MARJINALISTIK TA’LIMOTNING IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI XIX asrning 70-yillarida Avstriya maktabining shakllanishi iqtisodiyot fanida katta voqea
bo‘ldi. Uning nazariyotchilari fanda marjinalizm deb nom olgan iqtisodiy nazariyani ilmiy asoslab
berdilar. Bu nazariya qoidalari klassik iqtisodiy maktabdan shu darajada farq qilardiki, u ayrim
hollarda fandagi to‘ntarish deb ham baholanadi. Yangicha yo‘nalishni taklif qilgan iqtisodchilar
tovarlar (ne’matlar) qimmatini unga bo‘lgan subyektiv munosabatlar bilan aniqladilar. Har
qanday ne’matlar kishilarning talabini qanoatlantirishi darajasiga qarab, foydalilik kasb etishi
mumkindir. «Foydalilik» va «qimmat» kategoriyalari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud bo‘lib,
har qanday ne’mat foydalidir, lekin u qimmatli bo‘lmasligi ham mumkindir. Foydali bo‘lgan
ne’matlargina ma’lum darajada qimmatli bo‘ladilar. Foydalilik va qimmatlik kategoriyalarini
ajratib ko‘rsatish bilan birga marjinalistlar qiymatning mehnat nazariyasini bo‘tunlay inkor
etdilar. Ular bozorlardagi iqtisodiy ne’matlarning narxini unga sarf bo‘lgan mehnat va ishlab
chiqarish harajatlari bilan emas, balki iste’molchining subyektiv ravishda bu ne’mat qimmatini
belgilashida o‘z o‘rnini topadi, deb hisoblaydilar. «Eng yuqori foydalilik» nazariyasi o‘ta
subyektivligi uchun tartibsizligi va to‘la isbotlangan faktlardan keng foydalanganligi uchun ko‘p
marta haqli tanqid qilindi. Lekin hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarida Avstriya maktabining
g‘oyalarida ayniqsa mikroekonomika bo‘limida keng foydalanib kelinmoqda. Chunki bu
nazariyaning ustun tomoni shu bilan belgilanadiki, unda nafaqat harajatlarning hisobi, balki ishlab
chiqarish va muomalaning natijalari to‘liq inobatga olinadi.
Marjinalizm inqilobi to‘g‘risida gap borganda Avstriya maktabi qatori Lozanna maktabini
ham alohida ta’kidlashimiz zarurdir. Bu maktab asoschilari marjinalistik g‘oyalarni qo‘llagan
holda uning qisqa, ochiq va aniq matematik ifodasini topishga harakat qildilar. Valras foydalilik
o‘rniga noyoblik tushunchasini kiritdi va miqdor iste’molining kamayuvchi funksiyasini taklif
etdi. Umumiy bozor muvozanati nazariyasini ishlab chiqdi va uning tenglamasini yaratdi,
iqtisodiyot va matematikani bir-biriga chambarchas bog‘ladi. Valras qonuni bo‘yicha, bozor
muvozanati sharoitida umumiy talab umumiy taklifga tengdir. Agar Valras bozor muvozanati
masalasini qo‘ygan va uning qachonlardir yechilishini bashorat qilgan bo‘lsa, V.Pareto bu
muammoni hal etishga muhim hissa qo‘shdi va tartibli foydalilik tushunchasini kiritdi. V.Pareto
optimal holati (yeki Pareto optimumi) bu bozor ishtirokchilarining hammasi o‘z foydasi uchun
intilib, o‘zaro manfaat va foydalar muvozanatiga erishmoqdalar.