II-variant
1.200gr 10%li osh tuzinig eritmasiga 100gr suv qo’shildi.Hosil bo’lgan eritmaning (%)konsentratsiyasini hisoblang.
2.4l o’yuvchi natriy NaOH eritmasida 80gr NaOH bor.Shu eritmaning molyar konsentratsiyasini toping.
3.Tuzning 250c da to’yingan 220gr eritmasida 20gr tuz bo’lsa,shu tuzning eruvchanlik koeffitsiyentini aniqlang.
Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
4.Ayollarimiz ishlatadigan tilla buyumlar eritmaning qanday turiga misol bo’la oladi?
5.Suv havzalarini tozaligini saqlash uchun qanday takliflar bera olasiz?
7-Nazorat ishi.
Mavzu: Kislotalar, tuzlar mavzularini mustahkamlash.
Nazorat shakli:Test
1.Kislotalarning umumiy formulasi berilgan qatorni toping.
A)H2K B)H2S S)H3N D)H2O
2.Kislotalar tarkibidagi kislorodiga ko’ra nechaga bo’linadi?
A)3ga:kislorodli, kislorodsiz, aralash. S)3ga:asosli, kislorodli, kislorodsiz.
B)2ga:kislorodli, kislorodsiz. D)to’g’ri javob yo’q
3.Qaysi holatda sulfat kislotani suyultirish to’g’ri berilgan?
A) B) S) D) A va B
4.Oshqozon shirasi tarkibidagi kislotani aniqlang.
A) H2SO4 B) HCl S) H2S D)HNO3
5.Fenolftalein kislotalar eritmalarini qanday rangga bo’yaydi?
A)ko’k B) qizil S)rangsiz D)yashil
6.Qattiq kislotalar berilgan qatorni toping.
A) H3PO4 , HCl B) HCl, H2S S)H3PO4,H3BO3 D)HNO3, H2SO4
7.Sulfat kislotaning ekvivalenti nechaga teng?
A)32,7g/ekv B)49g/ekv S)98g/ekv D)63g/ekv
8.Qaysi elementlar kislotalardan vodorodni siqib chiqara olmaydi?
A)Cu, Ag B)Hg,Au S)Pt,Ag D)barcha javoblar to’g’ri
9.,,Tutovchi’’ kislotalar berilgan qatorni toping.
A) HNO3, HCl B) HCl, H2S S) H3PO4,H3BO3 D) HNO3, H2SO4
10.O’rta tuz brilgan qatorni toping.
A)NaCl B)KHSO4 S)KAl(SO4)2 D)K3[Fe(CN) 2]
11.NaHCO3 qaysi tuz turiga kiradi?
A)kompleks tuz B)nordon tuz S)asosli tuz D)qo’sh tuz
12.Qaysi tuz tibbiyotda fiziologik eritma sifatida ishlatiladi?
A)KCl B)NaCl S)CaCO3 D)K2SO4
13.Marmar qaysi konlardan qazib olinadi?
A)Oqqal’a, Qizilqum B)Nurota va G’azg’on S)Tubokent, Borsakelmas D)Qoraqat,Qizilqum
14.2gr KOH tutgan eritmani neytrallash uchun necha mol xlorid kislota kerak?
A)0.05mol B)0.02mol S)0,036mol D)0,1mol
15.Quyidagi kislotalarning qaysi birida kislota hosil qilgan element ning valentligi IV gat eng?
A) H2SO4 B) H2SO3 S) HNO3 D)H4P2O7
16.5gr CaCO3 qizdirilganda necha gr CaO olinadi?
17.H2SO4 ning struktura formulasini yozing.
Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
18. Qanday tuzlar haqida eshitgansiz?
19.Qanday kislotalarni kundalik hayotda nima maqsadda ishlatamiz?
8-Nazorat ishi.
Mavzu:Anorganik birikmalarning eng muhim sinflariga oid bilimlarni umumlashtirish.
Nazorat shakli: Tajribaviy masalalar yechish.
I-variant
Tajriba.50gr 10% li NaCl eritmasini tayyorlash.
Bunda eritmani tayyorlash uchun kerak bo’ladigan tuz va suvning massasini hisoblab toping. So’ngra texnik tarozida tuzni o’lchab olib, stakanga soling, ustiga kerakli suvni menzurkada o’chab olib quying, so’ngra shisha tayoqcha yordamida yaxshilab aralashtiring. Hosil qilgan eritmangizni o’qituvchi bergan idishga quyib, eritmaning nomini va konsentratsiyasini yozib qo’ying.
Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
O’zingiz kundalik turmushda qanday eritmalarni tayorlagansiz?
II-variant
Tajriba. Neytrallanish reaksiyasi.
Chinni kosachaga 3ml kaliy ishqori eritmasidan quying.unga lakmus qog’ozini botiring va eritmaning rangiga e’tibor bering. Eritmadan lakmus qog’ozini olib, ustiga tomchilatib sulfat kislota eritmasidan quying hamda shisha tayoqcha yordamida doimo aralashtirib turing. Hosil bo’lgan aralashmani spirt lampasi yordamida qizdiring va suv bug’lanib bo’lgach, tuzni ko’zdan kechiring. Reaksiya tenglamasini va tajriba xulosalarini yozing.
Kompetentlikni aniqlash uchun materiallar:
Yana qanday neytrallanish reaksiyalarini bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |