7-Mavzu: MAHALLIY TARMOQDA MODEMLARNING ISHTIROKI. MODEM TURLARI. Tarmoqdagi multemedia vositalarni o’rnatish Multemedia- bu kompyuter tehnologiyasining turli hil fizik ko’rinishga ega bo’lga (matn, grafika, rasm, tovush, animatsiya (hayvonlar tasviri), video va sh.o’.) va/yoki turli hil tovushchilarda mavjud bo’lgan (magnit va optik disklar, avdio- va video lentalar va h.k.) axborotdan foydalanish bilan bag’liq sohasidir.
Multemedia (multemedia-ko’p muhitlilik) vositalari bu aparat va dasturlar to’plami bo’lib, u insonga o’zi uchun tabiiy bo’lgan juda turli-tuman muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animatsia va b. Ishlatgan xolda kompyuter bilan muloqat qilish imkonini beradi.
Multemedia foydalanuvchiga fantastik dunyoni (vertual xaqiqiy) yaratishda juda ajoyib imkoniyatlarini yaratib beradi, buda foydalanuvchi chekadigan sust kuzatuvchi rolini bajarmasdan, balki u yerda avj olayotgan hodisalarda faol ishtirok etadi; shu bilan birga muloqat foydalonuvchi uchun odatlangan tilda- birinchi navbatda tovushli va videoobrozlar tilida bo’lib o’tadi.
Multemedia vositalariga quyidagilar kiradi: ma’lumotlarni audio- (nutqli) vidio kiritish qurilmalari; yuqori sirtli tovushli (sound) va bideo-(video) plaralar, videoqamrash platalari (video grabber), ular videomagnitafondan yoki videokameradan tasvirni oladi va uni SHK ga kiritiladi; yuqori sifatli kuchaytirgichli, tovush kalonkali katta videoekranli akustik va videoqabul qiladigan tizimlar xozirdayoq keng tarqalgan skanerlar (chunki ular kompyuterga bosma matnlarni va rasmlarni aftamatik kiritish imkonini beradi); yuqori sifatli printerlar va plotterlar.
Multimedia vositalariga yuqori ishonch bilan ko’pincha tovushli va video ma’lumotlarni yozish uchun ishlatiladigan optik va videodisklardagi katta sig’imli tashqi eslab qolish qurilmalarini kiritish mumkin.
Internet tarmog’i turli tiplardagi o’n millionlab kompyuterlarni turli modellar va fasonlardagi shaxsiy kompyuterlardan tortib to katta va o’ta katta EHM-meynfreymlargacha birlashtiradi. Bunday hilma-xil mashinalarni bir biri bilan umumiy muloqat tilini topish juda murakkab masaladir. Bu masala mazkur tarmoq uchun yaratilgan kompyuterlarning muloqat bayonnomalari tuzumidan foydalanish bilan xal etiladi.
Bu tizimning ikkita asosiy bayonnoma tashkil etadi:
· Internet Protocol (IP)- tarmoqlararo bayonnoma, ISO modelining tarmoqli darajasini vazifasini bajaradi;
· Transmission Control Protocol (TCP)-uzatishni boshqarish bayonnomasi, ISO modelining transportli (tashish) darajasi vazifasini bajaradi.
IP bayonnomasi axborotlarni elektron paketlarga (IP deytagramma ) bo’lib chiqishini tashkil etadi, yuboriladigan paketlarni marshirutlaydi va olinadigonlarini qayta ishlaydi.
TCP transport darajaning tipik bayonnomasi hisoblanadi: u ma’lumotlar oqimini boshqaradi, xatoliklarni qayta ishlaydi va barcha ma’lumotlar barcha ma’lumot paketlari olinganligini va kerakli tartibda yig’ilganligini kafolatlaydi. Internet uchun transportli darajaning yana bir bayonnomasi mavjuddir: foydalanuvchi deytagrammasining bayonnomasi (UDP-User Datagram Protocol) oddiyroq va ma’lumotlarni masulyatsiz jo’natishlarda ishlatiladi.
Bu bayonnomalar ishlatish jarayonining ketma-ketligi quyidagicha bo’ladi.
Uzatiladigan axborot amaliy dastur vositalari bilan aniq bir farmatda bloklarga joylanadi. IP bayonnomasi bu bloklarni paketlarga ajratadi,olingan axborotlarning to’ilqligini tekshirish mumkin bo’lishi uchun paketlarning har biri nomer va sarlovha oladi.