7 Xufyona iqtisodiyotning rivojlanish sabablari va omillari


-jadval Yashirin iqtisodiyotning farqlanish mezonlari



Download 492 Kb.
bet4/12
Sana14.07.2022
Hajmi492 Kb.
#799222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
usmonov elmurod 62 17 i gurux

1-jadval
Yashirin iqtisodiyotning farqlanish mezonlari

Asosiy belgilari

Ikkinchi” yashirin iqtisodiyot

Kul rang” yashirin iqtisodiyot

Qora” yashirin iqtisodiyot

Sub’ektlari

Rasmiy (“oq”) iqtisodiyot sektori menejerlari

Norasmiy guruhlar

Professional jinoyatchilar

Ob’ektlari

Ishlab chiqarishsiz daromadni qayta taqsimlash

Oddiy tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish

Taqiqlangan va kamyob bo‘lgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish

“Oq” iqtisodiyot bilan bog‘liqligi

“Oq” iqtisodiyot bilan ajralmas

Nisbatan erkin

“Oq” iqtisodiyotga nisbatan avtonomdir

Xufyona iqtisodiyotni o‘rganish va tahlil etish taxminan yarim asrdan buyon davom etayotgan bo‘lsa ham, olimlarda va tahlilchilarda uni tahlil qilishning yagona yondashuvi hanuzgacha mavjud emas. Masalan, ingliz tilidagi manbalarda “informal economy” (norasmiy iqtisodiyot), “underground economy” (yashirish (maxfiy) iqtisodiyot), “shadow economy” (soyadagi (pana) iqtisodiyot), “black economy” (qora iqtisodiyot) kabi terminlarni uchratish mumkin, va bu terminlar turli tadqiqotchilarda turli ma’noni anglatmoqda.
“Ikkinchi” yashirin iqtisodiyot – bu “oq” iqtisodiyot ishchi va xodimlarining o‘z ish joylarida yashirincha, qonun bilan taqiqlangan iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari bo‘lib, ushbu faoliyat avval yaratilgan milliy daromadning yashirin qayta taqsimlanishiga olib keladi. Bu faoliyat bilan, asosan, boshqaruv mahkamasidagi “obro‘li odamlar” (“oq yoqalilar”) shug‘ullanganligi sababli yashirin iqtisodiyotning ushbu turini “oq yoqalilar”, deb nomlashadi. Jamiyat nuqtai nazaridan “ikkinchi” yashirin iqtisodiyot hech qanday yangi tovar va xizmatlarni yaratmaydi. “Ikkinchi” iqtisodiyotda bir necha odamlar boshqa odamlarning yo‘qotishlari evaziga naf ko‘radilar (daromad oladilar). “Ikkinchi” yashirin iqtisodiyot – shaxsiy ehtiyoj va davlat tomonidan hisobga va ro‘yxatga olinmaydigan ehtiyojlarni qondirish maqsadida alohida fuqarolar o‘rtasida va ularning norasmiy birlashmalari o‘rtasidagi mustaqil iqtisodiy munosabatlardir. Bu munosabatlar fuqarolarning davlatning xo‘jalik mexanizmidagi xatolar, aholi talablari, xohishlari inobatga olinmasligiga qarshi aks ta’siridir.
Bular eng avvalo:
-moliya va soliq xizmatlarining soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashni rag‘batlantiradigan darajada zaifligi;
-rivojlangan bozor tizimining noqonuniy resurslar manbalariga tayanishga majbur etadigan darajada mavjud emasligi;
-haddan ziyod va, shu jumladan, qonunlarga xilof ravishda ma’muriylashtirilganlik;
-nodavlat tadbirkorlikka nisbatan davlatning hozirdagi siyosatining uzoq muddatlarga mo‘ljallanganligiga shubha tug‘ilishi.
“Kul rang” yashirin iqtisodiyot – qonun tomonidan taqiqlanmagan, lekin ro‘yxatga olinmaydigan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy faoliyatdir. “Oq” iqtisodiyot bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan va uning hisobiga tekinxo‘rlik qilib yashaydigan “ikkinchi” yashirin iqtisodiyotdan farqli o‘laroq “kul rang” yashirin iqtisodiyot nisbatan mustaqil faoliyat yuritadi. Litsenziya, soliq va boshqalarga ketadigan xarajatlardan qochish maqsadida xususiy ishlab chiqaruvchilar ongli ravishda rasmiy ro‘yxatdan o‘tishmaydi, yoki bu faoliyat to‘g‘risidagi hisobot umuman ko‘rib chiqilmaydi. Bu sektorda mustaqil ishlab chiqaruvchilar yoki litsenziyaga ega bo‘lish, soliq to‘lash va boshqa shu kabi xarajatlardan qochib rasmiy hisobga olinishdan ongli ravishda bo‘yin tovlashadi, yoki bunday faoliyat to‘g‘risida hisobot umuman nazarda tutilmagan bo‘ladi.
“Qora” yashirin iqtisodiyot (uyushgan jinoyatchilik iqtisodiyoti) – qonun tomonidan taqiqlab qo‘yilgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq noqonuniy iqtisodiy faoliyatdir. “Qora” yashirin iqtisodiyot “kul rang” iqtisodiyotga rasmiy iqtisodiyotdan nisbatan ko‘proq ravishda ajralgandir. Keng ma’noda normal iqtisodiy hayotga to‘g‘ri kelmaydigan, uni buzadigan barcha faoliyat turlari “qora” yashirin iqtisodiyotga kiradi. Bu faoliyatga faqatgina zo‘ravonlikka asoslangan qayta taqsimlash (o‘g‘rilik, bosqinchilik, tovlamachilik) emas, balki jamiyatni yemiradigan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish ham (narkobiznes, qimor o‘yinlari, fohishabozlik, reket) kiradi. Kriminal, jinoiy xufyona iqtisodiyotni noqonuniy ishlab chiqarish, yashirin ishlab chiqarish va ongli ravishda oldindan rejalashtirib insonlarni o’z manfatlari yo’lida, g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab qilingan jinoyatlar tashkil etadi.
Noqonuniy ishlab chiqarishga biznes va tadbirkorlik shaklida tashkil etilgan qonunchilikda qat’iyan man qilingan faoliyat turlari kiradi. Bunday faoliyat turlariga quyidagilar kiradi:
-qurol-yarog‘lar ishlab chiqarish va sotish;
-narkobiznes;
-kontrabanda;
-qimorxona, qimor o‘yinlarini tashkil etish;
-odam savdosi;
-fohishalik va h.k.
Ushbu faoliyat turlari yashirin, nolegal korxona, sex, yashirin biznes va tadbirkorlik sub’ektlari yoki rasmiy ravishda faoliyat yuritayotgan korxonalar (firmalar) shaklida tashkil etiladi. Yashirin, jinoiy xufyona iqtisodiyot doirasida uyushgan jinoyatchilik vujudga kelib rivojlanadi. Uyushgan jinoyatchilikka asoslangan jinoiy xufyona iqtisodiyot ko‘pgina holatlarda yuqorida bayon qilingan qonunchilikda man qilingan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanadi.
Xufyona mehyorlarning yozilmagan va yakka hol xususiyati tufayli xufyona bitimlar tuzish uchun barchaga mos keladigan o’yin qoidalarini ifodalab bo’lmasa-da, xufyona iqtisodiyot «konstitutsiyasi»ning asosiy unsurlarini aniqlash mumkin.
Jinoiy uyushgan iqtisodiy faoliyat shakllaridan biri reketdir. Reket odamlarni qo‘rqitish, shantaj qilishga asoslangan biznes deb hisoblanadi. Bunday faoliyat turlariga rasmiy iqtisodiy hayotda to‘liq inkor etilgan, ular bilan kelisha olmaydigan, rasmiy iqtisodiyotning buzilishiga olib keluvchi xatti-harakatlar kiradi. Ushbu taklif etilayotgan tasniflashni absolyutlashtirish kerak emas. Yashirin iqtisodiyotning turli shakllari o‘rtasida keskin chegara mavjud emas. Masalan, uyushgan jinoiy guruhlar norasmiy sektor korxonalaridan “o‘lpon” yig‘ishlari va o‘zlarining daromadlarini poklab olish uchun qonuniy tadbirkorlar bilan aloqalaridan foydalanishlari mumkin (qarang. 2-jadval).
Xufyona iqtisodiyot barcha tovarlar va xizmatlar, resurslar bozorini hamda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qamrab oladi.
Shuningdek, huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lmagan, rasmiy ro‘yxatga olinmagan va huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxonalar xufyona iqtisodiyot sub’ektlari bo‘lishi mumkin.

Download 492 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish