Oltin savdo opsionlari. Bu yerda bitimlar sub’ektlari tarzida oltin qazib oluvchi korxonalar, sanoat iste’molchilari va yirik dilerlar ishtirok etadilar. Bunday opsionlar bilan amalga oshiriladigan bitimlar katta hajmlari va amal qilish mumddatlari anach uzoq bo‘lishi bilan ajralib turadi. Bunday opsionlarning vazifasi metall ishlab chiqaruvchilarning va iste’molchilarining narxdagi xatarlarini silliqlash hisoblanadi, ya’ni jarayon ishtirokchilarini spekulyativ motivi emas, balki xedjirlashdir.
Birja opsionlaridan farqli ravishda, uning muhim parametrlariga nisbatan axborotning har tomonlama ochiqligi bilan tavsiflanib, dilerlik opsionlari yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri sotiladi yoki dilerlik tarmog‘i orqali sotiladi. Har qanday holatda ham opsionlar bilan amalga oshiriladigan barcha bitimlar tegishli hisobotni taqdim etish bilan birga kechishi kerak, bu esa opsion bitim shartlarini bajarilishini kafolatlashi va ishtirokchilarning xatarlarini kamaytirishi kerak. Fyucherslar va opsionlar bilan (qog‘ozdagi oltin) savdo qilish sariq metallni xarid qilish-sotish aylanmasidan ko‘p karra yuqoriroqdir (ular faqat bir necha foizni tashkil etadi). Shu bilan birga, tabiiy oltin bozoriga iqtisodiy ma’no bo‘yicha ikkilamchi bo‘lgan hosilaviy vositalar industriyasi keyingi vaqtlarda hajmi ko‘p karrta ortiq bo‘lgani tufayli baza aktivining narx dinamikasiga ulkan ta’sir ko‘rsatadi. Oltin bilan birja bitimilari ishtirokchilari bozorning yuqorid darajada o‘zgaruvchanligidan manfaatdorlar, chunki bu daromadni oshirish imkonini yaratadi. Aynan spekuyantlarning harakatlari ko‘pincha bozorning harakatini keskin kuchaytiradi. 1980 yilda oltin narxining misli ko‘rilmagan darajada ko‘tarilib ketishi va 1997-1999 yillarda keskin tushib ketishi ko‘p jihatdan ana shu holat bilan izohlanadi.
Oltin qiymatining o‘zgarishi. Odatda, oltin narxi umumjahon iqtisodiy vaziyatga bog‘liq bo‘ladi. Undan tashqari, oltinning qiymati doim muqobil investitsion vositalarning samaradorligi yoki zararli ekanligining indikatori bo‘lgan. Mablag‘larning aylanishi o‘sgan, shuningdek oltin kapitali o‘sishining turli xil vositalari keng ko‘llanilgan davrda oltin tabiiy ravishda narxi mos holda tushgan edi. Aksincha, iqtisodiyot stagnatsiyasi holatida, uning orqaga ketishi yoki retsessiyasi pastida oltin investorlar tomonidan kapitalni qayd etishning va uning bundan keyingi saqlanishining eng barqaror va likvid vositasi sifatida idrok qilingan edi. Bu yerda valyuta bozori bilan o‘xshashlikni qayd etish va oltinni shveysariya franki bilan taqqoslash mumkin bo‘lib, bu valyuta o‘zgarishlarini kutib o‘tkazish mumkin bo‘lgan bufer sifatida hisoblangan. Boshqacha aytganda, bozorda "buqalar" hukmronlik qilganda, ehtiyoj ortadi va iqtisodning barcha sektorlarini o‘z ketidan tortadi, oltin soyaga o‘tadi. Lekin faqat vaqtincha... Biroq, iqtisodiyotning hamma o‘zgarishlari xam global umumjahon tavsifga ega bo‘lavermaydi. Misol uchun, ikki tanazzulli vaziyatni tahlil qilamiz: biri Rossiyada 1998 yilda yuzaga keldi; ikkinchisi hozir kechmoqda va butun jahon hamjamiyatida aks etmoqda.
1998 yilning avgust oyida Rossiya ancha qiyin davrni boshidan o‘tkazdi: GKO narxining tushishi, neft inqirozi, shuningdek buning ketidan yuz bergan rublning devalvatsiyasi har bir kishiga ta’sir ko‘rsatdi. Shunda rossiyaliklar o‘z jamg‘armalarini saqlab qolish uchun manklarda mavjud bo‘lgan barcha oltinni sotib olishdi va yutqazishmadi. 1998 yilning avgustidan boshlab, oltinning bir unsiyasi narxi uch martadan ortiq ko‘tarildi. Hatto o‘sha vaqtlar undiriladigan 20% QQSni hisobga olganda ham oltin investorlarning ishonchini oqladi. Biroq o‘sha vaqtda jismoniy shasxlar oltinni faqat o‘z mamlakatlari banklaridan sotib olish imkoniyatiga ega edilar. Bunda oltinning unsiyasi qiymati aynan ichki bozorda shakllanar edi, unda uning narxi yetkazib beruvchilarning cheklanganligi va Rossiya ichida talabning yuqoriligi tufayli umumjahon jarajasidan mos ravishda yuqori bo‘lgan. Hozir esa rossiyaliklar uchun inqirozning mahalliyligiga bog‘liq bo‘lmagan holda jahonning ochiq bozorida oltinni sotib olish uchun barcha imkoniyatlar bor. Bu Rossiyada moliyaviy va birja institutlarining rivojlanishi tufayligina mumkin bo‘lmay, balki xalqaro bozorlargi chiqish imkoniyatini taqdim etuvchi ko‘p sonli brokerlarning paydo bo‘lishi bilan ham mumkin bo‘ldi.
Hozirgi inqirozga kelsak, u ancha fundamental hususiyatga ega. U turli xil mamlakatlarning faqat iqtisodiyotigagina singib kirmay, balki retsessiyani ham vujudga keltiradi. Shuning uchun oltinni xarid qilish ham jamg‘armalarini saqlab qolishning eng ishonchli usullaridan biri sifatida qaraladi. Avvalgi yildayoq jahon bozorida oltinning kotirovkalari $1000 belgidan oshib o‘tdi. Qolgan qimmatbaho metallarning narxlari ham maksimal darajaga yaqin. Keyingi 30 yil ichida birinchi marta kumush narxi unsiyasiga $21 ga juda yaqin keldi. Platina va palladiy mos ravishda $2273 va $582 gacha qimmatlashdi. Biroq keyin qimmatbaho metallarning narxi pasaya boshladi. Ammo bu pasayish oltinga juda kam darajada taalluqli bo‘ldi. Undan tashqari, shuni aytib o‘tish kerakki, ishlab chiqarish hajmlarining pasayishiga qaramay va kompaniyalar o‘rtasida oltinga ehtiyoj mavjudligi oqibatida oltin spekulyativ va kapitalni saqlash hususiyati tufayli yuqori qiymatini saqlab qelmoqda.
Oltinning qiymatiga boshqa omillar ham shubhasiz ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, dollar va neftning qiymati. Bunda oltin qiymatining dinamikasi dollar kursi bilan teskari bog‘lanishda, neft narxlari bilan esa to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanishda bo‘ladi. Buning sababishu bilan izohlanadiki, valyuta bozorining o‘zg‘aruvchanligida va dollar kursining pasayishida oltin yana muqobil investitsion gavan sifatida ishtirok etadi. Neftga keldigan bo‘lsak, u holda bir barel neft narxining o‘sishida oltin neft dollarlarini ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi.