7– modul: qimmatbaho metallar bozori reja


Hosilaviy vositalar CFD operatsiyalari



Download 45,34 Kb.
bet7/8
Sana04.11.2022
Hajmi45,34 Kb.
#860271
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-Mavzu

Hosilaviy vositalar CFD operatsiyalari. Shu vaqtgacha biz tabiiy metall bozorlarini tashkil etishni va faoliyat yuritishni ko‘rib chiqqan edik. Biroq virutal vositalar bilan sado qilish bilan bog‘liq boshqa qism ham katta qiziqish uyg‘otadi. Jahon moliya bozorlari qiyofasini o‘zgartirib yuborgan voqealar to‘plami orasida, ayrimlari savdoni tezkor vositalar bilan kiritish kabi ahamiyatga ega. 70 yillarda boshlangan foizli stavkalarning va valyuta kurslarining beminnat o‘zgarishi davri ortib borayotgan xatarlarni boshqarish uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan yangi moliyaviy vositalarga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Hosilaviy moliya vositalari industriyasining gullab-yashnashi ko‘p jihatdan ularning bozordagi o‘zgaruvchan yo‘nalishlarga tez va samarali akt ta’sir ko‘rsatish qobiliyatlari bilan bog‘liq. Vaqt o‘tishi bilan oltin bozorining virtual qismi tabiiy oltin bozori aynashidan ko‘p marta ortiq bo‘lgan ulkan aylanmalarning mustaqil sohasiga aylanadi.
Fyuchers - bu tomonlarni qonuniy bog‘lab turuvchi bitim (muddatli shartnoma) bo‘lib, unga muvofiq bir tomon kelgusida bitimni tuzish vaqtida belgilanadigan narx bo‘yicha belgilangan muddatga tovarning ma’lum miqdorda (shuningdek ma’lum bir sifatda) yetkazib berishga, ikkinchi tomon esa qabul qilib olishga rozilik beradi. Jahon amaliyotida oltin fyuchers bitimlari bir necha birjalarda savdo qilinadi, bunda oltin bilan savdo qilish uchun tuziladigan bitimlarning eng ko‘p hajmi Nyu-York Tovar birjasi (COMEX)da tuziladi. U yerda oltin bilan operatsiyalar 1974 yildan boshlab amalga oshirila boshladi. Fyucherslar bilan operatsiyalarning asosiy maqsadi xedjirlash va spekulyatsiyalardir. Mazkur bitimlarning jozibadorligi shundaki, uni tuzish uchun katta pul yoki ko‘p miqdordagi tovar bo‘lishi shart emas. Nisbatan uncha katta bo‘lmagan kapitalga kiritiladigan mablag‘lar katta foyda keltirishi mumkin.
Shoshilinch bitimning boshqa ommabop shakli 1976 yilda birinchi marta kiritilgan oltinga opsion hisoblanadi, bunday shakl Amerikada u bilan o‘tkazilgan operatsiyalardan so‘ng 1982 yilda keng tarqalib ketdi.
Opsion - bu muddatli bitim bo‘lib, u xaridorga ma’lum standart miqdoridagi tovarni ma’lum muddatga ma’lum narxda xarid qilish (call option; koll opsion) yoki sotish (put option; put opsion) (evropacha opsion) yoki kelishilgan butun muddat davomida ma’lum narxda xarid qilish yoki sotish (amerikacha opsion) huquqini beradi. Opsion sotuvchisi kontragentga bitimni ijro etish yoki undan voz kechish huquqini sotadi. Bu huquq uchun opsion xaridori sotuvchiga mukofot - opion mukofotini to‘laydi. Xaridor opsionni qayd qilingan narx - opsionni ijro etish narxi bo‘yicha ijro etish huquqiga ega bo‘ladi. Masalan, agar investor oltin narxining ortishidan o‘zini xedjirlasa, u koll opsionni sotib olishi mumkin yoki put opsionni sotishi mumkin; agar u o‘zini narxni tushib ketishidan xejdirlasa, u koll opsionni sotish yoki put opsionni xarid qilishi mumkin.
Xejdirlashning boshqa vositalariga nisbatan opsion shunisi bilan jozibadorki, u kon’yukturaning noqulay o‘zgarishidan muhofaza qilish maqsadida ijro etish narxini qayd qilishdan tashqari u qulay kon’yukturadan foydalanish imkonini beradi Opsion xaridorining yo‘qotishlari maksimal miqdori to‘plangan mukofot bilan chegaralangan, yutuq esa imkoniyatli tarzda chegaralanmagan. Mos ravishda, opsion sotuvchisi uchun aksincha vaziyat paydo buladi. Opsionlar birjadan tashqari bozorda ham muomalada bo‘lishi mumkin. Bunday opsionlar dilerlik opsionlari deyiladi. Ular farq qiluvchi jihatlari shundaki, u birja tomonidan emas, balki aniq yuridik shaxs tomonidan emitatsiya qilinib, u opsionning ijro etilishini kafolatlaydi. Bunda dilerlik opsionlarini ikki guruhga ajratish mumkin:
Xususiy spekulyativ talabni qondirish uchun chakana bozorda sotish uchun mo‘ljallangan opsionlar. Dastlab bunday opsionlarni sotib olish yuqori xatar bilan bog‘liq edi, chunki 70-yillarning ikkinchi yarmida AQShda bozorning yuqori dajada o‘zgaruvchi bo‘lganligi tufayli juda ko‘p firibgarlik holatlari qayd etilgan. Dilerlik opsionlari bilan savdo qilishni tashkil etish yangi talablarning kiritilishi hokimiyatning bunga aks ta’siri bo‘ldi. Xususan, kastodial bankda oltinni deponentlash, shuningdek diler uchun opsionni ijro etguncha yoki uning amal qilish muddatini o‘tib ketguncha opsion mukofotini deponentlash nazarda tutilgan edi.

Download 45,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish