7.4. Statsionar oromgohning faoliyatini tashkil etish. Statsionar oromgoh yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z ustaviga, mustaqil balansiga, bank hisobvarag‘iga, o‘z nomi yozilgan muhrga, yuridik manzili ko‘rsatilgan shtamp va blankalarga ega bo‘ladi.
Bolalar statsionar oromgohlarga Balansda saqlovchi tomonidan beriladigan yo‘llanma asosida yuboriladi. Yo‘llanmalar bolalarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (bundan buyon matnda ota-onalar deb yuritiladi) ishlayotgan tashkilotlar, ota-onalar, homiylar, kasaba uyushmalarining mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan xarid qilinadi.
Statsionar oromgohda bolalarni qabul qilish va kuzatish komissiyasi tuziladi.
Bolalarni qabul qilish va kuzatish komissiyasining tarkibi statsio
Bolalar statsionar oromgohga quyidagi hujjatlar asosida qabul qilinadi:
Balansda saqlovchi tomonidan beriladigan yo‘llanma;
bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki pasporti nusxasi;
davolash-profilaktika muassasasi tomonidan bolaning sog‘lig‘i haqida berilgan tibbiy ma’lumotnoma (079/x-shakl).
Statsionar oromgohga bolalar mazkur oromgoh tibbiyot xodimlari ko‘rigidan o‘tkazilgan holda qabul qilinadi. Tibbiy ko‘rik jarayonida bolada biror kasallik alomati aniqlansa, bola oromgohga qabul qilinmaydi va uning davolanishi uchun 3 kun muddat beriladi.
Bola 3 kun ichida davolanib kelgan taqdirda, statsionar oromgohga qabul qilinadi va joriy smenaning yakuniga qadar oromgohda dam oldiriladi. Davolanish muddati uch kundan ortiq davom etgan taqdirda, ota-onasining 10 kun ichida berilgan yozma murojaatiga asosan bolaga berilgan yo‘llanma Balansda saqlovchi tomonidan qaytarib olinadi va yo‘llanma uchun to‘langan mablag‘ning 85 foizi to‘lovchiga qaytariladi.
Bir smenada dam oldirilgan va sog‘lomlashtirilgan bolalar statsionar oromgohga mazkur Nizomda belgilangan tartibda keyingi smenalarda ham qabul qilinishi mumkin.
Statsionar oromgoh xodimlarining shtatlar jadvali Balansda saqlovchi tomonidan tasdiqlanadi.
Statsionar oromgoh xodimlari mehnat shartnomasi asosida oromgoh boshlig‘ining buyrug‘i bilan ishga qabul qilinadi va lavozimidan ozod etiladi.
Tibbiyot xodimlari statsionar oromgohga tegishli hududiy sog‘liqni saqlash organlari bilan kelishgan holda ishga qabul qilinadi. Tibbiyot xodimlari va oromgoh rahbariyati bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi, ular bilan mavsum davomida davolash-profilaktika ishlari olib borilishi, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilinishi uchun mas’ul hisoblanadi.
Dam oldirilayotgan va sog‘lomlashtirilayotgan bolalar hamda oromgoh xodimlariga birinchi tibbiy yordam bepul ko‘rsatiladi.
Statsionar turdagi oromgoh xodimlari uchun dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumi davomida yashash va ovqatlanish bepul amalga oshiriladi va buning uchun sarflanadigan xarajatlar Balansda saqlovchi hisobidan qoplanadi.
Statsionar oromgoh sog‘lomlashtirish mavsumidan tashqari vaqtlarda shartnoma asosida turli tashkilotlar bilan seminarlar, sport musobaqalari va boshqa tadbirlarni o‘tkazishi, shuningdek o‘z bazasida dam olish maskanlarini tashkil etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |