2. Kreditning mohiyati. Kreditning funksiyalari. “Kredit” tushunchasining mazmuni. Mohiyat so‘zi iqtisodiy yoki ijtimoiy hodisa yoki voqelikning ichki xususiyatini anglatadi. Kreditning mohiyati unung bir qator ichki xususiyatlarida namoyon bo‘ldi, avvalo, kredit qiymatning harakati bo‘lib ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni o‘zida aks ettiradi, lekin kredit har qanday qiymatning harakati emas. U vaqtinchalik foydalanishga beriladigan pul va tovar shaklidagi mablag‘larning harakatidir.
Kreditning yana bir ichki xususiyati uning subektlar o‘rtasidagi munosabatlarda nomoyon bo‘ladi. Kreditnin subyekylari 2 ta: kreditor va kredit oluvchi.
Kreditning 3 muhim xususiatlari shundan iboratki kredit unga bo‘lgan obektiv talab tufayli yuzaga keladi.
Ayrim hollarda mijozlar kreditni qaytara olmaydi. Bu esa kreditni qaytarib berishlilik xususiatlarini inkor etmaydi.
Kreditning mohiyatan farqlanuvchi asosiy jihati ham uning qaytarib olinishidir. Taraqqiy etgan davlatlarda ssuda kapitali bozori yaxshi rivojlangan. Bu bozor ikki qisimdan iborat:
Birinchi segment pul bozori deyiladi. Bu bozorda qisqa muddatli kreditlarning foiz stavkalari shakillanadi.
Ikkinchi segment capital bozori deyiladi. Bu bozorda o‘rta va uzoq muddatli kreditlarning foiz stavkalar shakillanadi.
Libor + Spred = Libid Bu erda:
Libor - kredit foiz stavkasi;
Spred - bank foydasi;
Libid - kreditning qiymati.
Marja - bank bilan mijoz o‘rtasidagi munosabatlarni harakterlaydi.
Spred - bank bilan bank o‘rtasidagi munosabatlarni harakterlaydi 4.
Kreditning mohiyatini anglashda kredit qonunlari muhim o‘rinni egallaydi. Kreditning 3 ta qonuni bor:
qaytarilish qonuni;
muvozanat qonuni- berilayotgan kreditlar va ularning resurslar taminoti ortasida muvozanat bo‘lishi kerak.
Kreditning mohiyatini yanada aniqlashtirish uchun uning tarkibini, harakat bosqichlarini, iqtisodiy tushuncha sifatidagi muhim belgilarini va ijtimoiy iqtisodiy xarakteristikasini ko‘rib chiqamiz. Kreditning mohiyatini tushunish uchun, avvalambor, uning tarkibi nimadan iborat ekanligini tushunib olish zarur. Kredit munosabat bo‘lishi uchun uning zarur elementlari – kreditning obyekti va subyekti bo‘lishi zarur.
Kredit munosabatlarida subyektlar ikki xil bo‘ladi: kreditor (qarz beruvchi).
va qarz oluvchi.
6-rasm. Kredit munosabatlari tarkibi 5.
Kredit munosabatlarining obyektlari va subyektlari.
Kredit obyekti - bu (kreditor) qarz beruvchidan qarz oluvchiga beriladigan va qarz oluvchidan kreditor (qarz beruvchi)ga qaytib beriladigan qiymatdir.
Bunda qarzga berilgan mablag‘ o‘z qiymatini saqlab qolishi kreditning asosiy sifati hisoblanadi.
Kredit tarkibi uning elementlari birligini ifodalaydi.
Kreditning harakat bosqichlari ham uning muhim belgisi hisoblanadi. Qarzga beriluvchi qiymat harakatini quyidagi sxemada ifodalash mumkin: