71. O’g’uzxon’ dostonini eski uyg’ur tilidan o’zbek tiliga kim tarjima qilgan?



Download 36,23 Kb.
bet3/4
Sana23.01.2022
Hajmi36,23 Kb.
#405420
1   2   3   4
Bog'liq
Zilola Anvarova

Ko‘zungga tani notavonim fido,

Ravonbaxsh la’lingga jonim fido.

Jununim va aqlim g‘aming sadqasi,

Ki ollingda yaxshi-yamonim fido...

Bu yerda so‘z ma’nolari kuyga, musiqaga, musiqa esa so‘zga, ma’noga aylanganini ko‘ramiz.

Forobiyning mana shu so‘zlarida ham she’rda musiqiylik, ohangdorlikni kuchaytirishning elementar, shaklga doir qoidalari bayon qilingan:

“She’r baytlarining har bo‘lagidagi vazn tartibi bilan boshqa qismdagi tartib hamohang bo‘lmog‘i kerak. Natijada she’rning har bir bo‘laklari bir-biriga barobar vaqtda o‘qiladi”. Forobiyning bu so‘zlari she’r ritmikasi va uyg‘unligini ta’minlashda miqdorlarning ahamiyati haqida pifagorchilarning ta’limoti to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatadi. She’rda agar baytlar, vazn, ritm miqdorda bir xil, o‘xshash bo‘lmasa, she’r ohangi buziladi.

Muhammad Forobiy mimesis — taqlid faqat she’riyatdagina emas, ritorikada – notiqlik san’atida ham mavjudligini aytar ekan, she’rda va dramada taqlid-o‘xshatish zaruriy shart bo‘lsa, notiqlik san’atida taqlid – aktyorday obrazga kirib, nutqni jonlantirishi kabi asosiy emas, yordamchi vosita ekanligini tushuntiradi. Qadimgi Yunonistonda ko‘pchilik shoirlar mohir notiq, ba’zi notiqlar esa shoir bo‘lganlar.

Muhammad Forobiyning quyidagi fikrlari ham Arastu “Poetika”siga hamohang: “Narsalarga taqlid etish: ham fe’l bilan, ham mulohaza bildirish (so‘z san’ati) yo‘li bilan amalga oshiriladi. Fe’l bilan yuzaga keladigan taqlid-o‘xshatma ikki turli:

1. Inson o‘z qo‘li bilan biror narsaga o‘xshagan shaklni yasaydi, chunonchi inson birovning timsolini ishlab (tasvirlab), uni muayyan bir kishiga yoki boshqa biror narsaga (daraxt, tog‘, o‘rmon, ohu, arslon, ot va hokazolarga) o‘xshatmoqchi bo‘ladi”.

Forobiy bu yerda rassomlik va haykaltaroshlik san’atini nazarda tutadi. Chindan ham rassom, musavvirlar rangtasvirda hayot manzaralarini, odamlarning turli holatlarini, qiyofalarini, xarakterlarini ko‘rsata oladilar. Haykaltaroshning ishi (tosh yo‘nish qiyinroq bo‘lgani uchun ularning tasvirlash maydoni) cheklanganroq. Lekin, davlat siyosatida haykalning martabasi balandroq, chunki faqat vatan uchun qahramonlik ko‘rsatgan, buyuk ishlar qilgan shaxslarga bronza, mis yoki marmardan haykal qo‘yiladi va bu asarlar necha ming yillar o‘tsa ham yo‘qolmaydi.

2. “Yoki bo‘lmasa, inson biror boshqa odamning xatti-harakatiga o‘xshagan harakatlar qiladi.” Forobiyning bu fikri komediya va tragediya aktyorligi, qisman raqs hamda muqallidlik san’ati haqida aytilgan. Chindan ham aktyor sahnada asar qahramoni ruhiyatiga kirib, o‘sha tasvirlanayotgan insonday shodlanadi, qayg‘uradi, sevadi, nafratlanadi, tasvirlanayotgan qahramonning yaxshi yoki yomon fe’l-atvorini o‘xshatib ko‘rsatadi. Aktyor sahnada hayotdagi qahramonga o‘zini naqadar ishonarli o‘xshatolsa, ya’ni aniq-ravshan taqlid qilolsa, u shunchalar iste’dodli hisoblanadi.

Aniqroq aytganimizda, musavvirlar, shoirlar, adiblar va aktyorlarning o‘z qahramonlariga taqlidi boshqa hodisa, bir shoir yo musavvirning boshqa shoir yo musavvirning uslubiga taqlid qilishi boshqa hodisadir. Birinchi taqlid – san’atkorlikni, ikkinchisi — salbiy ma’noni, iste’dod kamligini bildiradi.

She’riy nutqda ham notiqlar ijtimoiy, falsafiy, ilmiy fikr-mulohazalarni bildirishi mumkinligi haqida Forobiy bunday deydi: “Ko‘pchilik shoirlar (hamda notiqlar) o‘z (ilmiy) fikr-mulohazalarini boshqalarda qanoat hosil bo‘ladigan darajada ifodalashga tug‘ma qobiliyatli bo‘ladilar. Ular o‘sha qoniqarli mulohazalarini she’riy yo‘l bilan ifoda etganlar. Buning oqibatida bular ko‘pchilik nazdida she’r bilan bitilgani uchun uni she’riy asar sifatida qabul qilganlar. Aslida u xitobiy bir mulohaza bo‘lib o‘sha shoirlarning she’riy yo‘ldan chekinib, xitobiy (ritorik) yo‘lga mayl etganlari edi, xolos.”

Arastu esa bu hodisani boshqacha tushuntirgan. Uning fikricha, Herodotning “Tarix” kitobi agar she’riy yo‘lda yozib chiqilsa ham, u she’riy asar bo‘lmay, tarixligicha qoladi. Bu hodisaga Abu Ali Sinoning tibbiyotga doir bir nechta urjuzalari (rajaz bahrida yozilgan tibbiy dostonlar) yaxshi misol bo‘ladi. Mazkur urjuzalar she’riy yo‘l bilan yozilsa ham, ular poeziya emas, balki tibbiyotga doir asarlardir.

Lekin, biz bilamizki, qadimgi Yunoniston va Rim adabiyotida Arastuning (va Forobiyning ham) fikriga yangilik kirituvchi adabiy hodisalar vujudga kelgan. Bu — Feokrit bukolikalari va idilliyalari, Vergiliy georgikalari, Lukretsiy Karrning “Narsalar tabiati” poemasidir. Imperator Oktavian Avgust taklifi va buyurtmasi bilan daho shoir Vergiliy mamlakatda qonli urush vayrongarchiligini tugatib, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida bunyodkor dehqonlarning mehnatini ulug‘lovchi she’rlar yozdi. Bu she’rlarni yozishdan avval Vergiliy tajribali, mirishkor dehqonlar va bog‘bonlardan dalada mo‘l hosil olish uchun qanday ishlar qilish kerakligini yaxshilab o‘rgandi va ularning tajribalarini she’riy yo‘lda ifoda qildi. Lukretsiy Karr poemasida, ellinizm davri Iskandariya shoirlarining epilliyalari (kichik poemalari)da san’at va ilm birgalikda yorqin ifodasini topdi.

Muhammad Forobiyning mana bu fikri esa badiiy nasrga taalluqlidir:

“Bordi-yu, so‘zlar biror narsaga taqliddan tashkil topgan bo‘lsa-yu, lekin ular biror ohang bilan vaznga tushirilgan bo‘lmasa, unday tizma so‘zlar she’r sanalmaydi, balki bundaylar she’riy mulohaza deb yuritiladi”. (Forobiy. She’r san’ati. T. 1979, s.14).

 (Bu yerda poetik so‘z, proza ma’nosida)

Arastu esa “Poetika”da boshqacharoq fikr yuritgan: “Biroq vaznli so‘z yordamida (ya’ni, taqlidsiz, faqat so‘z yordamida) yoxud yalang‘och (vaznsiz va o‘xshatishlarsiz) so‘z yordamida tasvirlash san’ati hozirgacha ta’riflanmay qolayotir... Shunday ekan, biz Sofron va Ksenarx mimlariga ham, Suqrotona suhbatlarga ham umumiy nom berolmaymiz” (Arastu. Poetika. T. Yangi asr avlodi. 2004. s.21.)

Bu yerda Suqrotona suhbatlar deb, Arastu dialoglardan, suhbatlardan tashkil topgan Aflotun nasrini ko‘zda tutmoqda. I asr muallifi Longin “Yuksaklik haqida” asarida Aflotun dialoglarini badiiy asar va so‘z san’atining yuksak namunasi deb hisoblaydi.

“Yuksaklik haqida” asarida she’riyatdagi mubolag‘alar, badiiy nasrda, xususan xitobiy nutqda yarashmasligi aytiladi: “Hayotiylik va haqqoniylik nasriy asarlarda — juda go‘zal fazilatdir. (Badiiy) nasr orasida keladigan (lirik) chekinishlar, she’riyat shakliga o‘tishlar xunuk va notabiiydir, ular tasvirni hayotiylikdan uzoqlashtiradi, ba’zan esa aql bovar qilmaydigan voqealarga botib qoladi”. Aslida badiiy nasrda ham me’yor saqlangan holda poetik, lirik chekinishlar bo‘lsa, zarar qilmaydi. Bunday chekinishlarda muallif asarda tasvirlanayotgan voqea-hodisalar yoki muammolar haqida shaxsiy fikrlarini, qayg‘usi, shodligi yoki nafratini bildirib turadi. Bu esa tasvirning haqqoniyligi, hayotiyligini oshiradi. Bu borada, masalan, A.S.Pushkin va Bayron poemalarida, A.P.Chexov, M. Bulgakov, A.Qodiriy asarlarida, o‘zbek shoirlari Oybek, Hamid Olimjon dostonlarida ham voqea, ruhiyat tasvirlari (taqlid-tasvir)lar orasida mualliflarning lirik chekinishlarini ko‘ramiz.

N.V.Gogol “Dikanka qishlog‘i oqshomlari” turkumiga kiruvchi “Roj-destvo (Mavlud bayrami) arafasidagi kecha”, “Mirgorod” turkumiga kiruvchi “Eski zamon pomeshchiklari” qissalarida, “O‘lik jonlar” romanida ana shunday lirik chekinishlar qiladi.

Forobiy davrida (IX – X asrlarda) badiiy nasrning roman turi taraqqiy etmagani uchun va qadimgi yunon romanlari doston shaklida, she’rda yozilgani uchun (Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi “Hayratul-abror”dan boshqa to‘rt dostonlarni ham she’riy roman deyish mumkin), mutafakkir yuqoridagi fikrining davomida o‘sha taqlid-tashbeh, lirik chekinishlarni ilmiy mulohazalar orasidagi poetik, she’riy mulohaza deb biladi.

“Demak, — deb yozadi Forobiy, — isbotda — ilmiy dalil, tortishuvda — umum fikri (tubiqa-topika), xitoba (ritorika)da — ishontirish qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, she’riyatda xayol va tasavvur (obraz, manzara) shunchalik zarur bo‘ladi”.

Muhammad Forobiy shu asarida shoir, adib asaridagi xayol va tasavvur qilingan surat, manzara, obraz, xarakter tavsifi bilan kitobxon, o‘quvchining hayotiy qarashlari, bilimi, axloqiy, ma’naviy saviyasi o‘zaro muvofiq kelishi ham, muvofiq kelmasligi ham mumkin, deydi.

Masalan, sof vijdonli, iymonli odam tasavvurida, jabr-zulm yo o‘g‘rilik og‘ir gunoh, tubanlikdir. Vijdonsiz, nopok, zolim, o‘g‘ri bo‘lsa, o‘z gunohlarini, zolimligi, o‘g‘riligini ishbilarmonlik, uddaburolik, aqllilik deb tasavvur qiladi.

Bundan xulosa chiqadiki, odamlarning fe’l-atvorini tuzatish, yovuzlikdan, jabr-zulmdan qaytarish uchun ularning xayoli, tasavvurlaridagi xatolarni tuzatish zarur. Ya’ni, ularni yoshligidan (hali yovuz va zolim bo‘lmasidan avval) go‘zallik, adolat, bag‘rikenglik, vatanni sevish, kamtarinlik, mehnatsevarlik, mardlik, mehr-shafqat, olijanoblikni buyuk ne’matlar, fazilatlar sifatida sevishga, o‘sha fazilatlari o‘zida bo‘lsa ham boshqalarda (do‘stlarida, ota-onalarida, yurtdoshlarida bo‘lsa ham, qadrlashga o‘rgatish zarur. Adabiyot va san’at insonlarga faqat huzur-halovat, estetik zavq berib qolmay, ma’rifat va ma’naviyatni egallashga ham yordam berishi zarur.

Muhammad Forobiy badiiy asarda qahramonlarning xarakterlari qanday ochilishi haqida ham fikr yuritib, bunday deydi: “Badiiy asarda tasvirlangan insonning fe’l-atvori ko‘proq o‘zining xayollariga (ya’ni, hayot haqidagi tasavvurlariga) bog‘liq bo‘ladi. Bular ko‘pincha (adib, shoirning) bilimi yo andishasiga bog‘lanadi”. Bu fikrni turlicha tushunish mumkin. Bizningcha, Forobiy bu yerda shuni aytmoqchiki, adib, shoir, rassom (taqlidchi, tasvirlovchi)ning xayollari (hayot, odamlar haqida tasavvurlari), bilimi, fikr-o‘ylari badiiy asar qahramonining fe’l-atvoriga, xarakteriga ta’sir ko‘rsatadi. Ma’naviy barkamol, yetuk-daho ijodkorlarning asarlarida qahramonlar ham (agar u ideal yoki ijobiy qahramon bo‘lsa) jasur, adolat va haqiqat, ozodlik uchun kurashuvchi bo‘ladi.

Mabodo mana shu yetuk adiblar, shoirlar, rassomlarning qahramonlari adolatsiz, tuban fe’l-atvorli bo‘lsa ham — hayotiy chiqadi. Forobiyning quyidagi fikri shu haqda deb o‘ylaymiz: “Ammo shunisi ham borki, ko‘pincha uning (ijodkorning bilimi va andishasi xayolidagi narsalariga (ya’ni, tasvirlanayotgan narsalarga, ehtimol, tuban fe’l-atvorli qahramonlarning qilmishlariga) teskari kelib ham qoladi. Bunday paytlarda u (ijodkor) o‘z fe’l-atvori, o‘z bilimi va andishasiga ko‘ra emas, balki (o‘sha tasvirlanayotgan odamlar, qahramonlarning) xayoliga ko‘ra ish tutadi”. Bizningcha, bu yerda hozirgi adabiyotshunoslik taraqqiyoti davridan ming yil avval Forobiy badiiy asarda xarakterlarning o‘z fe’l-atvori, tasavvurlariga, hayotiy qarashlariga ko‘ra, mustaqil harakat qilishini tushunib yetgan.

Forobiy “She’r san’ati” asarida yana poetik g‘oya, ijodkor maqsadi va badiiy adabiyotning hayotga ko‘rsatadigan ta’siri haqida, N.G.Chernishevskiy ta’biricha, san’atning voqelikka estetik munosabatlari haqida fikr yuritadi: “Bas, shunday ekan, xayolga kelgan so‘zlardan foydalanib yozilgan asardan kuzatilgan maqsad ham eshituvchini (bu yerda baxshi, rapsoddan doston eshituvchini nazarda tutadi, biz kitob o‘quvchi desak ham bo‘ladi) asardagi xayoliy narsa (obraz, xarakter) ta’sirida uning xayoliga kelgan narsani (qahramonlik ishlarini, doston bo‘lsa) qilishga undashdan iborat bo‘ladi. (Tinglovchi, o‘quvchida) uning qahramon xayoliga kelgan narsaga (masalan, chin muhabbatga yo istagan narsalardan biriga (masalan, doston qahramoni kamon o‘qini uzoqdagi nishonga — uzuk ko‘ziga bexato urishiga) intilish, yo bo‘lmasa (agar yomon, tuban qilmishlar tasvirlangan bo‘lsa) undan qochishdan, (agar yaxshi, ezgu ishlar tasvirlangan bo‘lsa) unga berilish, va yo bo‘lmasa uni (tuban, salbiy qahramonni) yomon ko‘rish, yo (xarakteri noma’lum, sirli qahramon bo‘lsa) undan yomonlik yo yaxshilik kutish kabi ishlardan iborat hislar paydo bo‘ladi”. (Forobiy. She’r san’ati. 19-20-bet). Forobiyning mana bu fikrlari dramatik aktyorning hayotdagi yaxshi yoki yomon odamlarni taqlid qilib ko‘rsatishi tomoshabinlarda qanday taassurot qoldirishi haqida: “Agar kishi biror narsaga nazar solsa (sahnada zolim, yovuz odamni ko‘rsa), u narsa uning xush ko‘rmaydigan narsasiga o‘xshagan bo‘lsa, u holda uning (tomoshabin) tasavvurida o‘sha zahotiyoq bu narsaga nisbatan xush ko‘rmaslik hissi paydo bo‘ladi. Shu bilan haligi kishi u narsadan (zolim va yovuz odamlardan) o‘zini avaylab, asrab, chetlashib yurishga urinadi”. (O‘sha asar, 18-bet). Bu bilan Forobiy san’at asarida tasvirlangan obrazlar salbiy yoki ijobiyligidan qat’i nazar, xalq uchun ibratli, tarbiyalovchi xususiyatga ega bo‘lishini bildiradi.

* * *

Muhammad Forobiy o‘zining – “Shoirlar san’ati qonunlari haqida” risolasi Arastu “Poetika”siga sharh ekanligini aytadi. Forobiyning ilk mulohazalaridan ko‘rinadiki, u Arastu “Poetika”sining faqat bir qismini, boshqa o‘rinlarda esa uning “Sofistlarga raddiya va “Sinoat al-mug‘olatayn” (“Sofistlarning sirlari”) asarlaridagi she’riyatga doir ayrim o‘rinlarni sharhlaydi.



Bizningcha, Forobiyning qo‘lida Arastu “Poetika”sining chalaroq nusxasi bo‘lgan. Buning uchun Forobiy risolaning boshlanishida o‘quvchisidan uzr so‘raganday: “Hakim Arastu o‘zining shunday fazilati va dahosi bilan tugatib qo‘yishga jazm qilmagan bir ishni biz nihoyasiga yetkazishga intilishimizdan ko‘ra, bu san’atda foyda beradigan va hozirgi zamonda (Forobiy davridagi she’riyatga doir asarlarda) uchraydigan qonun-qoidalar, misol va mulohazalar bilan cheklansak yaxshiroq bo‘lur edi”, deydi.

Arastuchi va mantiqchi olim sifatida Forobiy she’r san’atini ham mantiq ilmi nuqtai nazaridan tadqiq etadi. U barcha fikr-mulohazalarni turlarga ajratib, tasniflar ekan, tasniflarning ham turli xillarini keltiradi. “Biz deymizki, lafz – so‘zlar yo biror ma’noni bildiradi yo bildirmasligi ham mumkin”. Forobiy ma’no bildirmaydigan yoki ma’nosiz so‘zlar qaysi so‘zlar ekanligini aytmaydi. Ehtimol, u ma’no bildirmaydigan so‘zlar deb, narsalarning faqat ismlarini, morfologik (so‘z turkumlari) bo‘limiga doir bulut, suv, non, bug‘doy so‘zlarini yoki “bilan”, “va”, “lekin”, “biroq” kabi bog‘lovchi yoki yordamchi so‘zlarni aytmoqchimi? Lekin, Forobiyni ham, bizni ham ma’no bildiruvchi so‘zlar qiziqtiradi. Forobiy yozadi: “Ma’noni bildiruvchi so‘zlar sodda va murakkab bo‘ladi”. Bu tushunarli. Murakkab so‘zlar biror mulohazani anglatadi yo anglatmaydi. Yana savol tug‘iladi: Mulohazani – fikr-ni anglatmaydigan murakkab so‘zlar qaysi so‘zlar ekan? Ehtimol, bu so‘zlar fikrni emas, narsaning bor-yo‘qligini yoki qandaydir sifatini yoki nimaligini anglatar?

Forobiy fikrini davom ettiradi: “Mulohaza (fikr) anglatadigan so‘zlarning qat’iy – jazmliligi (arabcha-jozim) va jazmsizi bo‘ladi (rus tilida – kategorichnыe i nekategorichnыe). Masalan; Ertaga qor yog‘adi (Jazmli – qat’iy fikr). Ertaga qor yog‘ishi mumkin (Jazmsiz, ehtimolli fikr). Qat’iylari yo to‘g‘ri, yo yolg‘on bo‘ladi”. (Bu yerda Forobiy yolg‘on fikr deb, obrazli, tashbehli, munosabatli fikrni aytmoqchi).

“Yolg‘onlaridan ba’zilari, – deydi Forobiy, – eshituvchilar zehniga (doston eshituvchilar yoki teatr tomoshabinlari, Sharqda ham qadimgi zamonlarda dorbozlar o‘yini bilan birga xalq teatrlari bo‘lgan) uni anglatadigan ma’no bilan birga o‘rnashib qoladi. Boshqalari esa (ya’ni, yolg‘on bo‘lmagan badiiy tasvirlar) ularning ongida narsalarning o‘xshashi – aksi (tasviri) bilan o‘rnashib qoladi. Mana shu narsalar taqlidlar – she’riy mulohazalar sanaladi”.

 Bu jumlada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan “narsalarning o‘xshash-aksi” so‘zlariga atoqli forobiyshunos olim Abdusodiq Irisov bunday izoh beradi:

(Arabcha) matnda o‘xshatish, aks etish muhokiya so‘zi bilan ifodalangan. Bu istilohiy ma’noda (ya’ni atama sifatida) taqlid qilishga (mimesisga – M.M.) to‘g‘ri keladi. Qadimgi har bir badiiy asar, she’r (syujetli) yo hikoya, yo dramatik asar odatda to‘qima bo‘lmagan, hammasi hayot voqealari asosida bitilgan. Shuning uchun hayotda odamlarga o‘rnak bo‘ladigan har bir voqea – hodisaga namuna sifatida qaralib, buni adabiyotda aks etgani, ya’ni she’r yo hikoya taqlidiy adabiyot deyilgan. Lekin taqlid adabiyotda voqelikni chinakam aks ettirish orqali haqiqat yuzaga chiqarilgan. Bizda janr sifatida qaraladigan “hikoya” so‘zi arabchada aks, taqlid, o‘xshatma degan ma’noga borib taqaladi.

Tarjimon Abdusodiq Irisov sharhi Arastu va Forobiy aytgan taqlid – mimesis, avval aytganimizday, hayotni aks ettirish, tasvirlash ma’nosini bildiradi. Qadimda harakatga taqlid san’at hisoblangan.

Arastu “Poetika”sida aytilgan, poeziya san’atining asosiy tamoyili – hayotga o‘xshatish ma’nosidagi taqlid-mimesis hodisasini Forobiy shunday tushuntiradi. U, poeziya san’atini hayotni aks ettirish deb biladiki, bu hozirgi poetika nazariyasiga hamohangdir. Lekin, she’riyat – poeziyada hayotni aks ettirishning turlicha darajalari borligini Forobiy bunday tushuntiradi: “Mana shu aks-o‘xshashliklarning ba’zilari eng mukammal bo‘ladi, boshqalari nuqsonli bo‘ladi”.

She’riyatda, umuman san’atda hayotni aks ettirishdagi mukammal va nuqsonli darajalarni kim aniqlaydi, degan savol tug‘iladi. Forobiy shunday yozadi: “Ularning mukammalligi yo nuqsonli ekanini aniqlash shoirlar va turli-tuman, til va lug‘atlardagi (fikrlarni va) she’riyatni o‘rganayotgan ma’rifat ahlining fikr doirasiga kiradi”. Forobiy davrida hali maxsus adabiyotshunos olimlar ajralib chiqmagan, u vaqtlarda adab olimlari o‘n ikki sohani yaxshi bilishlari kerak edi.

Muhammad G‘iyosiddin asari – “G‘iyos-ul-lug‘at”da adab ilmlarining turlari aytilgan:

1. Sarf ilmi – so‘z yasalishi qoidalari (morfologiya).

2. Ishtiqoq ilmi – jumla tuzish qoidalari (sintaksis).

3.Lug‘at ilmi – turli tillarga doir lug‘atlardan foydalanish qoidalari.

4. Bayon ilmi – fikrlarni chiroyli bayon qilish. Bunda tashbeh, istiora, mubolag‘a, majoz, kinoya san’atlari, ya’ni ilmi badening bir qismi o‘rganiladi.

5. Maoniy ilmi – fasohatli, chuqur ma’noli so‘zlarni topib, ishlatish.

6. Bade’ ilmi – bu soha bayon va maoniy ilmlari tarkibida o‘rganiladi.

7. Nahv ilmi – bunda asosan arab tili grammatikasi o‘rganilgan.

8. Aruz ilmi – she’riyat vaznlari va bahrlari haqida.

9. Qofiya ilmi – aruz ilmining bir qismi.

10. Ilmi naqdi she’r yoki ilmi taqriz – mumtoz she’riyat tarixi va she’riyat tanqidchiligi.

11. Insho ilmi – nazmda va nasrda ijod qilish qoidalari.

12. Xat yoki kitobat ilmi – bunda xat yozish qoidalari va usullari o‘rganilgan.

Sharq mutafakkirlari yoshlik chog‘laridan boshlab adab ilmlarini o‘rganib bo‘lgach, keyin o‘z iste’dodi, qobiliyati, qiziqishiga muvofiq maxsus ilm sohalarini o‘rganishga o‘tganlar.

“Kashf-uz-zunun” muallifi Kotib Chalabiy (Hoji Xalifa) adab ilmlarining o‘n besh turini ko‘rsatgan: nafs adabi, xat, lug‘at, tasrif (sarf), ishtiqoq, nahv, maoniy, bayon, bade’, aruz, qavofiy (qofiyalar), taqriz, masal, davovin va insho. (Davovin – devon tuzish ilmi bo‘lsa kerak.) Keyinroq, tarix, geografiya, falsafa – hikmat, tarix (biror asar yoki inshoning bitilgan vaqtini san’atkorona aytish) ilmlarini ham adab sohasiga kiritganlar. Shulardan so‘ng yoki bir vaqtning o‘zida kalom, tafsir, hadis ilmlari o‘rganilgan. Ustoz Alibek Rustamiy adib ilmlarining 12 tasini ko‘rsatadi.

Muhammad Forobiy fikricha, she’riyatda hayotning tasviri, aks – o‘xshashliklarda ham mubolag‘a, tashbeh, favqulodda o‘xshatish (loflar) bo‘lsa ham (“boshi osmonga yetdi”, “to‘qson qo‘yning terisidan kovushi”, “fuqaroga shoh erur ajdaho” – Firdavsiyda va Navoiyda) ularni mug‘olata – sofistika deyilmaydi: “Lekin, bundan hech kim mug‘olata-sofistika bilan aks-taqlid ikkovini bir so‘z deb o‘ylamasin. Bular ikkovi ba’zi sabablarga ko‘ra bir-biridan butunlay farq qiladi”.

“Sufastoiy (sofist) eshituvchini (suhbatdoshini) g‘alatga undab (yanglishtirib), haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, nuqsonli narsalarni ko‘z oldiga keltirib qo‘yadi. U hatto mavjud narsani nomavjud deb, nomavjud narsalarni esa, mavjud deb tasavvur qildiradi.

Ammo (shoir, adib) taqlidchi (aks ettiruvchi) bo‘lsa, narsa suvratining teskarisini emas, balki uning o‘xshashini tasavvur qildiradi.

Forobiyning in’ikos nazariyasiga doir bu fikri juda muhim bo‘lib, u Arastu poetikasining mag‘zi, asosi – mimesis (tasvir, aks ettirish ma’nosidagi) taqlid, hayotga o‘xshatish bilan, hatto san’at, adabiyotning asosiy yo‘li – hayotni (hayotdagi o‘xshash qiyofalarni, obrazlarni, xarakterlarni) haqqoniy aks ettirish – realizm bilan bog‘liqdir.

Lekin, hayotning o‘xshashini tasvirlash, Forobiy fikricha, hayotdan oddiy nusxa ko‘chirish emas, balki ijodkorning hayotni qanday idrok etishi, hissiyotlari, tuyg‘ulari bilan bog‘liqdir. Shu o‘rinda Forobiy hayotni obrazli aks ettirishga doir bir misol keltiradi: “Bunga o‘xshash narsalar hisda ham uchraydi. Bu shundayki, o‘z joyida jim turgan kishi (atrofida yoki osmonda harakat qilayotgan jismlarga qarasa, o‘zi ham) go‘yo harakat qilayotganday bo‘ladi”. Yoki buning aksi. “Kemaga tushgan kishi (kema suzib borayotganida) qir-g‘oqda qolganlarga qarasa, yoki yoz chog‘ida osmondagi oy va yulduzlarga tez yurayotgan bulutlar ortidan qarasa, shunday bo‘ladi. Bunday hol odamlarning hislarini chalg‘itadi”. Lekin, Forobiy aytmoqchiki, bu san’atkorning chalg‘itishi emas, balki shoir, rassom, ijodkor tasviridagi manzara ham odamlarda tek turgan qirg‘oq harakat qilayotganiday taassurot uyg‘otadi.

“Ammo ko‘zguga yoki yaltiroq, silliq (oldiga kelgan narsalarni aks ettiruvchi) jismga qaragan kishining holi ham xuddi shunday bo‘ladi. (Kishi) unga nazar tashlab, o‘sha narsalarga o‘xshash narsalarni ko‘rayotgan tuyuladi, lekin ko‘zguda ko‘ringan narsalar o‘sha narsalarning o‘zi emas, balki aksidir. Bu akslar (tasvir, manzara) tiniqligi yo xiraligi, qiyshiq yoki to‘g‘riligi o‘sha ko‘zgu yoki boshqa yaltiroq jismning qandayligi, tabiatiga, sifatiga bog‘liqdir. Bu – ijodkor iste’dodini belgilovchi dohiyona fikr!

She’riy fikrlashning boshqa turdagi fikr-mulohazalardan farqini Forobiy yana bunday tushuntiradi: “Mulohaza yo qat’iy, yo qat’iy emas, qiyosiy bo‘lishi mumkin. Bordi-yu, u (fikr) qiyosiy bo‘lsa, u holda bil-quvva, uning tabiatidan, yo bo‘lmasa, bil-fe’l-harakatidan (qiyosiy) bo‘ladi. Bordiyu, (qiyos, o‘xshashlik) uning tabiatidan bo‘lsa, u holda u yo istiqro’ (induktiv) bo‘ladi, yo bo‘lmasa, mulohaza tamsil (analogiya, o‘xshashlik) bilan bo‘ladi. Tamsil (o‘xshatish) esa ko‘pincha she’r san’atida ishlatiladi. Bundan ayon bo‘lishicha, she’riy mulohaza tamsil (analogiya)ga kiradi”.

Fikr-mulohazalar qaysi sohalarda, qaysi ilm-fanlarda va qanday maqsadlarda aytilishiga (yozilishiga) qarab, yana bir qancha turlarga bo‘linadi. Shu nuqtai nazardan Forobiy fikr-mulohazalarni yana quyidagicha tasnif qiladi:

1. Butunlay rost mulohazalar.

2. Butunlay yolg‘on mulohazalar.

3. Rostlik va yolg‘onlikda teng me’yordagi mulohazalar (yarmi chin, yarmi yolg‘on). Bu ritorik mulohazalardir.

4. Butkul rost mulohaza. Bu, hech so‘zsiz, burhoniy, isbotli deb ataladi.

5. Butunlay rost tomoni ko‘proq mulohazalar. U holda u jadaliy (dialektik) bo‘ladi.

6. Rostligi butunlay kamayib boraversa, u holda sufastoiy (sofistik) mulohazalardir.

7. Mulohaza butunlay yolg‘on bo‘lsa, u holda uni hech shubhasiz, she’riy deb ataladi.

“Ushbu qismlarga bo‘linishdan ko‘rinishicha, – deydi Forobiy, – she’riy mulohaza na isbotli, na dialektik, na hitobiy-ritorik va na sofistik emasdirlar”. Bu yerda Forobiy «yolg‘on» deb san’at haqiqatini aytadi.

Eng qadimiy she’riy asarlardan biri bo‘lgan “Gilgamish” dostonida falsafiy jihatdan to‘g‘ri va dialektik mulohazalarning tashbehli, obrazli, mubolag‘ali yorqin ifodalarini o‘qiymiz. “Gilgamish” (“Bilgamish”) dostonida bosh qahramon va arslon qiyofali sadoqatli do‘sti Enkidu bilan birga tog‘ cho‘qqilaridagi o‘rmonlarda yashab, lazerga o‘xshash nurli quroli bilan shahar aholisini kuydirib halok qilayotgan Xun-boboga qarshi olishadi, sevgi ma’budasi-malika Inanna (Ishtar) Yerosti mamlakatiga ham podshoh bo‘lishni istab, u yoqqa borayotganida Yerosti malikasi Erashkigal buyrug‘i bilan yetti darvoza oldida uning yetti boyligini olib qo‘yadilar: 1-darvoza oldida Sevgi ilohasi-malika Ishtarning boshidan ishq podshohligi tojini, 2-darvoza oldida qo‘lidan hokimiyat nishonini, 3-darvoza oldida – bo‘ynidagi durlari (kibru havosini), 4-darvoza oldida ko‘kragidagi ikki qavat gavhar shodasini (jozibasini), 5-darvoza oldida – bilaguzuklari (kuch-quvvatini), 6-darvoza oldida – “Kel, erkak, beri kel!” deb yozilgan ko‘krak to‘rini (fahsh qurolini), 7-darvoza oldida – belidan toju-taxt kamarini yechib olib qo‘yadilar. Aslida, eposdagi bu tasvirlar – poetik, she’riy mulohazalardir. Bu mulohazalar ilmiy mantiqqa ko‘ra yolg‘on ko‘rinadi. Badiiy, poetik mantiqda esa yolg‘on emas, tamsilli, obrazli, dialektik fikrlardir.

Yoki, qadimgi yunon daho shoiri Homerning “Iliada” va “Odisseya” dostonlarida Zevs, Afrodita, Afina, Gera, Ares kabi ma’budlarning odamlarga o‘xshab nizolashuvi, goho sevgi deb axloqsizlik qilishlarini miloddan avvalgi VI-IV asrlardayoq Demokrit, Ksenofan, Suqrot, Aflotun yolg‘on mulohazalar deb tanqid qilgan edilar. Bu faylasuflar o‘sha vaqtda poeziyaning spetsifikasini, u ilmiy, tarixiy mantiq jihatidan yolg‘on ko‘rinishini, aslida shoir Homer ma’budlar timsolida voqelikni, hayotiy voqea-hodisalarni va insonlarning xarakterlari tasvirlanayotganini e’tiborga olmaganlar.

Muhammad Forobiy esa she’riy mulohazani tamsil, analogiya, qiyosga asoslanadi, deb to‘g‘ri tushungan. “Shu bilan birga u (she’riy, poetik fikr) sulujismus (sillogizm-asoslovchi) yoki unga qaram bo‘lgan navlarning biriga borib taqaladi, ya’ni istiqro’- (induktsiya-yakka narsalardan umumiy xulosaga kelish), misol (analogiya), farosat (intuitsiya) va shunga o‘xshash narsalar bo‘lib, bularning mantiqiy quvvatida o‘sha qiyos – sillogizmning kuch-quvvati bo‘ladi”. Bu fikrlar ham Forobiy davrida muhim kashfiyot edi.

She’riy fikr – mulohazaning yolg‘on deyilishiga sabablardan yana biri – johiliya davridagi arab shoirlari Bashar ibn Burd, Odiy ibn Zayd, Muhammad ash-Shanfara, Tabbata Sharran va boshqalar turli qabilalarni maqtab qasidalar yozib, ulardan yuzlab mol, qo‘y, tuyalar olib, sovg‘a bermagan qabilalarni masxara qilib, agar o‘z qabilasi shoirni tan olmay, haydasa, yo‘llarda qaroqchilik qilib, o‘z qabilasi odamlaridan o‘ch olish uchun ularning qonini to‘kib, o‘zlarining maqtanchoqligini, takabburligini mardlik, fazilat deb, xato fikrlar edilar. Bunday shoirlarning jamiyatga foydasidan ko‘ra zarari ko‘p tegar edi. Agar qimmatbaho sovg‘alar bersalar, yovuz odamlarni ham maqtab qasidalar yozgani uchun bunday shoirlarni yolg‘onchi deyish adolatli baho edi.

Islomiyat davriga kelib, shoirlar vafo, sadoqat, mehr-muruvvat, saxovat, adolat va haqiqat kabi oliy qadriyatlarni maqtab, tuban, gunoh ishlarni yomonlab, haqiqatni yoza boshladilar. Lekin, shu vaqtlarda ham tabiat, hayot, ruhiy olam go‘zalliklarini kuylashda shoirlar qo‘llaydigan tashbeh, istiora, mubolag‘a, iyhom, husni ta’lil, tashxis (shaxslantirish) kabi san’atlar mantiqchilar nazarida “yolg‘on” mulohaza bo‘lib ko‘rinar edi.

Alisher Navoiy bir g‘azalida sevimli yorning gulday yuzini maqtamoqchi bo‘lib, bunday chiroyli “yolg‘on” ishlatadi:

O‘n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur,


Download 36,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish