7-sinflar uchun zoologiya fanidan kirish testi
Qaysi parazit chuvalchangning lichinkasi odam qoni orqali jigar va o’pkaga borib finnaga aylanadi?
Oq planariya, B) odam askaridasi, C) qoramol tasmasimoni, D) exinakokk.
Qaysi hayvonlarning ichaklari shoxlangan, uchi berk bo’ladi?
Askarida, 2) nereida, 3) jigar qurti, 4) planariya 5) exinokokk, 6) mishik ikki so’rg’ichlisi.
1,3,5, B) 2,3,5, C) 3,4,6, D) 1,4,5,
Qaysi hayvonning uzunligi 5-10 mm bo’ladi?
Oq planariya, B) jigar qurti, C) odam askaridasi, D) bolalar gijjasi.
Odam uchun zararli bo’lgan meduzani belgilang.
Ildizog’iz, B) fizolyani, C) aureliya, D) qutb meduzasi.
Jigar qurti qaysi tip va sinfga mansub?
Yassi, tasmasimon, B) yassi, so’rg’ichlilar, C) yumoloq, tasmasimon, D) halqali, tasmasimon.
Ochiq qon aylanish sistemasiga ega bo’lgan hayvonlarni belgilang.
Suv shillig’i, 2) lansetnik, 3) triton, 4) qisqichbaqa 5) tumsox, 6) tillaqo’ng’iz, 7) yomg’ir chuvalchangi, 8) asalari.
1,3,4,5, B) 2,3,5,7, C) 1,2,5,8, D) 1,4,6,8,
Bolalar gijjasi odam organizmiga qanday yuqadi?
Tuxumidan, B) dumli lichinka, C) finna, D) voyaga yetgan.
Gidra tanasidagi quyidagi hujayralar qanday vazifani bajarishini belgilang.
Teri muskul, 2) otiluvchi, 3) nerv, 4) oraliq.
Harakatlanish, b) regeneratsiya, c) ovqat hazm qilish, d) himoya, e) ta’sirni qabul qilish.
1-a, 2-d, 3- c, 4-e, B) 1-a, 2-d, 3-d, 4-b, C) 1-b, 2-a, 3-c, 4-e, D) 1-d, 2-e, 3-b, 4-c,
Yomg’ir chuvalchangi pillasidagi tuxumlardan qancha vaqtdan keyin yosh chuvalchanglar chiqadi?
15 kundan keyin, B) 2 kundan keyin, C) 1 kundan keyin, D) 1 oydan keyin.
Ayrim jinsli parazit chuvalchanglarni belgilang.
Exinokokk, jigar qurti, B) odam askaridasi, bolalar gijjisi, C) qoramol tasmasimoni, bolalar gijjasi D) mushuk ikki so’rg’ichlisi, cho’chqa tasmasimoni.
Quyidagi parazit chuvalchanglar qaysi organizmlarda parazitlik qiladi?
Bo’rtma nematodasi, 2) cho’chqa tasmasimoni, 3) exinokokk, 4) mushuk ikki so’rg’ichlisi, 5)jigar qurti. a) odam ichagida, b) it va yirtqich hayvonlar ichagida, c) odam jigarida, d) o’simliklarning yer ustki qismida, e) o’simliklarning yer ostki qismida.
1-d, 2-c, 3-b, 4-c, 5-a, B)1-b, 2-a, 3-b, 4-c, 5-e, C) 1-e, 2-a, 3-b, 4-c, 5-c, D)1-e, 2-b, 3-a, 4-a, 5-c
Qaysi qatorda qattiq qanotlilar vakili berilgan?
Kapalak, B) uy pashshasi, chigirtka, C) bo’ka, D) mita.
Bolalari bolalari 1-1,5 yilda voyaga yetadigan bo’g’imoyoqli hayvonni toping.
Oq kapalak, B) suv qo’ng’izi, C) chayon, D) tarantul.
O’zbekistonning zax, salqin va nam joylarida ....... keng tarqalgan.
Zaxkashlar, B) kranlar, C) dafniya, D) siklob.
Yashil bronza qo’ng’izining ovqat hazm qiluvchi organlarini ketma ketlikda toping.
Og’iz, 2) halqum, 3) jig’ildon, 4) oshqozon, 5) ichak, 6) kloaka, 7) anal teshigi, 8) qizilo’ngach.
1,2,3,5,7,8, B) 1,3,4,5,6,7, C) 1,2,8,4,5,7, D) 1,2,4,5,7,6,
Biy qaysi organlari yordamida nafas oladi?
Teri, traxeya, B) teri,o’pka, C) o’pka, traxeya, D) faqat o’pka.
Qaysi hayvon o’z ho’jayinini hidi orqali topib boradi?
Qisqichbaqa, B) chayon, C) falanga, D) kana.
Karom kapalagi g’umbagi nima bilan oziqlanadi?
A)Chirindilar, B) o’simlik bargi, C) yosh nihollarning ildizi, D) oziqlanmaydi.
Panjaqanotli baliqlar turkumiga kiradigan baliqni belgilang.
Treska, B) manta, C) sterliyad, D) latimeriya.
Tikonli akula qaysi tipga mansub.
Xordalilar, B) tog’ayli baliqlar, C) baliqlar, D) bo’g’imoyoqlilar.
Tog’ayli baliqlarning jabra yoriqlari necha juft bo’ladi?
3-5, B) 10-20, C) 4-5, D) 5-7.
Qaysi baliq o’z bolalarini qornidagi maxsus xaltachaga solib yuradi?
Tilyapiya, B) dengiz otchasi, C) okun, D) zog’ora baliq.
Yevropa daryolaridan sargas dengiziga borib tuxum qo’yadigan baliqni belgilang.
Keta, B) garbusha, C) ugor, D) tilyapiya.
Kaltakesakning ovqat hazm qilish sistemasini tartib bilan ko’rsating.
Oshqozon, 2) ichak, 3) og’iz bo’shlig’i, 4) halqum, 5) qizilo’ngach, 6) kloaka.
1,2,3,4,5,6, B) 4,5,1,2,6,3, C) 3,4,5,1,2,6. D) 3,4,5,6,2,1,
Ilonlarda sezgi organlarining qaysi biri yaxshi rivojlanmagan?
Hid bilish, B) tuyg’u va ta’m bilish, C) ko’rish, D) eshitish.
Do'stlaringiz bilan baham: |