Eul ning tuzilishi. Havo liniya, tayanch turlari, izolyatorlar



Download 0,92 Mb.
bet1/5
Sana08.07.2022
Hajmi0,92 Mb.
#759017
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4 маруза (1)


EUL NING TUZILISHI. HAVO LINIYA, TAYANCH TURLARI, IZOLYATORLAR
Havodagi elektr uzatish liniyalari (HL) elektr energiyasini o‘tkazgichlar yordamida masofaga uzatish uchun xizmat qiladi. HLning asosiy konstruktiv elementlari bo‘lib o‘tkazgichlar, troslar, tayanchlar, izolyatorlar va uzatish liniyasi armaturalari hisoblanadi. O‘tkazgichlar elektr energiyani uzatish uchun xizmat qiladi. Tayanchlarning yuqori qismida HLni atmosfera o‘ta kuchlanishlaridan himoyalash uchun troslar o‘rnatiladi.
Tayanchlar o‘tkazgichlar va troslarni er va suv sathidan ma’lum balandlikda tutib turadi. Izolyatorlar o‘tkazgichlarni tayanchdan izolyasiyalaydi. Uzatish liniyasi armaturalari yordamida o‘tkazgichlar izolyatorlarga, izolyatorlar esa tayanchlarga mahkamlanadi. Ayrim hollarda o‘tkazgichlar izolyatorlar va uzatish liniyasi armaturalari yordamida muhandislik inshootlarining kronshteynlariga mahkamlanadi.
Bir va ikki zanjirli HL ayniqsa keng qo‘llaniladi. Uch fazali HLning bir zanjiri har xil fazalar o‘tkazgichlaridan tashkil topgan. HLda ikki zanjir birgina tayanchda joylashgan bo‘lishi mumkin.
HL konstruktiv qismlarining ishlashiga o‘tkazgichlar va troslarning o‘z og‘irliklaridan, ularda hosil bo‘luvchi muz qatlamlaridan, shamol bosimidan, shuningdek havo haroratining o‘zgarishidan mexanik ta’sir ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, shamol ta’sirida o‘tkazgichlarning titrashi (yuqori chastota va kichik amplitudada tebranish), shuningdek silkinishi yuz berishi mumkin.

O‘tkazgich.

O‘tkazgichlar izolyasiyalangan va izolyasiyalanmagan bo‘ladi:

-izolyasiyalangan o‘tkazgichlarning yuza qismi rezina yoki plastmasa bilan qoplangan bo‘ladi.Ular metall turiga qarab mis (M), alyuminiy (A), po‘lat (C) simlardan tayorlangan bo‘lib, shuningdek o‘tkazgichlar bir vaqtda qo‘llaniladigan ikki metal alyuminiy va po‘lat (po‘lat yurakcha).yurakcha g‘ayriixtiyoriy xarakterni kattalashtirishiga va chidamli o‘tkazgich bo‘lib xizmat qiladi.Bu o‘tkazgichlarning ko‘ndalang kesim yuzasida po‘latlilik qismi taxminan 5 marta kam, lekin po‘lat o‘ziga 40% mexaniq yuklamani oladi. Mis simlar qimmat bo‘lganligi uchun xozirda liniyalarda ishlatilmaydi. Kanstruktiv o‘tkazgich bajarishiga ko‘ra bir va ko‘p o‘tkazgichli va kovak o‘tkazgichlar qilinadi. Bir simli o‘tkazgichlar bita ingichka yumaloq simdan iborat, ko‘psimlik ozgina egiluvchan, lekin yuklamada chidamiylik darajasi kamroq.


Po‘latli ko‘psimli o‘tkazgich (PKO‘) po‘latning solishtirma qarshiligi yuqori bo‘lganligi uchun kam foydaniladi. Ular yuqori bo‘lmagan yuklama joylarda yani qishloq xo‘jalik tarmoqlarida ishlatiladi. Alyumenli bir simli o‘tkazgichlar umuman olganda sanoatda ishlab chiqarilmaydi chunki uning mexaniq chidamiyligi juda past. Ko‘ptolali alyumenli simlar asosan 35 kV gacha bo‘lgan tarmoqlarga ishlatiladi. YUqori kuchlanishda po‘lat-alyumenli AS,ASKS, ASK va boshqa markali simlar ishlatiladi. Masalan, ASK alyumenli misli va po‘lat yurakdan tashkil topgan Po‘latli ko‘ptolali o‘tkazgich PMS bilan belgilaniladi. Kovak simlar tekis ingichka simdan tayorlanadi, birlashtirilgan va o‘tkazgichni ichida bo‘sh fazoda joylashadi. Bu metalning tashqi diametrini kattalashishini taminlaydi, tojlanishning sarfini kamaytiradi. Bunaqa simlar asosiy ko‘rinishda potstansiyalarda 330kV va undan yuqori kuchlanishga ishlatiladi.
YUqorida ko‘rsatilgan o‘tkazgichlardagi mexanik yuklar, silkinishlar va titrashlar ularning uzilishiga, tayanchlarning sinishiga, o‘tkazgichlarning chalkashib qolishiga, izolyasiya oraliqlarini kamayishi natijasida bu oraliqlarning teshilishi yoki izolyatorlar ustida yoy paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
HLda izolyasiyalanmagan, ya’ni izolyasion qobiqsiz o‘tkazgichlar foydalaniladi. HLlarda alyuminiy va po‘lat-alyuminiy o‘tkazgichlardan foydalanish keng tarqalgan. Mis o‘tkazgichlar hozirgi davrda maxsus texnik-iqtisodiy hisoblashlar bilan asoslanmasdan HLda foydalanilmaydi. HLda po‘lat simlardan foydalanish odatda tavsiya etilmaydi.
Atmosfera o‘ta kuchlanishlaridan himoyalovchi troslar, qoidaga muvofiq, po‘latdan tayerlanadi. So‘nggi yillarda troslar yuqori chastotali kanallarni tashkil etish uchun ham foydalaniladi. Bunday hollarda ular po‘lat-alyuminiydan tayyorlanadi.
Izolyasiyalanmagan o‘tkazgichlarning tuzilishi va umumiy ko‘rinishi 2.1.1a-rasmda keltirilgan. Bir simli o‘tkazgich (2.1.1b-rasm) bitta dumaloq simdan tashkil topgan. Bunday o‘tkazgichlar ko‘p simli o‘tkazgichlarga nisbatan arzonroqdir, biroq ular kam egiluvchan va kam mexanik mustahkamlikka ega. Bir metalldan tayyorlangan ko‘p simli o‘tkazgichlar (2.1.1v-rasm) bir-biri bilan o‘zaro o‘ralgan simlardan tashkil topgan. Simlar sonining ortishi bilan kesim yuzasi ortadi. Ikki metalldan tayyorlangan ko‘p simli o‘tkazgichlarda – po‘lat-alyuminiy o‘tkazgichlarda (2.1.1g-rasm) – ichki simlar (o‘tkazgichning o‘zagi) po‘latdan, tashqi simlar alyuminiydan tayyorlanadi.
Po‘lat o‘zak mexanik mustahkamlikni oshirsa, alyuminiy – o‘tkazgichning tok o‘tkazuvchi qismi hisoblanadi.

2.1.1-rasm. HL o‘tkazgichlarining tuzilishi.



Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish