Metallning sifati bo‘yicha svop. Amalda shunday holat ham vujudga kelishi mumkinki, bunda bozor ishtirokchisiga unda mavjud bo‘lgandan ko‘ra yuqoriroq probali oltin kerak bo‘lib qolishi mumkin. Bunday xohish metall sifati bo‘yicha svop doirasida amalga oshirilishi mumkin. Bunday svop bir sifatdagi metallni bir vaqtda xarid qilish (sotish) o‘rniga boshqa sifatdagi oltinni sotish (xarid qilishni) nazarda tutadi. Bunda anka yuqori sifatga ega metallni sotayotgan tomon oltinning bir turini boshqa turiga almashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan bitimning miqdoriga va xaratning miqdoriga bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan mukofotni oladi.
Joylashgan joyiga ko‘ra svop. Bunday svop oltinni bir joyda xarid qilib (sotib), uni boshqa bir joyda sotishni (xarid qilishni) nazarda tutadi. Oltin bir joyda qimmatroq bo‘lishi mumkinligi uchun bu holda tamonlardan biri mukofot oladi.
Depozit amallari. Oltin moliyaviy aktiv hisoblangani uchun u o‘z egasiga u qarz ob’ekti bo‘lib qolganda daromad keltirishi mumkin. Mazkur amallar metallni hisob-varag‘iga jalb qilish zarur bo‘lganda amalga oshiriladi. Bunda oltin bo‘yicha depozit stavkalari valyuta stavkalaridan odatda pastroq bo‘lib qoladi, bu valyutaning ancha yuqori likvidligi bilan izohlanadi. Standart depozit muddatlari - 1, 2, 3, 6 va 12 oy, lekin ular kamaytirilishi yoki, aksincha uzaytirilishi mumkin. Bank, depozit shartnomalar doirasida qimmatbaho metallarni jalb qilib, ma’lum bir muddat mobaynida ulardan foyda olish uchun, masalan oltin qazib olishni mablag‘ bilan ta’minlash sxemasida, arbitraj operatsiyalari uchun va h.k. foydalanishi mumkin. Oltin egalari ega kiritilgan oltindan daromad olishadi, shuningdek tabiiy metallni saqlash bilan oshg‘liq harajatlardan ozod bo‘ladi.
Forvardlar. Yuqorida sanab o‘tilgan bitimlardan tashqari jahon bozorida boshqa operatsiyalar almalga oshirilishi mumkin: metallni ikkinchi ish kunidan oshuvchi muddatga haqiqiy yetkazib berishni nazarda tutuvchi forvard bitimlar to‘g‘risida gap boradi. Bunday bitimni tuzib, xaridor kelajakda spot bozorida metallning narxi oshib ketishidan himoyalanadi. Sotuvchi, o‘z navbatida kelajakda narxlarning pasayib ketishidan o‘zini himoya qilishni nazarda tutadi. Sug‘urta qilish kelajakda o‘zaro hisob kitoblarni amalga oshirish rejalashtirilayotgan narxni qayd etish yo‘li bilan ta’minlanadi. Biroq, bunday bitim yanada qulayroq kon’yunkturadan foydalanish imkonini bermaydi. Forvard bekor qilinishi mumkin emas. Uni faqat bitimda kelishilgan tovar miqdorini joriy kurs bo‘yicha oldi-sotti yo‘li bilan keyinchalik uni forvard bitimida belgilangan kurs bo‘yicha sotib uni faqat muvozanatga keltirish (forvard pozitsiyasini yopish) mumkin. Banklararo oltin bozorida mazkur bitimlar juda kamdan-kam tuziladi. Metallni muddatga sotish zarur bo‘lganda sotuvchi, odatda, uni spot sharti bilan sotadi, keyin esa svop bitimini tuzadi: metallni spot shartlarida xarid qiladi va shu bira vaqta uni forvard shartlarida sotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |