7-mavzu.R,L va C zanjirlarning AChX va FChX xisoblash.
Reja
Sodda rezistiv va R, L va C zanjirlarini sxema simulyatorlarini qo‘llash asosida modellash va taxlillash.
Transformatorlarning xarakteristikalari va qo‘llanilishi.
Uzatish xarakteristikalar, ikki qutbli zanjirlar, parallel va ketma – ketli rezonans, quvvatni maksimal uzatish va o‘zaro induksiya.
7.1 Sodda rezistiv va R,L va C zanjirlarini sxema simulyatorlarini qo‘llash asosida modellash va taxlillash.
Yuqorida keltirilgan L, r, C ketma-ket kontur, L, r, C parallel kontur va reaktiv ikki qutbliklar uchun qurilgan chastotaviy tavsiflar elektr zanjiri u yoki bu xususiyatlarining chastotaga bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Shunga o‘xshash tavsiflar, na faqat zanjir tahlili uchun, balki elektr zanjirini sintez qilish masalalarini yechishda ham qo‘llaniladi.
Umumiy xolda zanjirning chastotaviy xususiyatlari haqida zanjirning uzatish funksiyasi deb (uzatish koeffitsiyenti amplituda-faza tavsifi) nomlangan tavsifi yordamida fikr yuritiladi. Uzatish funksiyasi deyilganda, zanjir uchun chiquvchi qiymat deb qabul qilingan kattalik masalan, zanjir toki, biror qism kuchlanishlaridan birining, berilgan kirish qiymatiga nisbati tushuniladi.
Uzatish funksiyasi modulining chastotaga bog‘liqligi, ya’ni N( )ni amplituda-chastota tavsifi; argumentining chastotaga bog‘liqligi ( )ni faza-chastota tavsifi deyiladi. Masalan, 1-rasmdagi har bir rezonans egri chizig‘ini ketma-ket konturning berilgan Q parametri va berilgan kirish qiymati, ya’ni rezonans toki Imax ning ma’lum qiymati uchun amplituda-chastota tavsifi N( ) deb qarash mumkin.
Ushbu kontur (1,a-rasm) uchun tokning kompleks shaklda yozilishi quyidagicha bo‘ladi:
(1)
va rezonans ( ) bo‘lgandagi qiymati
ya’ni, uzatish funksiyasi
. (2)
Bunda ning mavhum tashkil etuvchisini haqiqiy tashkil etuvchisiga nisbati, ya’ni
(3)
olinadi.
Chastotaviy tavsiflarni, aksariyat, vektori uchining kompleks maydonidagi geometrik o‘rni - godograf deb qabul qilinadi,
1-rasm
bunda qiymatni bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchi deb hisoblanadi. Ketma-ket konturning gadografi (uning amplituda-faza tavsifi) 1,b-rasmda keltirilgan.
Zanjirning kirish qarshiligi yoki kirish o‘tkazuvchanligi, uzatish funksiyalarining xususiy xollaridan biri sifatida ko‘rilishi mumkin. Masalan, 1 v-rasmdagi almashtirish sxemasi uchun g‘altakning kirish qarshiligi
(4)
ga teng.
Amplituda-chastota tavsifi z faza-chastota tavsifi va godografi 1 v - d-rasmlarda keltirilgan.
Agar uzatish funksiyasi o‘lchovsiz (masalan, ) bo‘lsa, u xolda logarifmik amplituda-chastota tavsifini (LAT) aniqlash mumkin:
. (5)
Do'stlaringiz bilan baham: |