7-sinf.Tarix.6-11-mavzular 1.Toxariston aholisining asosiy qismi qanday mashg’ulot bilan shug’ullanishgan? A.chorvachilik B.Dehqonchilik C. Chorvachilik va dehqonchilik D.O’troq dehqonchilik 2.Muvofiqlashtiring. 1. Sug’d 2.Toxariston 3.Farg’ona 4.Choch 5.Eloq a-Ularning mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir bo’lgan b-Hukmdori”tudun”deb yuritilgan c-O’z chaqa-tangalari ichki savdo muomalasida yurgan d-Hokimlari”dehqon ”deb atalgan e-O’z hokimi, harbiy chokarlari,mis pul birligiga ega edi A.1-a,2-c,3-e,4-b,5-d B.1-e,2-c,3-a,4-d,5-b C.1-e,2-c,3-a,4-b,5-d D.1-a,2-c,3-a,4-d,5-b. 3.Ilk o’rta asrlarda yurtimizda qanday yozuvlar mavjud bo’lgan? A.Sug’d, xorazm, oromiy, toxar B.Sug’d, xorazm,oromiy,turkiy run C.Sug’d, xorazm, toxar, turkiy run D.Oromiy,xorazm,toxar, turkiy run 4.Shahriston qurilishi qaysi shaharlardagiarxeologik tadqiqotlar orqali o’rganilgan? A.Afrosiyob,Varaxsha,Panjikent B.Afrosiyob,Turfan, Panjikent C.Afrosiyob,Poykand,Varaxsha D.Afrosiyob,Varaxsha,Ajiinatepa 5.Arablar dastlab Movarounnahrga nima sababdan yurish qiladi? A.Islom dinini yoyish B.Mahalliy hukmdorlarni o`ziga bo`ysundirish C.Yer -mulklarini kengaytirish D.Boylik orttirish 6.Movarounnahrga tegishli masalalar qayerda muhokama etilgan? A.Devon al-mag’rib B.Vazir ul-vuzaro C. Devon al-mashriq D. Devon al-xaraj 7. Mahalliy davlat boshliqlari islom dinini nima maqsadda qabul qilgan? A. O’z amaldorlari va huquqlarini saqlash uchun B.O’z huquqlari va imtiyozlari uchun C. Taxtdan voz kechmaslik D.Mehnatkashlarga yengillik berish uchun 8.Ilk o`rta asrlardagi qaysi san`at turi zamonasining o`ta murakkab hayoti, din-u e`tiqodi va tashqi mamlakatlar bilan olib borgan aloqalaridan hikoya qiladi? A.devoriy tasvirlar B.budda ibodatxonalari haykallari C. ganchkori naqshlar D.musiqachilik 9.Xalifalik iqtodorlardan qanday soliq olishgan? A.Ushr B.Zakot C.Jizya D.Xiroj 10. Kimning davrida mahalliy xalqlardan xiroj va jizya soliqlarini olish bekor qilinadi? A.Nasr ibn sayyor B. Ashros C.Umar ibn Abdulaziz D.Mansur . 11.Abu Muslim tomonidan yuborilgan harbiy kuch Talos vodiysida Xitoy qo’shinlariga zarba berib, ularni mamlakatdan quvib chiqargan vaqtdan 100 oldin… A. Arablar ilk hujumlarini Maymurg’ va Chag’aniyondan boshlaydi B.Muoviya I Buxoro hududiga bostirib kirish to’g’risida farmon beradi C.Jangsiz Marv egallanadi. D.Misr,Suriya, Falastin, Iroq, Eron bo’ysundirildi. 12.Ilk o’rta asrlarda ganchkorlik san’atining nodir yodgorligi namunalari qayerdagi topilmalar orqali tadqiq etiladi? A.Ajinatepa B.Varaxsha C.Choch D.Samarqand 13.ArablarBuxoro hududlari bosqinidan so`ng, yo’l-yo’lakay qaysi shaharni egallashadi? A.Balx B.Termiz C. Chag’oniyon D. Poykand 14.Buxoro shahrida usta hunarmandlar tayyorlagan necha turdagi cholg’u asboblari yasalgan? A.10 B.8 C.15 D. 20 15.Kimlar soliqlarni xalifa xazinasiga tushishida vositachilik qilishgan? A.Dehqonlar va amirlar B. Amaldorlar va haramlar C. Noiblar D.Dehqonlar va Amaldorlar 16. Karvon yo’lining Choch va Eloq orqali o’tishi nimalarga imkon berdi? A,Aholi sonining ko’payish, iIchki va tashqi savdoning kengayishi B. Shaharlarda aholi sonining oshib rivojlanib borishi C. Tog'-kon sanoatining rivojlanishi D.Ishlab chiqarish kuchlarining takomillashuvi 17.Quyidagi xalifalarning hukmronlik davrlari ketma-ketligini belgilang. A.Muoviya, Sulaymon, Umar ibn Abdulaziz, Marvon II, Mansur B.Muoviya, Sulaymon, Mansur, Umar ibn Abdulaziz, Marvon II C.Sulaymon, Muoviya, Mansur, Umar ibn Abdulaziz, Marvon II D.Muoviya, Sulaymon, Umar ibn Abdulaziz, Mansur, Marvon II 18.”Oq kiyimlilar” qo`zg`oloni ayniqsa avj olgan hudud? A.Kesh va Naqshab B.Ohangaron va Shosh C.So`g`d D)Kesh 19.Rofe ibn Lays qo`zg`oloni Samarqandda boshlanib, so`ng qaysi viloyatlarga tarqalgan? 1.Buxoro 2.Xorazm 3.Eloq 4.Naqshab 5.Farg`ona 6.Shosh A.1,2,3,4,5 B.1,2,4,5,6 C.1,2,3,4,6 D.1,3,4,5,6 20.VIII asr o`rtalarida Movarounnahr viloyatlarida qanday boshqaruv usuli shakli saqlanib qolgan edi? A)harbiy-ma`muriy B)urug`-aymoqchillik C)islom fundamentalizmi D)ma`muriy-idora
Do'stlaringiz bilan baham: |