansab emas, balki, mansabga inson ko’proq mos bo’lgani ma’qul.
Ba’zilarni ular egallagan mansab bezasa, ba’zilar mansabni bezatadilar. Chunki
bu mansab xuddi shunday aqlli va bilimli insonlar uchun mos bo’ladi.
Hech qachon boshqa birovlarni yomonlamang, chunki bu ish ko’pchilikka
yoqmaydi. Kimdir birovni yomonlar ekan, bu bilan o’z kamchiliklarini
yashirishga harakat qilib, buning telbalik ekanini anglamaydi. Shuning uchun
ham ko’pchilik bunday odam bilan aloqani uzishga harakat qiladi.
Ahmoqlik qilgan ahmoq emas, balki buni yashira olmagan ahmoqdir. Iloji
boricha barcha kamchiliklaringizni yashirishga harakat qiling, chunki hamma
ham xato qiladi. Ammo aqllilar o’z xatolarini yashiradilar, tentaklar esa bu bilan
maqtanadilar. Sizning insonlar orasida yaxshi nom orttirishingiz ko’proq sizning
sukunatingizga bog’liq bo’ladi. Gunohkor ekansiz, endi ehtiyot bo’ling, eng
yaqin do’stlaringizga ham bu gunohlaringizni va xatolaringizni oshkor qilmang.
Shikoyat qilishga shoshilmang – oldin yaxshilab o’ylab ko’ring, chunki
shikoyat qilish sizga achinish yoki siz bilan birlik hissini uyg’otmaydi, balki
ko’proq yomon hissiyotlar uyg’otib, dushmanlar sonini ko’paytiradi. Ba’zilar
o’tmishda bo’lib o’tgan ishlar uchun yordam olish yoki achinish hissini uyg’otish
maqsadida shikoyat qilib, kelajakda o’zlari uchun turli xil muammolar hosil
qiladilar. Aqlli inson boshqalar oldida o’zini hafa qilgan insonlar haqida ham, o’z
xatolari haqida ham gapirmaydi. Ammo u boshqalar uchun maqtov so’zlari
210
gapirishni hech qachon unutmaydi. Bu bilan u do’stlarni asrab, dushmanlar
yo’liga g’ov qo’yadi.
Har qanday ishni boshlashdan avval, shart-sharoitni yaxshilab o’rganish
kerak. Bu ishni ayniqsa, rejalashtirilgan ishning muvaffaqiyati aniq bo’lmagan
xollarda amalga oshirish juda ham muhim. Ishni boshlash uchun rozilik berish
yoki undan voz kechishni iloji boricha orqaga surib, yaxshilab fikrlab olishga
etarli vaqt topish kerak bo’ladi. Shunda to’g’ri qaror qabul qilish uchun kerakli
bo’lgan turli xil ma’lumotlar topish va o’ylab olish uchun etarlicha vaqt topish
mumkin bo’ladi.
Eng nozik joyingizni imkoniyat boricha yashirishga harakat qiling, chunki
boshqalar (hamkorlar, hamkasblar yoki dushmanlar) kerakli paytda va kerakli
joyda xuddi shu nozik tomoningizga tuzatib bo’lmas zarba berishlari mumkin.
Shuning uchun og’riyotgan joyingizni
hech kimsa bilmasin, shunda bu joyingizga zarba berish dushmanlarning xayoliga
ham kelmaydi. Ishingizning eng katta foyda keltiradigan sifatini ham hech kim
bilmagani ma’qul, aks xolda olayotgan foydangizdan yoki uning kattagina
qismidan mahrum bo’lishingiz mumkin.
Suhbat qilish san’ati yaxshilab egallab oling, chunki suhbatdagina
insonning asli kimligi ayon bo’ladi. Xat yozayotganingizda o’ylash uchun ancha
vaqt bo’ladi, ammo suhbat tezkorlik bilan fikrlashni talab qiladi. Suhbatda
yoqimli bo’lish uchun hamsuhbatning ruhiyati va aqliga mos kelish kerak
bo’ladi. Ammo suhbatda juda ehtiyot bo’lish kerak bo’ladi, chunki gap aytish
oson, uning uchun javob berish va isbotlash esa qiyin. Gapirgan gap – otilgan o’q
deb bejiz aytmaganlar! Mayda-chuyda narsalar haqida gapirib turib, o’zingiz
uchun muhim bo’lgan ma’lumot olish uchun imkoniyat qidiring. Suhbat
davomida tez- tez to’xtab qoladigan odamni ishontirish oson. Bu esa suhbatda
yutib chiqish imkonini yaratadi. Suhbatda chiroyli so’zlardan ko’ra, aql bilan ish
ko’rish muhimroq bo’ladi.
211
Har bir xodisa ketidan nima kelishi mumkinligi haqida fikrlab oling.
Ertaga, indinga va bir necha kundan so’ng nimalar bo’lishi mumkinligini bilib
olishga harakat qiling. Agar shunday qilsangiz, og’ir yo’qotishlardan o’zingizni
himoya qilgan bo’lasiz. To’g’ri yo’ldan adashmaslik uchun butun umringiz
davomida o’ylab ish qiling.
Ahmoqlardan uzoqroq yuring, chunki sizning kimligingizni atrofingizdagi
insonlar va oshna-og’aynilaringizga qiyos qilib, bilib olishadi. Muvaffaqiyatga
erishish uchun omadli va hayotda nimagadir erishgan insonlarga yaqin yuring.
Juda ham muvaffaqiyatli va omadli bo’lsangiz, ko’proq o’rtacha insonlar bilan
muloqot qilganingiz ma’qul. Shunda ko’pchilik orasida obru-e’tiboringiz va
xurmatingiz oshadi.
Ishonishga shoshmang va tez sevib qolmang. Agar turli xil insonlarga
tezda ishonib qolsangiz, keyinchalik afsus-nadomatlar
qilishingiz mumkin. Yoddan chiqarmang – nafaqat so’zlar bilan, balki qandaydir
ishlar va amallar bilan ham aldaydilar. Do’st tanlashga shoshilmang, chunki
insonni uning do’stlariga qiyoslab, muomala qiladilar. Aqlli inson nodonlar bilan
muloqot qilmaydi. Har qanday do’st sinovlarda tekshiriladi. Tasodifiy do’st
yaxshi do’st bo’lolmaydi, sinalgan do’st eng yaxshi do’st hisoblanadi. Do’stlik
dardni engillashtiradi va qiyinchiliklarni kamaytiradi. Yaxshi do’st bo’ladiganlar
juda kam, ammo do’st tanlashni bilmaydiganlar uchun do’stlar undan ham kam
bo’ladi. Do’st topishdan ko’ra, uni yo’qotish osonroq - shuning uchun do’stlarni
iloji boricha asrab-avaylang.
Doimo
o’zingiz uchun zahira qoldiring,
chunki bu g’alabani
ta’minlashning asosidir.
Barcha narsangizni, kuchingizni va
imkoniyatingizni
birdaniga ishlatib yubormang. To’liq
g’alabaga
erishishda zahira katta ahamiyatga ega, chunki uni shart-sharoitga mos ravishda
aql bilan kerakli vaqtda va kerakli joyda ishlatish mumkin.
212
Hech nimasi qolmagan va barcha holatda ham hech nima
yo’qotmaydiganlar bilan aloqa qilmang va ular bilan kurashmang, chunki ular
barcha narsalarini allalachon yo’qotganlari uchun, har qanday ishga ham qodir
bo’ladilar, ular uchun hech qanday tartib-qoida bo’lmaydi. Ularda ma’naviy
tayanchlar va insof-odob tushunchalari yo’qolgani tufayli, umuminsoniy
qadriyatlar ham batamom yo’qoladi va sizning ham ular bilan aloqa
qilganligingiz uchun omma oldidagi obru-e’tiboringizga putur tegadi. Kurashga
kirishishdan avval raqibingizni chamalang va agar uning mavqei siz bilan teng
bo’lsagina, u bilan bellashishingiz mumkin (« shohning dushmani shoh, gadoniki
Do'stlaringiz bilan baham: |