7.2. Kolloid eritmalar. Kolloid eritmalar o’zining geterogenligi bilan chin eritmadan farq qiladi. Chunki, kolloid zarrachalar erituvchi molekulasiga nisbatan juda katta bo’lib, ular orasida ajralish sirti hosil bo’ladi.
Kolloid kimyo dastlab fizik - kimyoning bir bo‘lagi edi. Keyingi yillarda kolloid kimyo sanoatning beqiyos rivojlanishiga muhim hissa qo‘shdi. Xalq xo‘jaligining deyarli hamma sohasida kolloid dispers sistemalar va ularni o‘rganadigan asbob uskunalar ultramikroskop, ultratsentrafuga, elektroforez keng qo‘llaniladi.
1751 yili rus olimi M.V.Lomonosov birinchi bo‘lib moddalarning kristallanish va ivish jarayonlari bir - biridan farq qilishini ko‘rsatdi. Ivish jarayoni, deydi u, suyuq moddaning miqdori o‘zgarmasdan quyilishiga yoki yumshoq moddaga aylanishiga aytiladi.
Rus olimlaridan T.E.Lovitsning 1789-yili aktivlantirilgan ko‘mirning yutish xususiyatini aniqlashi, adsorbtsiya hodisasini kashf etishi, A.Musinning 1797-yilda simob metalining suvdagi kolloid eritmasini hosil qilishi, I.G.Borshchovning 1869-yili kolloid eritmalardagi zarrachalarning kristall tuzilishiga ega ekanligini va kolloid mitsella haqida tushuncha berishi, XIX asrning boshlarida A.Smoluxovskiy va A.Eynshteynlar tomonidan kolloid sistemalarda broun harakati va diffuziya nazariyasining yaratilishi, 1907-yili A.Dumanskiyning kolloid eritmalardagi qovushqoqlik va elektr o‘tkazuvchanlikni o‘rganishi kolloid kimyoning har tomonlama rivojlanishiga yo‘l ochib berdi.
1845-yili italiya olimi F.Selmi turli xil eritmalarning (sut, zardob, qon, yelim, jelatina va boshqa ) hossalarini o‘rganib, ularni xususiyatlari chin eritmalardan tubdan farq qilishini aniqladi.
1861-yildan boshlab ingliz olimi T.Grem F.Selmining qiziqtirgan eritmalarining xossalarini har taraflama o‘rganib, ularning yomon diffuziyalanishi, o‘simlik hamda hayvon membranalaridan o‘tmasligi, undagi moddalar kristallanmasdan amorf cho‘kmaga tushishini aniqladi. Bu eritmalarni T.Grem birinchi bo‘lib kolloid deb atadi. Kolloid so‘zi grekcha bo‘lib, kolla - yelim va eidas - simon manoni bildirib, yelimsimon moddalar demakdir.
T.Grem eritmalar xususiyatlarini o‘rganib, unga kiruvchi moddalar ikki xil holatda - kristalloid va kolloidlar bo‘lishi mumkin deb aytgan
Kolloid/sirt jarayonini tavsiflovchi omillarga misollar:
1.Xromatografiya
2.Metallarga ishlov berish jarayoni
3.Kondensatsiyalanish jarayoni
4. Polimer emulsiyalari
5. Ion almashinish
6.Yonilg‘i qazib olish
Ikki asrlar oldin kolloid ximiya fani fan sifatida ahamiyati past bo‘lganligining sababi fizika va kimyo fanlarining kam rivojlanganligidir.Tarkibi noma’lum bo‘lgan materiallardan foydalanish sababli ularni qayta ishlash yoki ishlab chiqarig haqidagi savol qo‘yilganligi sababli bu fanni rivojlanishiga olib keldi. [1.Duncan J. Shaw, Introduction to Colloid and Surface Chemistry. Fourth Edition. Oxford amsterdam boston london new york paris san diego san francisco singapore sydney Tokyo. 2003. 2- bet]
Do'stlaringiz bilan baham: |