7-mavzu. Iqlimiy sinovlar iklimiy sinovlarni tashkillashtirish. Xaroratda sinash uchun kurilmalar. Reja


Harorat sinovlari uchun qurilmalar



Download 119,83 Kb.
bet2/5
Sana02.03.2022
Hajmi119,83 Kb.
#478209
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-MAVZU

2 Harorat sinovlari uchun qurilmalar

Issiqlikga chidamlilik sinovi kamerasi. Issiqlikga chidamlilik sinovlari uchun maxsus issiqlik kameralaridan yoki kombinatsiyalashgan termobarokameralardan va termovlogakameralardan foydalaniladi. Loyiha darajasi jihatidan sodda bo‘lgan issiqlik kamerasi ikki devorli shkaf (12.1rasm) ko‘rinishida bo‘lib, ular orasiga issitgich 2 o‘rnatilgan. Qizigan havo ventilyator bilan so‘rib olinadi va kamerani ichki (ishchi hajmi) qisqimiga haydaydi. Issiqlikning bir qismini sinalayotgan mahsulot (buyum)ga berib, havo devorlar orasidagi erkin muhit orqali isitgichga qaytarib keladi, hamda isitgichda qizigandan so‘ng yana kameraga kelib tushadi. Havoning bunday aylanishi uni uzluksiz harakatlanishini va kameraning hamma nuqtalarida bir xil harorat bo‘lishini taminlaydi. Kameraning ishchi hajmida haroratni bir tekis taqsimlanishini taminlash uchun isitgich elektr kamera ostida, devorida, kamera eshigida o‘rnatilishi mumkin. Sinalayotgan mahsulotga (buyumga) nazorat o‘lchash asboblari vat ok bilan taminlash elektr tarmog‘i maxsus izoliyasiyalangan chiziqlar(ulash liniyalari) orqali ulanadi.











Ba’zi hollarda tashqi isitgichga ega sinov qurilmalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. SHu xil qurilma (12.2 rasm)lar yaxshi izalyasiyalangan kameraga va yopiq ventilyasiyaga ega bo‘ladi. Belgilangan haroratni havo ishchi muhit orqali serkulyason ventilyator 5 orqali haydaladi. Harorat datchigi kameradagi haroratni nazorat qiladi. Bu datchik ko‘rsatishi asosida harorat nazorat qiluvchi 2 elektro termik qurilmasi 8 ga dastur belgilaydi, u esa kameraga kelib tushayotgan havoni zarur haroratgacha isitib beradi. Kameradan chiqgan havo dastlabki isitish va tozalash qurilmasi 4 ga kelib tushadi, u erda esa namlik datchigi o‘rnatilgan. Bu datchik signali nisbiy namlik nazorat qilgichi 3 ga kelib tushadi. Bu nazorat qilgichga boshqa namlik datchigi 7 dan ham signal kelib tushadi. Bu signallarni solishtirib, nazorat qilgich havo namligi 6 orqali havoni zarur nisbiy namlik qiymatiga olib boradi.
Sovuqga chidamlilik sinovlari uchun kameralar. Past harorat ikki xil zarur usul bilan olinadi:

  • Sovituvchi agent (suyuq azot, qattiq ko‘mir angidrid quruq muz, kislorod) yordamida bevosita sovitish;

  • Kompressor yordamida bevosita sovitish.

Kichik kameralarni bevosita solishtirishda uglerod ikki oksididan keng foydalaniladi. Qattiq uglekislotani (korbanat angidridni) qizitish uni havosiz va karroziya keltirib chiqarmaydigan gazga aylanishiga sabab bo‘ladi. Qattiq holatdagi korbanad angedrid bazida qisqa vaqt sinovlarida qo‘llash maqsadga muvofiq. SHu xil sinovlar kamerasi 18.3-rasimda tasvirlangan. Bu usul quyidagi kamchiliklarga ega;

  • Konveksiya yo‘li bilan issiqlik almashish yaxshi emasligi sababli kamerada harorat doimiy bo‘lmaydi, chunki sovuq havo odatda kamera ostiga tushadi; Kameradagi haroratni kamera ichidagi mahsulot miqdoriga bog‘liqdir; Kamera o‘lchamlari chekli darajada bo‘lishi

Havoni ventilyator yordamida aylantirish yuqoridagi kamchiliklarning boshidagi ikkitasini bartaraf etadi. Ushbu usul quyidagi afzalliklarga ega:

  • Harorat tez o‘rnatiladi;

  • Iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq;

  • Xizmat ko‘rsatish oson;

  • SHovqin chiqarmasligi.







.


Bilvosita sovutish usuli suvning bog‘lanish paytida atrof muhit energiyasini yutish xususiyatiga asoslangan. Ushbu usulni texnik jihatdan amalga oshirish sovutish tizimini kompressor yordamida bog‘lanishiga asoslangan. Bu tizimni ishlash prinsipi quyidagicha: - gazsimon sovuq agent kompressor yordamida kondeksiatsiya uchun etarli bosimgacha siqiladi. Suyuq sovuqlik agent radiator bo‘ylab o‘tib, bog‘lanadi va atrof-muhitni sovutadi. SHu xil sovuqlik kamerasi loyihaviy sxemasi 12.4-rasmda tasvirlangan. Qurilmada berk zanjir keltirilib, freon gaz aylanib turadi.
Kondetsator 1 dan yuqori bosim ostidagi suyuq freon bug‘lantirgich 2 kelib tushadi va bu erda u bog‘lanadi, hamda kengayadi. Bunda issiqlik yutadi, yani kamera ishchi muhitni sovutadi. Bug‘lantirgichdagi freon bug‘lanib past qiymatli bosim kompressori 3 yordamida so‘rilib, ularni sovutgich 4 ga haydaydi. Bu erda gaz sovutiladi va siqiladi. Sovutgichdan freon o‘rtacha bosim kompressori 5 yordamida so‘rilib, sovutgich 6 ga uzatiladi.
Sovuqga chidamlilikga sinash uchun termakameralardan ham boshqa yuqorida bayon etilgani kabi MPS xildagi teriobarakametrlar, hamda turli TKS xilidagi past haroratli maxsus kameralardan ham foydalanish mumkin. TKS-0,15-70 past harorat kamerasi Freon-22 da ishlovchi ikki bosqichli sovituvchi FDS-0,15m mashinsi va boshqarish pultidan iborat. Kameradagi harorat rejimi -200c gacha diapazonda -+ 20c aniqlik avtomatik tarzda ushlab turiladi.
Sanoatda ishlab chiqarilgan kombinatsiyali kameralar zamonaviy – past va yuqor haroratlarni olish hamda bir vaqtning o‘zida kamera bosimini kamaytirish imkonini beruvchi termobarometrlar – MPS500y, MPS1000Y hisoblanadi. Xil belgisidan so‘ng turgan son kameraning foydali hajmini metriallarda ifodalaydi.
Proporsional regulirovka qilish diapazoni 20oS ga teng (belgilangan ma’nodan chap va o‘ng tomonga 10 oS dan), bu o‘z navbatida uskunaning to‘la shkalasining bir necha foiziga muvofiq bo‘ladi. Regulirovka qilish diapazoni boshida isitgich impuls davriyligi davomiyligini bildiruvchi o‘n soniya vaqt mobaynida qo‘shilgan turadi. Haroratning nominal ma’nosiga yaqinlashganda isitgichning qo‘shilgan holatida davomiylik kamayadi, qo‘shilgan holatning vaqti esa oshadi. Bunda davriylikning umumiy davomiyligi doimiy ravishda 10 soniyani tashkil qiladi. Belgilangan harorat ma’nosiga etganda isitgichning o‘chirilgan va qo‘shilgan holatida vaqt bir xil bo‘ladi va 5 soniyani tashkil qiladi. Belgilangan harorat ma’nosidan o‘tganda qo‘shilgan holatning davomiyligi 5 soniyadan kamayadi va diapazonni regulirovka qilish oxirida 0 ga tenglashmaguncha kamayib boradi.

Download 119,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish