5. Hududlarning iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish xususiyatlari va imkoniyatlari
Mintaqalar rivojlanishida o’ziga xos o’rin tutuvchi moliyalashtirishning turli manbalari mavjud. Ularni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: davlat budjeti mablag’lari; korxonalarning o’z mablag’lari; aholi mablag’lari; xorijiy investitsiyalar; budjetlardan tashqari fondlarning mablag’lari va hokazolar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy iqtisodiyotimiz uchun zarur mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi mintaqa obektlari moliyalashtiriladi, xususiy moliyalashtirish kengayib, xususiy sektor rivojlangan sari davlat budjeti mablag’lari hisobiga investitsiyalash ortib boradi. Bunday hollarda bozor iqtisodiyotiga o’tib borayotgan davlatlarda, jumladan, O’zbekistonda ham davlat budjeti tomonidan tibbiyot, fan va madaniyat, maorif va boshqa ijtimoiy sohalar loyihalari moliyalashtiriladi hamda bu maqsadga muvofiqdir.
Korxona va tashkilotlarning xususiy mablag’lari investitsiya zaxiralari shakllanishida asosiy manbaga aylanib qolmoqda. Ammo ularning moliyaviy holati asosan keskin yomonlashmoqda. Bu rentabellikning pasayishi va zarar bilan ishlayotgan korxonalar ulushi energetika, qishloq xo’jaligi sohalarida ko’payishiga olib kelmoqda. SHuningdek hozirga qadar amal qilgan soliq tizimi ham korxonalarning investitsiya imkoniyatlariga putur yetkazadi. Foydaning kamayishi, korxonalarning investitsiyalarga yo’naltirish mumkin bo’lgan xususiy mablag’larini kamaytiribgina qolmay, balki retabellik darajasi va haqiqiy foiz stavkasi o’rtasidagi o’zaro nisbatni yomonlashtirib, ishlab chiqaruvchilarning qarz mablag’larini jalb etish imkoniyatlariga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Eslatib o’tish joizki, ishlab chiqarishda qo’yilmalar samaradorligi bilan depozitlar bo’yicha stavkalar o’rtasidagi oxirgi foyda ayirmasining ortish salohiyati investorlarning ishlab chiqarishga kapitallar qo’yilmasini to’xtatib turibdi. Investitsiyalar korxonalarning kuchli manbasi bo’lishi amortizatsiya foiziga putur yetkazmoqda. Amortizatsiyaga chiqarilgan summalar investitsiya jamg’armalariga nisbatan hamma manbalar hisobiga kamaymoqda. Natijada ular nafaqat asosiy fondlarni yuqori texnik darajada yangilash, balki sarflanayotgan fondlarni shunchaki almashtirish uchun ham yetarli bo’lmayapti.
Buning sababi uzoq vaqt mobaynida asosiy fondlar qiymatini qayta baholash va amortizatsiyaning eskirib qolgan me’yori qo’llanib kelinganligidadir. Amortizatsiya tannarxini oshirish sababli korxonalar fondlar qiymati bilan qiyoslanganda amortizatsiyaga chiqarilgan summalar va mahsulotlar narxini pasaytiradi. Kapital qo’yilmalarini moliyalashtirish uchun davlat budjeti xarajatlari tegishli obektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish hisobiga kamaytiriladi. Ammo xususiylashtirilgan ko’pgina korxonalarda ham xuddi davlat tasarrufidagi korxonalardagi kabi moliya mablag’lari surunkali yetishmaydi.
Tayanch so’z va iboralar
Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi. Mintaqalar iqtisodiy rivojlanishini omillari. Ma’muriy islohotlar o’tkazish. Mintaqalarga investitsiyalari jalb qilishning asosiy tamoyillari va yo’llari. Minatqalarni investitsion rivojlanish uslubi. Mintaqalarni ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirishda innovatsion shart-sharoitlar. Innovatsion rivojlanish asosida tadbirkorlik rivojlantirish yo’llari. Xududlarni nnovatsion strategiyasini aniqlash uslubi. Hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishning innovatsion shart-sharoitlari. Tadbirkorlikni rivojlantirish yo’llari.
Do'stlaringiz bilan baham: |