85.Subsidiya deb nimaga aytiladi? Subsidiya –bu davlat tomonidan aniq maqsad yo‘lida ishlatish uchun qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘i.
86.Sanatsiya nima? Sanatsiya – iqtisodiyot uchun ahamiyati katta korxonalarni tang holatidan chiqarib, ularning normal ishlab turishini ta`minlash hamda korxonalarni ommaviy bankrot bo‘lishiga yo‘l bermasdan, raqobatchi korxonalar sonini kerakli me`yorda saqlab turish maqsadida malga oshiriladi.
87.Sanatsiyaga qo‘yiladigan shartlar qanday? Davlatning Sanatsiyadagi ishtiroki ikki shartni hisobga oladi.
Korxonaning milliy va xududiy iqtisodiyot uchun ahamiyati katta bo‘lishi kerak;
Korxonaning tang ahvolga tushib qolishiga uning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan boshqa ob`ektiv sabablar bo‘lishi lozim.
89.Tezkor va strategik qarorlar nima bilan farqlanadi? Boshqaruv qarori turkumlanishi Boshqaruv faoliyatining samaradorligi nuqtai nazaridan qarorlar quyidagi turlarga bo‘linadi: strategik va operativ.
Strategik qaror – bu korxonaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan maqsad va missiyalarning shakllanishi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida bu qarorlar korxonaning faoliyatidagi yangicha yondashuvlar, keskin burilishlarni sillik utishini ta`minlaydi. Strategik qarorlar korxona, xudud, soxa darajasida qarorlar jamiyatdagi yangi manbaalar xisobiga butun iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni echishga yordam beradi.
96..Asosiy fond – bu ? Asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etadi va o‘zining natural moddiy xolatini yo‘kotmaydi xamda o‘z qiymatini tayyorlanayotgan maxsulotlarga qismlab o‘tqazib boradi. Asosiy fondlar qiymatini tayyorlanayotgan maxsulotga o‘tkazish jarayoni amortizatsiya deb, ushbu jarayonda to‘plangan mablag‘lar amortizatsiya ajratmalari deb ataladi.
97.Lizing nima? Lizing – moliyaviy-kredit munosabatlarining shakllaridan biri bo‘lib, korxonalarning qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki maxsus tashkil qilingan lizing kompaniyalaridan uzoq muddatga ijaraga olishini anglatadi. Lizing bitimida ko‘rsatilgan tomonlardan tashkari investitsion loyihalarni moliyalashtirish xamda ularni buning uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar bilan ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lgan tijorat yoki investitsion banklar xam ishtirok etishi mumkin.
98.Marjinal foyda (MF) quyidagicha aniqlanadi Marjinal foyda (MF) quyidagicha aniqlanadi:
*A) MF=T-(DX+O‘X)