7-MAVZU. TUPROQNING OZIQ REJIMI VA UNI BOSHQARISH USULLARI
Reja:
1.Tuproqdagi oziq elementlari va ularni o‘simlik hayotidagi ahamiyati.
2.O‘simliklar tomonidan oziq elementlarini o‘zlashtirilishi.
3.Tuproq oziq rejimini boshqarishda organik moddalar, mikroorganizmlar va tuproq xossalarining ta’siri.
Tayanch iboralar: Makroelement, mikroelement, mineral o‘g‘itlar, azot, fosfor, kaliy, organik moddalar, avtotrof, mikrotrof, bakteriotrof, azotobakter, ammonifikatsiya, nitrifikatsiya, denitrifikatsiya.
1. Tuproqdagi oziq elementlari va ularni o‘simlik hayotidagi ahamiyati
Oziq moddalar va suv tuproq unumdorligining asosiy elementlari hisoblanadi. O‘simliklarning bu elementlarga talabchanligi ekinlarning turiga, naviga, hosildorligiga bog‘liq. O‘simliklarning bu sohadagi talabini qondirish dehqonchilikdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
O‘simliklar oziq moddalarni tuproqdan, atmosferadan, gidrosferadan va yorug‘lik, issiqlikni esa fazodan oladi.
O‘simliklar hayotida oziqlanish eng muhim omillardan hisoblanadi. Oziqlanish-har qanday tirik organizmning, shu jumladan, o‘simliklarning ham o‘sish va rivojlanish asosidir. O‘simliklar qancha me’yorda oziqlansa, shuncha yaxshi o‘sadi va rivojlanadi. Barcha o‘simliklarning me’yorda o‘sishi va rivojlanishi uchun yorug‘lik, issiqlik, suv va havo qancha zarur bo‘lsa, oziq moddalar ham shuncha zarurdir. Ulardan birining o‘rnini ikkinchisi bosa olmaydi.
O‘simliklar tarkibida azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy, temir kabi elementlar anchagina (0,01 % gacha) bo‘ladi, ular makroelementlar, oz miqdorda (0,01 -0,001 %) bor, mis, rux, marganets, kobalt, molibden kabi elementlar uchraydi, ular mikroelementlar deb ataladi. Ba’zi o‘simliklardagina oz miqdorda stronsiy, seziy, rubidiy kabi elementlar bor, ular ultramikro-elementlar deyiladi. O‘simliklar tarkibida 70 dan ortiq kimyoviy element topilgan. O‘simliklarni kimyoviy analiz qilish tufayli umumiy og‘irligining taxminan 45% uglerod, 42% kislorod, 6,5% vodorod, 5% kul va boshqa elementlarga to‘g‘ri kelishi aniqlangan.
Tuproqda zarur oziq elementlardan birortasi yetishmasa, o‘simliklar me’yorda o‘sib rivojlanmaydi.
Oziq moddalarni o‘zlashtirish miqdori ekinlarning turiga, naviga, hosiliga va ular o‘sayotgan sharoitga bog‘liq (1.19-jadval).
1.9-jadval
Ekinlarning turiga qarab 1 t hosil bilan birga chiqib ketadigan mineral o‘g‘itlar (kg)
Do'stlaringiz bilan baham: |