7-mavzu. Tuproqning oziq rejimi va uni boshqarish usullari reja


O‘simliklar tomonidan oziq elementlarini o‘zlashtirilishi



Download 164,05 Kb.
bet3/6
Sana26.06.2022
Hajmi164,05 Kb.
#705327
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-tema

2. O‘simliklar tomonidan oziq elementlarini o‘zlashtirilishi
O‘simliklarning ildizi orqali oziqlanishi faqat yerga solinayotgan o‘g‘itlarga emas, balki tuproq muhitiga, mikroorganizmlarning faoliyatiga, organik moddalarning chirishiga va tuproqning suv, havo hamda issiqlik rejimini yaxshilashga qaratilgan agrotexnika tadbirlarining qo‘llanilishiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq.
O‘simliklar 3 xil: avtotrof, mikrotrof va bakteriotrof usulda oziqlanadi. Avtotrof oziqlanishda o‘simliklar tuproqdan suvda yerib oksidlangan mineral tuzlarni o‘zlashtiradi. Oziqlanishning bu usuli ekinlar uchun asosiy hisoblanadi.
Mikrotrof oziqlanish mikoriza yordamida sodir bo‘ladi. Mikoriza o‘simliklarning oziqlanishiga yordamlashib, ularning hayotiga salbiy ta’sir etmaydi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, mikoriza tuproqdagi zararli mikroorganizmlarning antagonisti-dushmani hisoblanadi.
Ayrim mikorizalar havodagi erkin azotni o‘zlashtirib o‘simliklarni ta’minlaydi. Avtotrof usulda oziqlanadigan ayrim o‘simliklar fakultativ mikrotrof o‘simliklarga ham tegishlidir, ya’ni ular bevosita va mikorizalar yordamida oziqlanishi mumkin.
O‘simliklarning mikrotrof usulda oziqlanishi hozircha kamrok, lekin o‘simlik va tuproq bakteriyalari orasidagi munosabati ancha mukammal o‘rganilgan.
O‘simliklarnipg bakteriyalar yordamida oziqlanishi bakteriotrof oziqlanish deyiladi.
O‘simliklar va bakteriyalar orasida oziq moddalar tugunak va ildizlarni bir-biriga mustahkam bog‘lovchi tomir tukchalar orqali o‘zaro almashinadi. Dukkakdosh o‘simliklarning ildizi bir-biridan kimyoviy tarkibi va boshqa xossalari jihatidan farq qilib, tugunaklari har xil bo‘ladi. Masalan, lyupin va seradella ildizida faqat shu ekinlarga mos bakteriyalar, sebarga va loviya ildizida esa boshqa turlari rivojlanadi. Beda, ko‘k no‘xat, mosh va boshqa dukkakdosh o‘simliklarda o‘ziga xos turdagi tugunak bakteriyalar bor.
Keyingi yillarda o‘simliklarda oziqlanishning biologik usuli keng ko‘lamda tarqalmoqda, bunda o‘simliklar ildizida, ya’ni ildiz atrofida (rizosferada), ildiz ichida (geterotrof va simbiotrof) oziqlanadigan tuproq mikroorganizmlari (bakteriyalar, zamburug‘lar)ga katta ahamiyat berilmoqda.
Dukkakdosh o‘simliklar ildizida rivojlanadigan tugunak bakteriyalardan tashqari, tuproqning oziq rejimiga ildiz mikroflorasi, suvo‘tlar va tuproqda yashaydigai har xil sodda hayvonlar ham ta’sir etadi. Ayrim tadqiqotchilarning ma’lumotlariga qaraganda, ildiz mikroflorasi o‘simlik bilan chambarchas aloqada bo‘lar ekan, uning oziqlanishi o‘simlikka, o‘simlikniki esa mikrofloraga bog‘liqdir. Bunday simbioz usulda yashash ko‘pchilik o‘simliklar uchun xosdir. Ularning ildizi oziqlantirish organi sifatida mikroflora bilan bog‘liq. SHu faktning o‘zi o‘simlik ildizi joylashgan mintaqada hamma vaqt mikroorganizmlar ko‘p bo‘lishi zarur ekanligini bildiradi. Mikroorganizmlar tufayli bu hayot faoliyat jarayonida tuproqda o‘simliklar o‘zlashtiradigan shakldagi mineral moddalar to‘plana boradi. Mikroorganizmlar esa oziqlanishida o‘simliklar ildizi ajratgan chiqindi (modda)lardan foydalanadi.
Erkin yashovchi biologik azot to‘plovchilardan azotobakter-Aroto-bacter va klostridium-Clostridium Pasterianum chuqurroq o‘rganilgan. Azotobakter aerob, klostridium esa anaerob bakteriyalarga mansub. Azotobakter va klostridium bakteriyalar asosan dukkakdosh o‘simliklarning ildizida, ildiz rizosferasida va simbiotik usulda oziqlanib, atmosfera azotini to‘playdi. Azotobakter bir yilda qulay sharoitda gektariga 30-50 kg gacha biologik azot to‘playdi.
Azotobakter ko‘pchilik o‘simliklarning ildizi atrofida oziqlanadi, ammo beda, tamaki va krestguldoshlar ildiz tizimimintaqasida faolroq namoyon bo‘ladi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, azotobakter bug‘doy ildizi atrofida deyarli rivojlanmaydi, chunki ildiz ajratib chiqaradigan moddalar mikroblar uchun zaharli ta’sir etadi.
Havodagi azotning to‘planish yo‘llaridan yana biri dukkakdosh o‘simliklar ildizida yashaydigan tuganak bakteriyalarning rivojlanishidir. Tugunak bakteriyalar atmosfera havosidagi azotni erkin yashovchi bakteriyalarga nisbatan bir necha marta ortiq tuplaydi. To‘plangan biologik azot miqdori o‘simliklar turiga, tuproq-iqlim sharoitiga va qo‘llanilayotgan agrotexnika tadbirlariga bog‘liq. Tugunak bakteriyalar hisobiga bir yillik dukkakdosh-don ekinlari gektariga 50-60 kg, sebarga 150-160 kg, beda esa 300 kg gacha azot to‘plashi mumkin.
Hozirgi vaqtda ekinlarga mineral o‘g‘itlar solish hosildorlikni oshirishda asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Chunonchi, dehqonchilikda mineral o‘g‘itlar tarkibidagi azot, fosfor, kaliy kabi kamchil elementlar hisobiga madaniy o‘simliklar quyosh energiyasndan va tuproq-iqlim omillaridan yaxshi foydalanib, qo‘shimcha hosil yaratadi. Bu elementlar yetishmasa, ularning o‘rnini hech qanday agrotexnika tadbiri qoplay olmaydi.
Azot. Azot tuproqdagi eng harakatchan va o‘simliklarning muhim oziq elementlaridan biri hisoblanadi. O‘simliklar ildizi tuproqdagi azotni muhim oziqlanish manbalaridan bo‘lgan nitrat (NO3)dan va ammoniy tuzlari (NH4) dan o‘zlashtiradi. Bunday shakldagi azot tuproqda kam bo‘ladi, chunki ular suvda yaxshi yeriydi, o‘simliklar va mikroorganizmlar ularni to‘la o‘zlashtiradi. Faqat dukkakdosh o‘simliklar tuproqdagi azotdan tashqari, tugunak bakteriyalar yordamida atmosferadagi molekulyar azotdan ham oziqlanadi.
Azot oqsillar tarkibiga kiradi. O‘simliklarda oqsillar sintezi bilan birga uning ammiakkacha parchalanish jarayonlari ham sodir bo‘ladi. Oqsil hosil bo‘lishiga oid barcha murakkab jarayon ammiakdan boshlanib, ammiak bilan tugaydi. Moddalardagi azot almashinish jarayonlari o‘simliklarning butun hayoti mobaynida davom etadi. Yosh o‘simliklarda oqsil sintezlanishi ustunlik qiladi.
Shunday qilib, o‘simliklar normal o‘sib rivojlanishi uchun tuproqda harakatchan azot miqdori yetarli bo‘lishi kerak. Tuproqdagi harakatchan azot miqdori organik o‘g‘itlar (go‘ng, chirindi, kompost, ko‘kat o‘g‘it va boshqalar), shuningdek, mineral o‘g‘itlar solish yo‘li bilan tartibga solinadi.
O‘simliklar azotni har xil miqdorda o‘zlashtiradi. Chunonchi, rivojlanishining boshlang‘ich fazalarida o‘simliklar azotga juda talabchan bo‘ladi. Azot yetishmaganda o‘simliklarning o‘sishi sekinlashadi, barglarining rangi to‘q yashil rangdan och yashil tusga kiradi, kamdan-kam hollarda sarg‘ayadi. Chunki bunday hollarda bargda xlorofill donachalari kamayib ketadi.
Biroq o‘simliklar azotni haddan tashqari ko‘p o‘zlashtirsa, ular g‘ovlaydi, vegetatsiya davri cho‘ziladi, poyasi yotib qoladi, hosili keskin kamayadi va mahsulot sifati pasayadi. Bunday hollarda o‘simliklar zang va boshqa kasalliklarga chalinadi.
Tuproqdagi azotning umumiy miqdori o‘simliklarning azot bilan ta’minlanganligini ifodalovchi belgi bo‘la olmaydi. Azotning umumiy miqdoridan minerallanish jarayonida o‘simliklar o‘zlashtira oladigan birikmalar hosil bo‘ladi. Binobarin, tuproqdagi organik azot miqdori o‘simliklarning oziqlanishi uchun katta ahamiyatga ega.
Ma’lumki, tuproqdagi azotning murakkab organik birikmalaridan mikroorganizmlar ta’sirida xilma-xil aminokislotalar hosil bo‘ladi, ularni esa mikroorganizmlar o‘zlashtiradi. Aminokislotalarning bir qismi tuproq mikroorganizmlarining fermentativ faoliyati natijasida parchalanib, ammiak ajratib chiqaradi.

Download 164,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish