7-sinf.O`zbekiston tarixi. 27-30-mavzular
1.Zamaxshariy vafot etganidan 3 yil oldin tugagan davlatning asoschisi tug`ilgan vaqtni toping. 2.Yusuf Xos Hojib tug`ilan shaharga bostirib kirib, o`z davlatining poytaxtiga aylantirgan qabilalar hujum qilgan hudud noto`g`ri berilgan qatorni toping. A)Shosh B)Farg`ona C)Zarafshon D)Sharqiy Turkiston 3.O`z asarini islom dinini tashviq qilish maqsadi bilan yozilgan asarning muallifi qachon yashagan? A)XII asr B)XI asr C)XI-XII asr D)X-XI asr 4.Sharqda sarbadorlar harakati qachondan boshlangan? A)XV asr B)XIV asr C)XVI asr D)XIV-XVI asr 5.Quyidagilardan yubileyi nishonlangan shaxslardan noto`g`ri javobni belgilang. A)Moturidiy- 1031 B)Farg`oniy- 1200 C)Buxoriy- 1225 D)Marg`inoniy-910 6.IX-XII asrlarda qaysi shaharlarda ko`plab saroy, masjid, minora, maqbara va boshqalar joylashgab edi? 1.Buxoro 2.Urganch 3.Shosh 4.Marv 5.O`zgan 6.Termiz 7.Taroz 8.Samarqand A)1,2,3,4,5,8 B)1,2,4,6,7,8 C)1,2,4,5,6,8 D)1,2,4,5,7,8 7.Quyidagilardan noto`g`ri javobni aniqlang. A)A.Temur va A.Husayn 1360-yilning bahorida Konigil mavzeyiga borib tushadi B)”Loy jangi”dan so`ng, Ilyosxo`ja Xo`jand va Jizzaxni egalladi C)Naqshbandiya tariqati tarkidunyochilikni rad etadi D)Najmiddin Kubro 1145-1221-yillarda yashagan 8.Axloq va shariat ahkomlari borasida mukammal ma`lumot beruvchi fan? A)Tafsir B)Tarix C)Islom fundamentalizmi D)Fiqh 9.Movarounnahrda keng yoyilgan tasavvuf? A)Kubroviya B)Naqshbandiya C)Yassaviya D)Yassaviya va Kubroviya 10.O`z tariqatida inson zotini sharif darajasida ulug`lagan shaxs qayerda tug`ilgan? A)Buxoro B)Turkiston C)Xorazm D)Samarqand 11.O`z tariqatida odillik, bilimdonlik va mehnatsevarlikni ulug`lagan shaxs qachon tug`ilgan? A)1318-yil B)XII asr B)1145-yil D)1221-yil 12.Termiziy tug`ilganidan 178 yil keyin bo`lgan voqeani toping. A)”Qutadg`u bilig” asari yozila boshlandi B)Koshg`ariy mamlakatidagi ichki nizolar natijasida yurtini tark etadi C)Koshg`ariy Bag`dodda o`zining mashhur asarini yozdi D)Asari uchun Yusufga “Xos Hojib ” unvoni taqdim etiladi 13.Ilm va ma`rifatga saodatning kaliti deb qaragan shaxs? A)M.Koshg`ariy B)Yusuf Xos Hojib C)A.Yugnakiy D)A.Yassaviy 14.Movarounnahr, Xorazm va Xurosonda keng tarqalgan tariqat? A)Kubroviya B)Yassaviya C)Naqshbandiya D)Uchchala tariqat ham keng tarqalgan 15.Paxsa va xom g`ishtdan qurilgan imoratlar shahar me`morchiligida asosiy o`rin egallagan davr? A)IX-XII asr B)X-XIII asr C)X-XIII asr D)X-XI asr 16.Sarbadorlarning qaysi harakati hukmdor tabaqalarning keskin noroziligiga uchragan? A)Amaldorlar mulkini musodara qilishi B)Yuqori tabaqa vakillarining ham soliqqa tortilishi C)Barchaning mol-mulki bir xil miqdorda bo`lishi haqidagi qarorlari D)Ilyosxo`jaga qarshi kurashlari 17.Sarbadorlar harakati bostirilgandan so`ng, Movarounnahrda kimning hukmronligi o`rnatildi? A)A.Husayn B)Ilyosxo`ja C)A.Temur D)M.Samarqandiy 18.Sarbadorlar mo`g`ullarga qaysi shaharda qaqshatqich zarba beradilar? A)Buxoro B)Xo`jand C)Samarqand D)Jizzax 19.A.Temur dorug`a lavozimiga qachon tayinlangan? A)1362-yil B)1363-yil C)1361-yil D)1360-yil 20.O`z asarida sunniylik an`analarini sharhlagan shaxs qayerda tug`ilgan? A)Buxoro B)Samarqand C)Marg`ilon D)Xorazm
Do'stlaringiz bilan baham: |