7-мavzu: Nafas fiziologiyasi. Gaz almashinuvi va uni boshqarishi. Reja


Nafas olish va chiqarishda o‘pka hajmining o‘zgarishi



Download 1,03 Mb.
bet5/15
Sana31.12.2021
Hajmi1,03 Mb.
#200414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
маъруза 7

Nafas olish va chiqarishda o‘pka hajmining o‘zgarishi. Ko‘krak qafasi ichida joylashgan o‘pkani plevra bo‘shlig‘i (ko‘krak qafasining ichki yuzasini qoplovchi parietal plevra bilan o‘pkaning tashqi yuzasini qoplovchi visseral plevra orasidagi yoriqsimon kam gak) ko‘krak qafasining devorlaridan ajratib turadi. Nafas olish paytida ko‘krak qafasi bo‘shlig‘i kengayib, plevra bo‘shlig‘idagi bosim kamayadi, o‘pka hajmi kattalashib, ichidagi bosim pasayadi. SHunda havo yo‘llari orqali o‘pkaga havo kiradi. Nafas chiqarish paytida ko‘krak bo‘shlig‘ining hajmi kichrayib plevra bo‘shlig‘idagi bosim picha ortadi, yozilgan o‘pka to‘qimasi siqiladi; o‘pka ichidagi bosim ko‘tariladi va o‘pkadan havo chiqadi. SHunday qilib, o‘pka hajmi passiv ravishda, ko‘krak bo‘shlig‘i hajmining va plevra bo‘shlig‘idagi va o‘pka ichidagi bosimning o‘zgarishi tufayli o‘zgaradi. Nafas olish va chiqarishda o‘pka hajmining o‘zgarish mexanizmini Donders modelida ko‘rsatib berish mumkin. Donders modeli tubiga rezinka parda qoplangan shisha idishdan iborat. Idishning yuqori teshigiga probka tiqib qo‘yiladi, probka o‘rtasidan shisha nay o‘tkazilgan. Uncha katta bo‘lmagan xayvon (kalamush yoki quyon) dan qirqib olingan traxeya bronxlari va o‘pkasi bilan birga nayning idish ichidagi uchiga o‘rnatiladi; nayning tashqi uchi o‘pka bo‘shlig‘ini atmosfera havosiga tutashtirib turadi. Idish ichidagi bosimni manometrda o‘lchash mumkin, bu manometr idish devoriga kavsharlangan nayga ulab qo‘yilgan. Idishning rezinka pardali tubi pastga tortilsa, idish hajmi kattalashadi va ichidagi bosim atmosfera bosimidan past bo‘lib qoladi. Natijada o‘pka to‘qimasi cho‘zilib, ichiga atmosfera havosi kira boshlaydi. Biroq idish devorlari bilan o‘pkaning tashqi yuzasi orasidagi bosim (idish ichidagi bosim) atmosfera bosimidan baribir birmuncha past bo‘ladi, chunki o‘pka to‘qimasining elastiklik xossalari uning cho‘zilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Idishning cho‘zilgan rezinka pardali tubi qo‘yib yuborilsa, ilgarigi joyiga qaytadi. Idish hajmi kichrayadi va o‘pkani cho‘zuvchi kuchning ta’siri to‘xtaydi. O‘pka to‘qimasi elastiklik xossalari tufayli siqiladi, ichidagi bosim ko‘tarilib, havo o‘pkadan tashqariga chiqib ketadi. Ko‘krak qafasi hajmining o‘zgarishi va shu payt plevra bo‘shlig‘idagi bosimining o‘zgarishi nafas olish paytida o‘pkaning kengayishiga va nafas chiqarish paytida uning siqilishiga bevosita sabab ekanligi Donders modelidan ko‘rinib turipti. O‘pka ichidagi bosimning o‘zgarishi esa nafas olish paytida o‘pkaga havo kirishiga va nafas chiqarish paytida o‘pkadan havo chiqib ketishiga bevosita sababdir. Tekshirilayotgan kishining bir burniga manometr bilan ulangan nay kiritib, og‘izni berkitib nafas olish buyurilsa, o‘pka ichidagi bosimning shu tariqa o‘zgarishini qayd qilsa bo‘ladi. Har (bir nafas olish paytida o‘pkadagi bosim atmosfera bosimidan 2 mm past, har bir nafas chiqarish paytida esa atmosfera bosimidan simob ustuni hisobida 3—4- mm yuqori ekanligini tajriba ko‘rsatadi. Ko‘krak devorini manometrga ulangan kavak ignada teshib plevra bo‘shlig‘idagi bosimni o‘lchash mumkin. Igna plevra bo‘shlig‘iga kirishi bilan manometr u erdagi bosim atmosfera bosimidan kam ekangini ko‘rsatadi. Plevra bo‘shlig‘idagi bosim tinch nafas olish paytida atmosfera bosimidan oimob ustuni hisobida 9 mm qadar, tinch nafas chiqarish paytida esa 6 mm qadar past. Atmosfera bosimini shartli ravishda nolga teng qilib olib, bunday bosimshi ko‘pincha manfiy bosim deb atashadi.


Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish