7-sinf.O`zbekiston tarixi. 31-42-mavzular 1.Sulton Boyazidga qarshi qulay siyosiy vaziyat vujudga kelgan davr? A)XIV asr oxiri XV asr boshlari B)1402-yil C)XV asr o`rtalari D)1395-yil 2.Amir Temur vafotidan 1 oy keyin taxtga chiqqan shaxsning vafoti qaysi viloyat hukmdorining qarshilik faoliyati bilan bog`liq? A)Xo`jand B)Turkiston C)Farg`ona D)Shohruxiya 3.Ulug`bekning Mo`g`ulistonga yurishi boshlanganidan 200 yil oldin bo`lgan jangda g`olib bo`lgan shaxs raqibnin qancha qo`shinini mag`lubiyatga uchratgan edi? A)50 ming B)100 ming C)20 ming D)60 ming 4.Abdullatif otasining qiyin ahvolda qolganini ko`rib, qayerlarni osongini zabt etadi? 1.Huzor 2.Jizzax 3.Termiz 4.Toshkent 5.Chinoz 6.Shahrisabz A)1,3,6 B)1,2,4,5 C)2,4,5 D)2,3,4,6 5.Ma`lumki, Husayn Boyqaro o`z tasarrufiga Sharqiy va Shimoliy Eronni ham o`z ichiga olgan. Rivoj topgan vaqtida xuddi shu hududlarni o`z ichiga olgan davlatga qachon asos solingan? A)865-yil B)VIII asr o`rtalari C)962-yil D)999-yil 6.Temuriylar saltanati qachon inqirozga yuz tutdi? A)XV asr boshlari B)XV asr oxiri XVI asr boshi C)XV asr 2-yarmi D)XVI asr 1-yarmi 7.Ulug`bek va Shohruh davrida qaysi davlat bilan muntazam elchilar almashib turilgan? A)Xitoy B)Tibet va HIndiston C)Hindiston D)Hindiston va Xitoy 8. Hashamati bilan o`z davridagi inshootlardan ajralib turgan obida bunyod etilgan vaqt vafot etgan shaxs qachon tug`ilgan? A)1432-yil B)1404-yil C)1438-yil D)1330-yil 9.Oq O`rda va Xorazm hukmdorlari birlashib qayerlarga talonchilik bosqinlari qilishadi? 1.Toshkent 2.Farg`ona 3.Chorjo`y 4.Qarshi 5.Chinoz 6.Jizzax 7.Buxoro A)3,4,7 B)1,2,5 C)1,2,4,7 D)3,4,6,7 10.Amir Temur 1381-yil egallagan hududlarini kimga suyurg`ol qiladi? A)Umarshayx B)Mironshoh C)Pirmuhammad D)Shohruh 11.Ozarbayjon va Iroq hududlari temuriylar qo`lidan qachon ketdi? A)1408-yil B)1409-yil C)1407-yil D)1410-yil 12.Turkmanlar bilan bo`lgan jangda halok bol`gan temuriy hukmdorlarni belgilang. A)Mironshoh, Shohruh B)Mironshoh, Abu Said C)Pirmuhammad, Mironshoh, Abu Said D)Alouddavla, Mirzo Abdullo 13.Temuriylar hukmronligi davrida suyurg`ol egalari tobeligini oshirish maqsadida qanday tadbirlar amalga oshirilgan? 1.yer egalarining yer maydonlari qisqartirilgan 2.yer egalarining haq-huquqlari cheklangan 3.ularga yangi yerlar qo`shib berilib rag`batlantirilgan 4.ularga tarxonlik yorlig`I berilib, barcha soliqlardan ozod qilingan A)1,2 B)3,4 C)2,3,4 D)1,2,3,4 14.O`rta asrlarga oid langarxona qanday vazifani bajargan? A)shifoxona vazifasini B)omborxona vazifasini C)harbiy qurol-yarog` saqlanadigan xona vazifasini D)musofirlar istiqomat qiladigan xona vazifasini 15.Ulug`bek va Abdullatif o`rtasidagi jang qayerda bo`lib o`tgan? A)Damashq qishlog`i yaqinida B)Sheroz qishlog`ida C)Qizilravot mavzeyida D)Bulung`ur anhori yoqasida 16.Amudaryoning chap sohilidagi viloyatlarda o`z hokimiyatini o`rnatish maqsadida Xalil Sultonga qarshi bosh ko`targan temuriyzoda? A)Abu Bakr Mirzo B)Pirmuhammad C)Sulton Husayn Mirzo D)Umarshayx Mirzo
Do'stlaringiz bilan baham: |