8-sinf nazorat ishlari
1-Nazorat ishi.
Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushunchalar va qonunlar. Valentlik, molyar hajm, gazlarning zichligi, eritmalar, oksid, asos, kislota, tuzlar xossalari, ekvivalentlik qonunlariga doir masala, mashqlar bajarish. Kimyoviy elementlarning dastlabki toifalanishi. Kimyoviy elementlarning davriy qonuni.
Nazorat shakli: Test.
1.1m.a.b. nechaga teng?
A)1,66•1024g B)1,66•10-27kg S)1,66•10-22kg D)19,93•1023g
2.12gr uglerodda qancha atom bor?
A)15,05•1023 B)6,02•1023 S)3,01•1023 D)12,04•1023
3.Molar hajm-------
A)Bir xil sharoitdagi gazlarning hajmi.
B)Bug’ holatdagi moddaning va har qanday gazning 1moli n.sh.da 22,4l hajmni egallaydi.
S)Bug’ holatdagi gazning hajmi.
D)Massalari bir xil bo’lgan moddalarning hajmi.
4.H3PO4dagi kislotaning ekvivalentini aniqlang.
A)32,2g/ekv B)32,67g/ekv S)49g/ekv D)24,4g/ekv
5.Lavuazye va Laplas qonuni berilgan qatorni toping.
A)Oddiy moddadan 1mol murakkab moddani hosil bo’lishida ajralib chiqadigan yoki yutiladigan issiqlik miqdori.
B)Reaksiyaning issiqlik effekti boshlang’ich moddalar bilan hosil bo’lgan mahsulotlarning tabiatiga bog’liq bo’lib, reaksiyaning oraliq bosqichlariga bog’liq emas.
S)Har qanday murakkab moddaning oddiy moddalarga qadar parchalanish issiqligi uning hosil bo’lish issiqligiga teng bo’lib,ishorasi qarama-qarshi tarzda ifodalanadi.
D)Kimyoviy doimo issiqlik yutiladi.
6.Betaraf oksidlar (yoki tuz hosil qilmaydigan)berilgan qatorni toping.
A)CO,NO,N2O B)P2O5,NO, SO
S)Al2O3, N2O,CaO D)P2O5,N2O,CO
7.vodorodga nisbatan zichligi 32 bo’lgan gazning kislorodga nisbatan zichligini toping.
A)4 B)16 S)2 D)64
8.0,05mol CaO tarkibida nechta kalsiy atomi bor?
A)3,01•1023 B)3,01•1022 S)6,02 •1022 D)15,05 •1023
9.XIX –asrning 60-yillarida nechta kimyoviy element bo’lgan?
A)30 B)118 S)63 D)45
10.Tipik metallar gidroksidlari qanday xususiyatga ega?
A)kislota B)amfoter S)asos D) asos va kislota
11.Zn(OH)+NaOH=…………………………….+H2O
A)Zn(OH)2 B)Na2ZnO2 S)NaZn(OH)2 D)Na4ZnO2
12 . Cr 2O3 qanday xususiyatni namoyon qiladi?
A)amfoter B)kislota S)asos D)asos va kislota
13.Metallarning vodorodli birikmasi nima deyiladi?
A)kislota B)tuz S) gidrid D)gidroksid
14.Triadalar nazariyasini kim yaratgan?
A)J.Nyulends B)Be.de Shankurtua
S)N.L Meyer D)Debereyner
15.Chapdan o’ngga tomon metallmaslik xossasi…………..
A)kamayadi B)ortadi
S)o’zgarmaydi D)avval ortadi keyin kamayadi
16.Tarkibida 32gr CuSO4bo’lgan eritmaga 5,6 gr Fe qipig’I solindi.Bunda qancha mis ajralib chiqadi?
17.1,5•1022 ta molekulasi 0,8 gr massaga ega bu qaysi gaz ekanligini aniqlang?
Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
18.Kundalik turmushda ishlatiladigan qanday metallarni bilasiz?
19.O’zbek kimyogar olimlarimizni qaysilarini ishlari haqida eshitgansiz?
20. Kundalik turmushda ishlatiladigan qanday kislotalarni bilasiz?
2-Nazorat ishi.
Mavzu: Atomlarning yadro tarkibi. Izotoplar. Izobarlar .Atom elektron qavatlarining tuzilishi. Energetik pog‘onachalar. Kimyoviy elementlarning davriy jadvali. Kichik davrdagi elementlarning atom tuzilishi. Katta davrdagi elementlarning atom tuzilishi.Elementlarning davriy jadvalidagi o‘rni va atom tuzilishiga qarab tavsiflash. Davriy qonun va davriy qonunning ahamiyati.
Nazorat shakli:Yozma ish.
I-variant.
1.Ca elementining necha %ini plar tashkil etadi?
2. quyidagi rasmdan foydalanib xlorning o’rtacha molekulyar massasini toping.
3.Tartib raqami 15 bo’lgan elementning electron konfiguratsiyasini yozing
Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
4.Inson organizmida uchraydigan qanday elementlarni bilasiz?
5.Siz eng ko’p eshitgan elementlar qaysi pog’onachaga kiradi?
II-variant
1. quyidagi rasmdan foydalanib xromning o’rtacha molekulyar massasini toping.
2.Tartib raqami 20 bo’lgan elementning electron konfiguratsiyasini yozing.
3.2,25gr Na2O dagi atomlar soni nechta?
Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
4.Dorivor o’simliklarda qanday elementlar uchrashini eshitgansiz?
5.Biz kundalik turmushimizda iste’mol qiladigan tuzimizni necha % ini Na elementi tashkil etadi?
3-Nazorat ishi.
Mavzu: Kimyoviy bog‘lanishlar. Kimyoviy elementlarning nisbiy elektromanfiyligi. Kimyoviy bog‘lanish turlari. Qutbli va qutbsiz kovalent bog‘lanish. Ionli bog‘lanish .Donor-akseptor bog‘lanish. Kristall panjaralar
Nazorat shakli:Test
1. NH4+ ushbu ionda donor qaysi element?
A)azot B)vodorod S)donor- akseptor bog’ yo’q D)A va B
2.Fosforning yuqori oksidlanish darajasi nechaga teng?
A)+6 B)+5 S)+3 D)+7
3.Elektron konfiguratsiyasi 1s2 /2s2 2p6/ 3s2 bo’lgan elementni aniqlang.
A)Kaliy B)magniy S)kalsiy D)stronsiy
4.Ushbu rasmda qaysi elementni atom tuzilish modeli keltirilgan?
A)Li B)Be S)B D)C
5.Elektromanfiylik qiymatlari bir xil bo’lgan element atomlaridan iborat moddalarni toping.
A)H2,NaCl B)H2,O2 S)N2O,HCl D)H2O, HCl
6.Kovalent bog’lanishni nechta turi bor?
A)2ta:ion va metal. S)2ta:donor-akseptor, qutbli.
B)2ta:qutbli va qutbsiz. D)3ta:metal, donor-akseptor, qutbli
7.Donor-akseptor bog’lanishli moddalar berilgan qatorni toping.
A)NH4+,H 2O B) NH4+,H 3O+ S)NH3, NH4+ D) H 2O , NH3
8.Atom kristall panjaralar berilgan qatorni toping.
A)NaCl,KNO3 B)olmos, grafit S)Na,Mg D)CO,H2O
9.Osh tuzini kristall tuzilishi qanday?
A)tetraedr B)to’rtburchak S)kubsimon D)aylana
10.Cr atomini d-pog’onasida nechta bo’sh orbital bor?
A)1ta B)bo’sh orbital yo’q S)2ta D)3ta
11.Fosforning nisbiy atom massasi 31ga teng uning tartib raqami 15 ekanligini bilgan holda, fosfor atomi yadrosidagi neytronlar sonini toping.
A)15 B)16 S)17 D)20
12. Alyuminiy gidrofosfatning grafik formulasidagi δ- va π bog’lar sonini toping:
A)21 va3 B)18 va 6 C)15va9 D)21 va 6
13. Ion bog’lanishga ega bo’lgan oksidlarni tanlang.
1. xlor (V) oksid 2. oltingugurt (VI) oksid 3. xrom (III) oksid 4. seziy oksid 5. fosfor (V) oksid 6. kalsiy oksid
A) 1,4,6 B) 2,4,6 C) 3,4,6 D) 4,5,6
14.Elektromanfiylik tushunchasini fanga kiritgan olim kim?
A)L.Poling B)E.Rezerford S)Bekkeril D)Lavuaze
15.Elektromanfiyligi eng katta bo’lgan element qaysi?
A)Li B)P S)F D)Ca
16. qaysi kimyoviy bog’lanish aks etgan?
17.Ca 2+ ioning electron konfiguratsiyasini yozing.
Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
18.Biz eng ko’p uchratadigan qum, olmos, suv kristall panjarani qanday turlariga kiradi?
19.O’zingiz biladigan moddalarni kimyoviy bog’lanishni qanday turiga kirishini ayting.
20.Bizning yurtimizda qanday zavodlar zaharli nurlar yoki gazlar chiqaradi?
4-Nazorat ishi.
Mavzu: Elementlarning oksidlanish darajasi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Oksidlanish va qaytarilish reaksiyalari tenglamalarini tuzish.
Nazorat shakli:Yozma ish.
I-variant.
1.H2SO4, AlPO4, NaCl ushbu moddalardagi barcha elementlarni oksidlanish darajalarini yozing.
2. Quyidagi reaksiya tenglamasini electron –balans usulida tenglashtiring.
Cu+HNO3(suyl)=Cu(NO3)2+NO+H2 O
3.Mn+2oksidlanish darajasidan Mn+5 oksidlanish darajasiga o’tganda (Mn+2→Mn+5) electron beradimi? Yoki oladimi?Qanday xususiyatni namoyon qiladi?
4.Oksidlanish darajasi nima?
Kompitentlikni aniqlash uchun materiallar:
5. Nafas olish jarayonimiz oksidlanish qaytarilish reaksiyasining qaysi turiga kiradi? Reaksiya tenglamasi asosida tushuntiring.
II-variant.
1.Quyidagi reaksiya tenglamasini electron –balans usulida tenglashtiring.
Cu+H2SO4(kons)=Cu(SO4)2+SO2+ H2 O
2.H3PO4,CuSO4,CaCO3 ushbu moddalardagi barcha elementlarni oksidlanish darajalarini yozing.
3.P+5oksidlanish darajasidan P+3 oksidlanish darajasiga o’tganda(P+5→P+3) electron beradimi? Yoki oladimi? Qanday xususiyatni namoyon qiladi?
4.3,2gr Cu suyltirilgan nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishganda necha (n.sh.da)litr gaz ajraladi?
Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
5.O’simliklar bargida kechadigan fotosintez reaksiyasi oksidlanish –qaytarilish reaksiyasini qaysi turiga kiradi? Reaksiya tenglamasi asosida tushuntiring.
5-Nazorat ishi.
Mavzu: Galogenlar mavzusini umumlashtirish.
Nazorat shakli:Masala yechish.
I-variant
1.Cl atomining electron konfiguratsiyasini yozing.
2.2,45gr KBr tarkibidagi Br ni to’liq siqib chiqarishi uchun (n.sh.da)o’lchangan necha l xlor kerak?
3.HBr ning He ga nisbatan zichligini toping.
4.122,5 gr Bertoli tuzidan necha mol kislorod olish mumkin?
Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
5.Asab kasaliklarida, uyqusizlikda shifokor tomonidan berilgan dorilar tarkibida galogenlardan qaysi biri uchraydi?
II-variant.
1.Br atomining elektron konfiguratsiyasini yozing.
2.125gr Bertoli tuzi olish uchun (n.sh.da)necha l xlor gazi kerak?
3.HCl ning havoga nisbatan zichligini toping.
4. 4%li 4kg KJ eritmasidan yodni batamom chiqib ketishi uchun qancha (n.sh.da) l o’lchangan xlor kerak?
Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
5.Galogenlardan qaysilari haqida tibbiyotda ishlatilishini ko’rgansiz yoki eshitgansiz?
6-Nazorat ishi.
Mavzu:Kislorod gruppachasi elementlari mavzusini umumlashtirish.
Nazorat shakli.Test
1.H2SO4dagi S ning oksidlanish darajasini toping.
A)+4 B)+2 S)+6 D)+8
2.Gipsning formulasi berilgan qatorni toping.
A)CaSO4*2H2O B)CaSO4*0,5H2O S)MgSO4*2H2O D)Na2SO4*10H2O
3.Flotatsiya─
A)Qattiq jismlarni gaz sirtida qalqib turishi
B)Qattiq jismlarni suyuqlik sirtida qalqib turishi
S)Suyuq moddalar gaz sirtida qalqib turishi
D)Qattiq moddalarni suv yuzasida qalqib turishi
4.Oltingugurtning oksidlovchilik xossalarini namoyon etgan reaksiyani toping.
A)S+O2=SO2 B)H2+S=H2S S)Na+S=Na2S D)B va S
5.40gr SO2 olish uchun necha (n.sh.da) l havo kerak? (havo tarkibida kislorod 21%).
A)66,7 l B)122,7 l S)60l D)22,4 l
6.H2SO4ning zichligi berilgan qatorni toping.
A)1,54g/l B)1,84g/sm3 S)1g/ml D)1,64g/ml
7.Katalizator nima?
A)Kimyoviy reaksiyani sekinlashtiradi lekin o’zi sarf bo’lmaydigan reaksiyalar.
B) Kimyoviy reaksiyani tezlashtiradi lekin o’zi sarf bo’lmaydigan reaksiyalar.
S) Kimyoviy reaksiyani tezlashtiradi o’zi ham sarf bo’ladigan reaksiyalar.
D)Kimyoviy reaksiyada ishtirok etib,reaksiyani sekinlashtiradigan moddalar.
8.2NO+O2→NO2+Q reaksiyada harorat pasayganda muvozanat qaysi tomonga siljiydi?
A)chapga B)o’ngga S)siljimaydi D)avval o’ngga so’ngra chapga
9.Veterinariyada va tibbiyotda ishlatiladigan modda berilgan qatorni toping.
A)Na2SO4 B) Na2SO4 *10H2O S)Na2CO3 D)NaHPO4
10.H2S 1l suvda necha gr eriydi?
A)3,85gr B)2,5gr S)3,5gr D)3,8gr
11.Kislorodning oksidlanish darajasi +2 bo’lgan birikmani toping.
A)H2O B)H2O2 S)F2O D)Na2O
12.H2S qaysi modda bilan cho’kma hosil qiladi?
A)AgNO3 B)Pb(NO3)2 S)KNO3 D)Ca(NO3)2
13.Oltingugurtning allotropiyalari berilgan qatorni toping.
A)rombik, monoklinik, plastic B)rombik,olmos,ozon
S)plastic,rombik, ozon D)rombik, monoklinik, fullerin.
14.SO2 sanoatda qanday usulda olinadi?
A)ZnS+O2= B)Na2SO3+HCl= S)FeS2+O2= D)A va S
15.Reaksiyaning tezlik koeffitsiyenti 3 ga teng reaksiya temperaturasi 300c dan 700c ga ko’tarilganda reaksiya tezligi necha marta ortadi?
A)9marta B)81marta S)27marta D)3marta
16.Konsentrlangan sulfat kislota 13gr rux bilan o’zaro ta’sirlashganda qancha hajm (n.sh.da) l gaz ajraladi?
17.Kimyoviy reaksiya tezligiga ta’sir etuvchi omillar qaysilar?
18.Quyidagi o’zgarishlarni amalga oshiruvchi reaksiya tenglamalarini yozing.
S→H2S→S→SO2→SO3→H2SO4
Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
19.Kundalik turmushda oltingugurtning nima maqsadda ishlatilganini ko’rgansiz yoki ehitgansiz?
20.Hayotimiz davomida qanday reaksiyalar tez qanday reaksiyalar sekin borgani ma’qul deb o’ylaysiz?
7-Nazorat ishi.
Mavzu: Azotm grupachasi mavzusini umumlashtirish.
Nazorat shakli: Masala yechish.
I-variant.
1.Azotning elektron formulasini yozing.
2.HNO3 dagi azotning oksidlanish darajasi va valentligini yozing.
3. 12,6 gr nitrat kislota olish uchun necha gr azot (IV)-oksid zarur?
Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
4.Turmushda siz uchratgan yoki eshitgan 2 ta azotli birikmani yozing va undagi azotni % toping.
5.Laborotoriya sharoitida ammiak olish tenglamasini yozib bering.
II-variant.
1.90 g suvda 6 g natriy nitrat eritildi. Hosil bo‘lgan eritmaning
foiz konsentratsiyasini aniqlang.
2.Azot qanday oksidlanish darajalarini nomoyon qiladi?
3. Azotni oxirgi elektronini 4ta kvant sonlarda ifodalang.
Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
4.40% li nitrat kislota eritmasini tayyorlash uchun suv va nitrat kislota qanday massa nisbatda aralashtirish kerak?
5.Ammiakdagi elementlarni atomlar % toping.
8-Nazorat ishi.
Mavzu:Fosfor va mineral o’g’itlar mavzularini mustahkamlash.
Nazorat shakli:Test.
1. Fosfor……… oksidlanish darajalarini namoyon qiladi.
A) -3, 0, +3, +5 B) -3, 0,+5 S) ) 0, +3, +5 D) -3, 0, +3, +7
2. Odam va hayvonlarning suyaklarining anorganik tarkibiy qismi
asosan qaysi modda tashkil etadi?
A)CaCl2 B) Ca3(PO4)2 S)CaCO3 D)Ca3P2
3.Oq fosforni kristall panjara turi?
A)ion B)molekulyar S)metal D)Atom
4.
quyida berilgan tuzilish qaysi fosfor allotropiyasiga tegishli?
A)qizil B)oq S)qora D)A va B
5. HPO3 + H2O = reaksiya natijasida qanday mahsulot hosil bo’ladi?
A) H3PO4 B) HPO3 S)H3PO3 D)H4P2O7
6.Kalsiy digidrofosfat berilgan qatorni toping.
A)CaHPO4 B)CaH2PO4 S) Ca(H2PO4)2 D)Ca3(PO4)2
7.9,8gr fosfat kislotadagi vodorod atomlar soni nechta?
A)1,806*1023 B)18,06*1023 S)6,02*1023 D)12,04*1023
8. Fosforni qaysi akademik “Hayot va tafakkur elementi” deb atagan?
A)A.M.Butlerov B) A.Yu.Fersman S)Lavuazye D) Yu.Libix
9. Makroelementlar keltirilgan qatorni toping.
A)C, O, H, N, P, S, Mg, K, S B) C, O, H, N, P, S, Mg, K, Ca
S) Fe, Mn, B, Cu, Zn, Mo, Co D) Fe, Mn, B, Cu, Zn, Mo, K
10. O‘simliklarda azot etishmagandaqnday holatlar kuzatiladi?
1)barglari och-yashil bo‘lib qoladi. 2) barglari sarg‘ayib ketadi. 3)Fotosintez jarayoni buziladi. 4)o‘simliklarning hosildorligini keskin kamaytirib yuboradi.
A)1,3,4 B)1,2,3,4 S)1,2,4 D)2,3,4
11.Karbamid (mochevina)formulasi berilgan qatorni toping.
A) CO(NH2)2 B) (NH4)2SO4 S) NH4NO3 D)KNO3
12. Tarkibida 75% kaliy xlorid bo‘lgan 2 t kaliyli o‘g‘itdagi ozuqa
modda miqdorini hisoblab toping.
A)473,3kg B)6,649kg S)946,6kg D)1000kg
13. ….. – tirik organizmlarda siydik hosil bo‘lishida asosiy elementdir.
A)Ca B) Mn S)Co D)Zn
14. Co qanday ahamiyatga ega?
A) gemoglobin sintezlanishida B) DNK va aminokislotalar almashinuvida S)uzum hosildorligini oshirishda D) barcha javoblar to’g’ri
15.Fosforni oxirgi elektroni uchun barcha kvant sonlar yig’indisi nechaga teng?
A)4,5 B)5,5 S)3,5 D)2,5
16.Ag3PO4 qanday rangli cho’kma?
A)oq B)qora S)sariq D)ko’k
17.Fosforni qanday kislorodli birikmalarini bilasiz?
18. 36,4 g kalsiy fosfiddan olingan fosfinni to‘la yonishidan hosil bo‘lgan fosfor
(V)-oksididan qancha ortofosfat kislota olish mumkin?
Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
19.Qanday tabiiy o’gitlarni bilasiz?
20.Mamlakatimizni qaysi viloyatlarida qanday o’g’itlar ishlab chiqarilishi haqida bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |