6. XVI asrda usmoniylar saltanati. Ajoyib yuz yillik. Sulton Boyazid II, Salim I va Sulaymon I hukmronlik qilgan davrlarda saltanat haddan tashqari kuchaygan. Xususan, Salim I Yovuz Eron safaviylari shohi Ismoil I qoʻshinini yanchib tashlaydi (1514-yil 23-avgust). Iroq, Shom (Suriya), Falastin, Misrni egallab, Qohiraga kiradi (1517). Bu paytda Misrdan tashqari Shimoliy Afrikaning Jazoir hududi, shuningdek, Bolqon, Arabiston, Janubiy-Sharqiy Anadolu ham Usmonli imperiyasi tarkibiga kirgan. Halabda boʻlgan juma namozi (1516-yil 28-avgust)da sulton Salim I ga "ikki muqaddas shahar xizmatchisi" faxriy unvoni berilib, xalifa sifatida uning nomi xutbaga qoʻshib oʻqilgan (Usmonli sultonlar shu kundan eʼtiboran to 1924-yilgacha ayni paytda islom olamining xalifasi ham hisoblangan). Sulton Sulaymon I ham jahongirlik siyosatini davom ettirgan. Mojariston bosib olingach, turklar Venani 1 marta qamal qilishgan (1529). Polsha va Ukrainaga qoʻshin joʻnatilib, Egey dengizidagi Rodos va boshqalar orollar ishgʻol qilingan. Sulaymon I Qonuniy "Muqaddas Rim imperiyasi"ga qarshi kurashish uchun Fransiya qiroli Fransisk I bilan birinchi fransuz-turk siyosiy shartnomasi va savdo bitimini imzolagan (1535). 1556-yilga kelib Usmonli imperiyasiga Kichik Osiyo hududi, Gʻarbiy Gurjiston, Gʻarbiy Armaniston, Livan, Suriya, Iroq (Bagʻdod bilan birga), Falastin, Hijoz, Yaman, Misr, Tripoli, Jazoir, Yunoniston, Bulgʻoriston, Mojariston, Serbiya, Bosniya, Valaxiya, Transilvaniya, Moldaviya, Qrim kirgan. Bu paytda u jahondagi eng qudratli saltanatlardan biri hisoblangan. Saltanatning ulkan hududi 3 qitʼa: Yevropa, Osiyo, Afrikaning katta kismini egallagan boʻlib, uning maydoni 8 mln. km²ga yetgan. 16 asrda turklarning kuchli dengiz floti butun Oʻrta dengiz havzasini nazorat qilib turgan.
Sulton Murod III hukmronligi davrida Kipr oroli boʻysundirilgan. Bu paytda Gibraltar boʻgozidan Fors qoʻltigʻigacha, Dunaydan Nil sohillarigacha boʻlgan hudud sultonlikka qaragan.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, saljuqiylar o’rta sharqqa yetib borgan vaqtlarda islom dunyosi tang ahvolda edi. Garchi Bag’doddagi Abbosiy xalifa sunniy islom dunyosining oliy rahbari bo’lsada, abbosiylar imperiyasi bu vaqtga kelib, siyosiy va harbiy jihatdan nihoyatda zaiflashib qolgan edi. Xalifa Bag’dod va Eronning bir qimisga hokim bo’lgan shia Buvoyxiylar qo’lida qo’g’irchoq edi. Xullas, abbosiylar imperiyasiga qarashli musulmon o’lkalarida siyosiy boshboshdoqlik hamda e’tiqod ishonchsizligi hukm surayotgandi. O’rtada ko’zga tashlanadigan shaxs bo’lmagani uchun islom jamoati har xil mazhablaga bo’linib, siyosiy parchalanishga yuz tutayotgan edi. Saljuqiylarning yurishi natijasida buvoyxiylarning hukmronligiga chek qo’yildi.
Shu bilan birga Kichik Osiyoda tashkil topgan usmoniylar davlati o’rta asrlarning eng yirik davlatlaridan biri edi. Xv asrda bu davlat ayniqsa sulton Mehmed ul-Fotih davrida kuchayib ketdi. Uning davrida Usmonli turk imperiyasining ilk qonunlar majmuasi («Qonunnoma») tuzilgan. Mehmed ul-Fotih harbiy va ma`muriy boshqaruv islohoti o'tkazib, armiya va davlatni mustahkamlagan. U olim va fuzalolarga homiylik qilgan, qurilish ishlariga katta e`tibor bergan, hukmronligi davrida mamlakatda 380 ta masjid qurdirgan, Istanbul universitetiga asos solgan. Sulton Mehmed II fors, yunon va arab adabiyotini yaxshi bilgan, o'zi ham «Avniy» taxallusi bilan she`riy devon bitgan.
Savol va topshiriqlar
1. Saljuqiylar hukmdorligi davrida O’rta Osiyo aholisining turmush darajasi qanday edi?
2. Saljuqiylarni madaniyat jihatdan rivojlangan deyish mumkinmi?
3. G’aznaviylarning saljuqiylarga yutqazishining asosiy sababi nimada edi?
4. Saljuqiy hukmdorlarning uzoq hukmdorlik qilmaganliklarining sababi nimada?
5. Usmoniylarning kuchayib ketish sabablari nimada?
6. Sohibqiron Amir Temur bilan Boyazid Yildirim munosabatlari nega keskin tus olgan edi?
7. Sulton Mehmet II Fotih Turkiya tarixida qanday iz qoldirdi?
Do'stlaringiz bilan baham: |