Jinsiy ko’payish. Tuban rivojlangan o’simliklarda jinsiy ko’payish ikkita harakatchan jinsiy hujayra gametalar protoplazmasi va yadrolarining birbiri bilan qo’shilishi, ya’ni kopulyatsiya natijasida vujudga keladi.
Ko’pchilik o’simliklarda jinsiy hujayra - gameta maxsus hujayra gametangiy (yunon. angeyon - nay)da yetiladi. Tuban o’simliklarda birhujayrali, yuksak o’simliklarda ko’p hujayrali gametangiy taraqqiy etadi. Zigota ichida avvalo gametalarning tsitoplazmasi (protoplazmasi) ko’shiladi, bunga plazmogamiya deb ataladi, keyinchalik ularning yadrolari qo’shiladi - bunga kariogamiya deb ataladi
52-savol. Meva
Meva – yopiq urug‘li о‘simliklarning eng asosiy hosil organlaridan biri hisoblanadi. Meva urug‘lanishdan keyin, gulda rо‘y beradigan о‘zgarishlardan sо‘ng paydo bо‘ladi.
Mevalar urug‘ning yetilishiga, himoya qilinishiga, tarqalishiga xizmat qiladi. Ularning tuzilishi va morfologik kо‘rinishi juda xilma-xildir. Faqat urug‘chi dan hosil bо‘lgan meva haqiqiy meva deb ataladi. Bir necha urug‘chidan hosil bо‘lgan meva tо‘p meva yoki murakkab meva deb ataladi.
53-savol Mevalarni aniqlashda ulardagi ba’zi belgilar: meva pо‘sti – Parakarpiy ning tuzilishi, mevaning ochilishi yoki tо‘kilishi hamda mevaning tarqalishi asosida e’tiborga olinadi. Mevaning ustki qavati Parakarpiy tuguncha yoki gulning boshqa organlarining qо‘shilib о‘sishidan hosil bо‘ladi. Parakarpiy ustida har xil о‘simtalar: tikan, qanotchalar, tukchalar bо‘lib, mevalarning tarqalishiga imkon yaratadi. Meva pо‘sti uch qavatdan iborat. Tashqi qavati ekzokarpiy ichki qismi endokarpiy va ularning orasida turadigan о‘rta qismi mezokarpiy deb ataladi
Parakarpiyning bu qatlamlarini hamma vaqg ham bir-biridan ajratib bо‘lmaydi. Ularni kо‘pincha danak shaklidagi mevalarda kо‘rish mumkin.
Apokarp undan tashqari ochilish xususiyatiga va tarqalishiga qarab ular guruhlarga ajratiladi. Tutashmagan yoki murakkab meva, ya’ni yuqori gul tugunchasidan hosil bо‘ladigan bir necha urug‘chi barglardan tashkil topgan meva apokarp meva deb ataladi
Bitta urug‘chi bargdan hosil bо‘lgan bir chanoqli mevg bargcha, bargak yoki monokarp meva deb ataladi.
Sinkarp mevalar– eng kо‘p uchraydigan mevalar guruhidir. Morfologik jihatdan sinkarp mevalar kо‘sak yoki chanoq va qо‘zoqcha, qanotli, rezavor yoki yumshoq meva va boshqa kо‘pgina xillardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |