Soliqnihisobgaolishtartibi. Yuridik shaxslarning budjet bilan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha hisob-kitoblarining buxgalteriya hisobi budjetga to‘lovlar bo‘yicha (turlar bo‘yicha) qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘ida yuritiladi.
Hisoblabyozilgansoliqsummasiquyidagichaaksettiriladi:
-davr xarajatlarini hisobga olish hisobvarag‘i debeti;
-budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘i krediti.
Budjetgao‘tkazilgansoliqsummalariquyidagichaaksettiriladi: -budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘i debeti;
-pul mablag‘larini hisobga olish hisobvarag‘i krediti.
Suvresurslaridanfoydalanganlikuchunsoliqningundirilishtartibi
bo’yichaRossiyaFederatsiyasiamaliyoti. Davlatning bozor iqtisodiyotiga kirib borishida, unga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatishida ko’pgina iqtisodiy tayanchlar orasida soliqlar muhim o’rin tutadi. Har bir soliq turi butun soliq tizimidek, bozor sharoitida iqtisodiyotni boshqarishda kuchli ta’sir etuvchi vositadir. Soliq tizimining qay darajada mukammal tuzilganligi davlatning keyingi yillardagi iqtisodiy va boshqa sohalardagi rivojini belgilab beradi. Albatta davlatda amal qiladigan soliq tizimi unda yashaydigan xalqning urf-odatlari, milliyligi va shu bilan birgalikda jahon talablarini ham hisobga olgan tashkil etilishi har tomonlama maqsadga muvofiq va samaradorligi ham yuqori bo’lishi bor haqiqat.
Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda yaratilgan soliq tizimini yanada takomillashtirish va undagi islohotlarni amalaga oshirishda tarixiy manbalardan, ilmiy yangiliklardan shuningdek rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish katta ahamiyatga ega. Shu jumladan jahonning turli mamlakatlari turli soliq tizimiga asoslanganligini inobatga olgan holda ularda bizdagiga xos bo’lmagan tarzda suv resurslaridan olinadigan soliqning undirilish tartibi qo’llaniladi.
Quyida biz bugungi kunda jahon iqtisodiyotida o’z o’rnini egallagan, shu bilan bir qatorda soliq tizimida o’ziga xoslikni namoyon eta olgan, mamlakatimizda amal qiladigan soliq tizmiga nisbatan yaqin bo’lgan Rossiya Federatsiyasining suv resurslaridan olinadigan soliq bo’yicha ilmiy va amaliy tajribalari bilan tanishib chiqamiz.
Rossiya Federatsiyasida bunday soliq “Suv solig’i” deb ataladi. Bundan tashqari federatsiyada suv biologok resurslaridan foydalanganlik uchun olinadigan yig’im ham mavjud. Ammo ushbu masalaning o’ziga xoslik jihati shundaki, barcha davlatlar singari Rossiya Federatsiyasida ham bu borada soliq undirilish obyekti bir narsaga, ya’ni ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladigan suv resurslarining hajmiga qaratilgan.
Suv solig’i mamlakat budjetining federatsiya soliqlari va yig’imlari tarkibiga kiritiladi. Suv solig’ining undirilish tartibi, soliq solish obyekti, bazasi va
to’lovchilarini belgilash, hisobotlarni topshirish, uni hisoblab chiqarish tartiblari, soliq bo’yicha imtiyozlar va boshqa tartiblar Rossiya Federatsiyasi Soliq kodeksi asosida tartibga solinadi. Bundan tashqari Rossiya Federatsiyasida “Suvdan foydalanish uchun to’lov to’g’risida” gi federal qonun mavjud bo’lib suv resurslaridan foydalanish asnosida yuzaga keladigan boshqa munosabatlarni tartibga solib boradi.
Umuman olganda Rossiya Federatsiyasida suv solig’ini hisoblab chiqarishda asosan quyidagi to’rtta bazag asoslaniladi:
Suv resurslaridan umumiy ravishda foydalanish; Bevosita suv manbalaridan foydalanish;
Elektr energiya ishlab chiqarish uchun suvdan foydalanish;
Yog’och xomashyosini ko’chirish maqsadida suv yo’llaridan foydalanish.
Suv solig’i bazasini suv o’lchash asboblari yordamida yoki belgilangan limitlar doirasida aniqlanadi. Yog’och sanoatida ularni ko’vhirish maqsadida suv yo’llaridan foydalanilgan taqdirda yog’ochning hajmi va suv yo’lining uzunligi asosida hisoblab chiqiladi. Bunda bir ming kub metr yog’ochning yuz kilomatr masofaga ko’chirish asosida soliq soliq stavkasi qo’llaniladi.
Elektr energiya sanoatida suv resurslaridan foydalanilgan taqdirda hisobot davrida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining hajmi soliq solinadigan baza sifatida qaraladi.
Rossiya Federatsiyasida suv solig’I uchun Soliq davri yil choragi hisoblanadi. Bunda kichik tadbirkorlik subyektlari va akvatoriya bo’yicha suvdan foydalanuvchi soliq to’lovchilar soliqni yil choragi asosida to’layydilar. Qolgan barcha soliq to’lovchilar har oyda soliq to’lovini amalga oshiradilar.
Suv solig’I uchun Soliq stavkalarining o’ziga xoslik jihati shundaki, suv resurslarining foydalanish joyiga qarab soliq stavkasining tabaqalanish jarayoni yuzaga keladi. Bunda tabaqalanish suvning yer usti va yer ostidan olinayotganligiga, shuningdek uning mamlakatning qaysi hududidan, qaysi daryo yoki ko’ldan, qaysi suv havzasidan olinayotganligiga ko’ra ham tasniflanishi alohida e’tiborga loyiqdir.
Rossiya Federatsiyasida yaxshi rivojlangan o’rmon xo’jaligi sanoati mamlakatning yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bunda yog’och xomashyosini olis masofalarga ko’chirish jarayoni bugungi kunga qadar o’ta arzon yo’l, ya’ni suv yo’llari orqali amalga oshiradilar. Albatta buning uchun yog’och sanoati korxonalari suv solig’ini to’laydilar. Bunda ham federatsiya qonunchiligiga asosan alohida soliq stavkalari amal qiladi.
Bundan tashqari federatsiya hududida elektr energiya ishlab chiqarishda suv resurslaridan foydalanilgan taqdirda bunday korxonalar suv solig’ini to’laydilar. Bunda soliq to’lovchilar soliq bazasini hisobot davrida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining hajmi asosida hisoblab chiqarishadi. Ushbu faoliyat turi doirasida ishlab chiqarilgan har bir ming kilovat soat energiya uchun belgilangan soliq stavkalari mavjud. Masalan Neva daryosi o’zanidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan har bir ming kilovat soat elektr energiyasi uchun korxona 8,76 rubl miqdorda suv solig’ini to’lab beradi.
Soliq bo’yicha imtiyozlar Rossiya Federatsiyasi Soliq kodeksiga asosan tartibga solinadi. Bundan tashqari federatsiya qonunchiligiga asosan yuqori organlar qaroriga muvofiq ayrim soliq to’lovchilrga nisbatan alohida turdagi soliq imtiyozi berilishi mumkin.
Soliq to’lovchilar soliq summasini Rossiya Federatsiyasi Soliq kodeksining 52- moddasiga muvofiq soliq davri mobaynida soliq bazasi va belgilangan soliq stavkalari asosida soliq imtiyozlarini hisobga olgan holda hisoblab chiqaradilar. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan har oyda to’lashi lozim bo’lgan subyektlar har oyning 20- sanasidan kechikmasdan soliqni to’laydilar. Agar soliq to’lovchi bir vaqtda turli hududlarda suv resurslaridan foydalansa, har bir hudud doirasida belgilangan stavka asosida soliq to’laydi.
Rossiya Federatsiyasida suv solig’ining yana bir o’ziga xoslik jihati shundaki, suv resurslaridan faoliyat doirasida foydalanish uchun soliq to’lovchilar ruxsat beruvchi litsenziyani olishlari lozim. Litsenziya tegishli organlar tomonidan berilib unda ko’rsatilgan muddatda federatsiya hududidagi suv obyektlaridan foydalanish
huquqini beradi. Litsenziya qisqa uch yil muddat oralig’ida yoki uzoq muddatli 25 va undan ko’pmuddatga berilishi mumkin.
Rossiya Federatsiyasi soliq tizimida yuqorida ko’rib o’tganimizdek suv resurslariadan foydalanish qattiq nazorat ostiga olingan. Bugungi kunda mamlakatimizda soliq yukini iloji boricha pasaytirish, xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga kamroq aralashish tendensiyasi bormoqda. Ammo tabiiy resurslar har doim ham davlatning muhim strategik obyektlari hisoblanadi. Shuning uchun ularning foydalanish darajasini jiddiy nazoratga olinishi, uning maqsadli va tejab ishlatilishiga olib keladi.