46.Investitsion loyihalar nima.
Investitsiya loyixasi kapitalni korxonani uning ishlab chiqarish kuvvati va boshka sifat kursatkichlarini kuchaytirish maksadida rivojlantirish va kengaytirishga kiritishni rejalashtirish va amalga oshirish buyicha chora-tadbirlar majmuasidir. Investitsiya loyixasini tayyorlash va amalga oshirish kuyidagilarni uz ichiga oladi:
Investitsiyaviy g‘oya (fikr)ni shakllantirish;
G‘oyaning dastlabki asoslanishi;
Loyihada ko`zda tutilgan texnik qarorning tahlili;
Sertifikat talablarining bajarilishini tekshirish;
Investitsiya loyihasi bo`yicha davlat boshqaruv idoralari bilan kelishuv yuzaga keltirish;
Axborot memorandumini tayyorlash.
47. Samaradorlikni aniqlovchi ko‘rsatkichlar
Samaradorlik muayyan natijalarga erishishni anglatadi. U saraflangan xarajatlar va olingan natijalar nisbati asosida aniqlanadi. Xarajatlar kanchalik kam va natijalar kanchalik ko‘p bo‘lsa, samaradorlik xam shunchalik yuqori bo‘lad
48..Iqtisodiy samaradorlik.
Samaradorlik – bu, foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish va ma’lum miqdorda harajat qilish kerak. Samaradorlikni aniqlash uchun natijani shu natijaga erishishga sarflangan harajatlar yoki resurslar bilan taqqoslash kerak. Samaradorlik, ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan ularga erishish uchun sarflangan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarning o‘zaro nisbatidir. Korxona o‘zining xo‘jalik, ilmiy-texnik va investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi.
Samaradorlikning iqtisodiy va ijtimoiy turlari mavjud.
Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarishning iqtisodiy natijasini ko‘rsatadi. Masalan, mahsulot ishlab chiqarish – boshqaruv, yangi texnika va texnologiyani joriy etish, mehnat sifatini oshirish va xokazolarning natijasi.
51. Korxonalarda innovatsiya faoliyati va innovatsiya.
Innovatsion loyihalarni tasniflash innovatsiyalarni tasniflashlar asosida amalga oshiriladi. Masalan, tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish darajasi bo‘yicha innovatsion loyihalar, davlatlararo, davlat, mintaqaviy, sohaviy, alohida korxonanikiga bo‘linishlari mumkin.
Takrorlaymizki, innovatsion loyihani turkumlashtirishning chuqurligi, loyihalashtirishda hisobga olinadigan ilmiy yondashishlar va tamoyillar, qo‘llaniladigan menejment usullari miqdori loyihaning bosh menejeri (loyiha menejeri) va ITK a’zolari tomonidan muammoning murakkabligi, loyihaning qiymati va innovatsion tashkilot tashqi va ichki omillari holatiga muvofiq belgilanadi.
Innovatsion loyihani ishlab chiqish loyiha hujjatlarini tayyorlash bilan yakunlanadi. “Loyiha hujjatlari” ning yagona tarkibi hali belgilanmagan va har bir aniq holda uning tarkibi dastlabki (texnik iqtisodiy) vazifada belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |