Tanlash usullari.
Takror tanlanma deb, shunday tanlanmaga aytiladiki, bunda olingan ob’ekt (keyingisi olinishidan oldin) bosh to’plamga qaytariladi.
Notakror tanlanma deb tanlangan ob’ekt bosh to’plamga qaytarilmaydigan tanlanmaga aytiladi.
Odatda notakror tanlanmadan foydalaniladi.
Odatda tanlashning turli usullaridan foydalaniladi. Bu usullarni ikkiga bo’lish mumkin:
Bosh to’plamni qismlarga ajratishni talab qilmaydigan tanlash usullari. Bu usulga quyidagilar kiradi:
oddiy qaytarilmaydigan tasodifiy tanlash – ob’ektlar bosh to’plamdan bittalab tasodifiy olinadi;
oddiy qaytariladigan tasodifiy tanlash.
Bosh to’plam qismlarga ajratilgandan keyin tanlash usuli. Bu usulga quyidagilar kiradi:
tipik tanlash – ob’ektlar butun bosh to’plamdan emas, balki uning tipik qismlaridan tanlanadi;
mexanik tanlash – bunda bosh to’plam tanlanmaga nechta kirish lozim bo’lsa, shuncha gruppga mexanik ravishda ajratiladi va har bir gruppadan bittadan ob’ekt tanlanadi;
seriyali tanlash – bunda ob’ektlar bosh to’plamdan bittalab emas balki seriyalab olinadi va ular yalpisiga o’rganiladi.
Odatda aralash tanlashlardan foydalaniladi. Masalan, bosh to’plam seriyalarga bo’linadi va bu seriyalardan tasodifiy bittalab ob’ekt tanlanadi.
Aytaylik, tadqiqotchi to’plagan ma’lumotlarini shunchaki yig’indisini olish va ma’lumotlarning o’ziga xos muhim xususiyatlarini tavsiflashni maqsad qilgan. Bunda ko’rgazmali statistika usullaridan foydalanishga moyillik tug’iladi. Bu usullarning ba’zilari grafik ko’rinishdagi xarakterga ega: gistogrammalar qurish; poligonlarni yasash. Ko’rgazmali statistikaning boshqa usullari o’lchovlarning yakuniy son qiymatlari ustida hisoblar olib borishni talab qiladi. Bu hisoblashlarni hozirgi davrda kompyuterlar yordamida qisqa vaqtlarda samarali hisoblash imkoniyatlari mavjud. Bu esa tadqiqotchining ortiqcha hisoblash ishlarini bajarish o’rniga ko’p vaqtini tejaydi va u asosiy vaqtini natija va xulosalarni tahlil qilishga qaratadi.
1.4-masala.3Xayriya AQShda katta kapitalni tashkil qiladi. chairtynavigator.com veb-saytida taxminan 5500 ga yaqin xayriya tashkilotlari haqida axborot beradi. Bundan tashqari kichik xayriya tashkilotlari ham mavjud. Ba’zi xayriya tashkilotlari mablag’larini kam foizini sarmoya yig’ish va adminstrativ xarajatlarga ajratishda samarali faoliyat ko’rsatsa, ko’pchilik tashkilotlar asosiy xarajatlarni shunga yo’naltirishgan. Quyida 60 ta xayriya tashkilotlarining mablag’ yig’ishga qilgan xarajatlarining umumiy xarajatlarga nisbatan foizlarda ulushi havida ma’lumot keltirilgan:
6.1
|
12.6
|
34.7
|
1.6
|
18.8
|
2.2
|
3.0
|
2.2
|
5.6
|
3.8
|
2.2
|
3.1
|
1.3
|
1.1
|
14.1
|
4.0
|
21.0
|
6.1
|
1.3
|
20.4
|
7.5
|
3.9
|
10.1
|
8.1
|
19.5
|
5.2
|
12.0
|
15.8
|
10.4
|
5.2
|
6.4
|
10.8
|
83.1
|
3.6
|
6.2
|
6.3
|
16.3
|
12.7
|
1.3
|
0.8
|
8.8
|
5.1
|
3.7
|
26.3
|
6.0
|
48.0
|
8.2
|
11.7
|
7.2
|
3.9
|
15.3
|
16.6
|
8.8
|
12.0
|
4.7
|
14.7
|
6.4
|
17.0
|
2.5
|
16.2
|
Biror bir amallar tashkiliy tuzilishlarsiz ma’lumotlarning muhim jihatlarini ko’rish qiyin: qanday tipdagi baholashlar mavjud, tipik baholar bir joyda jamlanganmi yoki tarqoqmi, biror ma’lumotlar intervali mavjudmi, 20% dan kam baholar qadara jada va h.k.. 1.1-rasmda gistogramma ko’rsatilgan. Uni qurishni keyinroq ko’rib o’tamiz.
1.1-rasm. Xayriya yig’imining MINITABdagi gistogrammasi
Umid qilamizki bu rasmdan siz quyidagilarni ilg’ab olasiz: 60 ta xayriya tashkilotning 36 tasi mablag’larning 10% dan kamini, 18 tasi 10% dan 20% gacha mablag’ni xayriyaga muhtojlarga sarflaydi. Shuningdek 60 tadan 54 ta (yoki 90%i) xayriya tashkilotlari yig’ilgan mablag’larning 20% dan kamini xayriyaga muhtojlarga sarflashadi. Bu juda kam emasmi? Ammo bu yerda nozik muvozanat mavjud; ko’pchilik xayriya tashkilotlari pulni ko’paytirish uchun mablag’larni sarflashadi va xayriyaga muhtojlarga qilinadigan mablag’ miqdori kamayadi.
Kuzatuvchi bosh to’plamdan olgan tanlanma axborotlari asosida bosh to’plam haqida ma’lum xulosalar chiqarishga harakat qiladi. Demak, tanlanma maqsadning o’zini emas, balki, maqsadga erishish uchun muhitni ifodalaydi. Bosh to’plamdan olingan tanlanmalarni umumlashtirish usuli tanlanmalar usuli (kuzatishlarga asoslangan statistika) deb yuritiladi.■
Do'stlaringiz bilan baham: |