Nafas olish mexanizmi. Nafas olish akti (inspiratsiya) ko‘krak bo‘shlig‘ishshg hajmi uchta-vertikal, sagittal va frontal yo‘nal ishlarda kengayishi tufayli ro‘y beradi. Qobirg‘alarning ko‘tarilishi va diafragmaning pastga tushishi natijasida ko‘krak bo‘shlig‘i kengayadi. Qobirg‘alar to‘sh suyagiga tog‘aylar bilan birikkan, umurtqachasiga esa ikki nuqtada: qobirg‘a boshi — umurtqa tanasiga, qobirg‘a bo‘rtig‘i umurtqaning yonbosh o‘simtasiga birikkan. Nafas chiqarish paytida qobirg‘alar pastga tushadi; nafas olish paytida esa yuqoriga ko‘tarilib, gorizontal vaziyatni oladi. Bunda to‘sh suyagining pastki qismi oldinga yo‘naladi, shuning uchun ko‘krak qafasining ko‘ndalang kesimi ikki yonga va oldindan orqaga qarab kengayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |