1- shart. Aqliy hujum.
Sifat deb qanday so‘zlarga aytiladi va ular qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
Belgi deganda qanday ma’nolar tushuniladi? Har biriga misol keltiring.
Sifatlar, asosan, qaysi gap bo‘lagi vazifasida keladi?
Asliy sifatlar deb nimaga aytiladi?
Nisbiy sifat deb nimaga aytiladi?
Nisbiy sifatlarga misollar keltiring.
Nisbiy sifatlarga –roq qo‘shimchasini qo‘shish mumkinmi?
2 - shart. Turli mevalarning (olma, nok, shaftoli…) belgilari savollar berib aniqlanadi.Bunda rasm usulidan foydalaniladi. Ulardan so’z birikmalari tuziladi. Eng ko’p va to’g’ri tuzilgan va tog’ri tahlil qilgan o’quvchilar rag’bat kartochkalariga ega bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |