7-sinf O’zbekiston tarixi Yakuniy test
1.
Xaritadan a) Muhammadqozining elchi bo’lib borgan, b) 1402-yilda Amir Temur elchilari yuborilgan va c) “Skifiyalik Tamerlanning ulug’vorligi” asari chop etilgan davlatlarni aniqlang.
A) a-5; b-1,2; c-2
B) a-5; b-1,5; c-8
C) a-1; b-2,5; c-9
D) a-1; b-5,6; c-2
2.
Rasmdagi tarixiy shaxs haqidagi to’g’ri ma’lumotni aniqlang.
A) 2000-yil noyabrda Toshkent, Samarqand shaharlarida va
xorijiy mamlakatlarda Yunisef homiyligida tavalludining 545 yilligi keng nishonlandi,
B) o’z davrida “Muallimi Soniy” nomi bilan ulug’langan edi.
C) “Qiblat ulkuttob” (Kotiblar qiblasi) va “Sulton ulxattotin” (Xattotlar sultoni) nomlari bilan shuhrat topadi.
D) Toshkent shahrida uning nomi bilan memorial bog‘ barpo etildi.
3. Amir Temurning faqat O‘rta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, Rus knyazliklarining birlashishlari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan jangi bo’lgan yilga eng yaqin bo’lgan voqeani aniqlang.
A) Ispaniyadan Klavixo yuborildi.
B) Amir Temur Hindistonga yurish boshladi.
C) To’xtamishxon elchisi Misrga bordi.
D) Xalil Sulton Movarounnahr hukmdori bo’lib oldi.
4. Quyidagi asarlarni muallifi bilan moslashtiring.
1. “Saodatga eltuvchi bilim” 2. “Turkiy so‘zlar dеvоni” 3. “Haqiqatlar tuhfasi” 4. “Hikmat”
a) Ahmad Yassaviy b) Ahmad Yugnakiy
c) Yusuf Xos Hojib d) Mahmud Kоshg‘ariy
A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d B) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c
C) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a D) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c
5. Basra yaqinidagi g’alabadan so‘ng Jaloliddin Manguberdi …
A) Iroqqa ketishga qaror qiladi.
B) Shimoliy Hindistonda davlatchilik asoslarini yaratishga kirishadi.
C) katta qo‘shinga umumrahbar bo‘lishni o‘ylab, Bag‘dod xalifasi Nosirga maktub yo‘llaydi
D) Ozarbayjon tomon yurish qiladi.
6. “Jaloliddin qorachadan kelgan, o‘rta bo‘yli, turkiy qiyofalik va turkiyda gapiradigan odam edi, shu bilan birga forsiyda ham so‘zlasha olardi. ...U nihoyatda jiddiy edi, kulmasdi, faqat jilmayib qo‘yardi, kam gapirardi. U haqgo‘ylikni, adolatni ulug‘lardi” fikrlari kimga tegishli?
A) “al-Komilfit-Tarix” asari muallifiga
B) “Jahon fotihi tarixi” asari muallifiga
C) “To’rt ulus tarixi” asari muallifiga
D) “Siyrat assulton Jalol adDin Mengburni” asari muallifiga
7. Nafaqat musulmon Sharqidagi, balki Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya ilmining rivojini boshlab bergan asar muallifi qachon tug’ilganini aniqlang.
A) VIII asr 80-yillarida B) VIII asr 90-yillarida
C) IX asr 80-yillarida D) IX asr 20-yillarida
8. 1056–1057-yillarda mamlakatdagi ichki nizоlar natijasida o‘z vatanini tark etgan olimning asarini aniqlang.
A) “Hibat ulhaqoyiq” B) “Aljome’ assahih”
C) “Dеvоnulug‘оtitturk” D) “Hikmat”
9. … Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam, turkiy til muhiti vujudga kela boshladi va o‘z navbatida sug‘diylar va boshqa mahalliy etnoslarda ham turkiylashish jarayoni jadallashgan.
A) IX asrda B) Qoraxoniylar davrida
C) M.av.III asrda D) Qang’ davlati davrida
10. Mo’g’ullar Buxoroni bo’ysundirgan va qayta bo’ysundirgan yillarni aniqlang.
A) 1221, 1231 B) 1220, 1348
C) 1221, 1271 D) 1220, 1238
11. Qaysi alloma oddiy xalq orasida “hidoyat yo’lining sarboni”, “val-milla” kabi sharafli nomlarga sazovor bo’lgan?
A) Yusuf Hos Hojib B) Imom Iso at-Termiziy
C) Imom al-Moturidiy D) Burhoniddin Marg’inoniy
12. Qaysi asar muallifining yubileyi nisbatan keyinroq nishonlangan?
A) “Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum”
B) “Al-Kashshof” C) “Al jome’ as-Sahih”
D) “Kitob at-Tavhid”
13. Afrosiyob, Varaxsha, Buxoro va Poykand shahar xarobalarida kovlab ochilgan turarjoy qoldiqlaridan ma’lum bo‘lishicha, ...
A) XI–XII asrlarda ham xom va pishiq g‘ishtdan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligida asosiy
o‘rinni egallagan.
B) X–XI asrlarda ham paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligida asosiy
o‘rinni egallagan.
C) IX–X asrlarda ham paxsa va guvaladan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligida asosiy
o‘rinni egallagan.
D) XII–XIII asrlarda ham paxsa va yog’ochdan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligida asosiy
o‘rinni egallagan.
14. Yusuf Xos Xojib “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga eltuvchi bilim”) asarini yozishni qachon qayerdan boshlab qachon qayerda tugatadi?
A) 1069-yilda Bolasog‘unda yoza boshlaydi va 1070-yilda Koshg‘arda tugatadi.
B) 1069-yilda Koshg‘arda yoza boshlaydi va 1070-yilda Bolasog‘unda tugatadi.
C) 1169-yilda Bolasog‘unda yoza boshlaydi va 1170-yilda Koshg‘arda tugatadi.
D) 1169-yilda Koshg‘arda yoza boshlaydi va 1170-yilda Bolasog‘unda tugatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |