Infeksion kasallliklar klassifikasiyasi. Yuqorida aytilganidek yuqumli kasalliklar qo’zg’atuvchilari evolyusion jarayonida ma’lum turdagi hayvonlarga moslashgan. Bular qo’zg’atuvchini tashuvchilar deyiladi. Shunga asosan yuqumli kasalliklar: 1) faqatgina hayvonlarga xos (zonooz); 2) faqatgina odamlarga xos (antroponoz); 3) hayvonlarni zararlab odamlarga o’tadigan(zooatroponoz); 4) hayvon va odamlarni zararlab o’zaro bir-birini zararlash (antropozoonoz) qobilyatiga ega kasalliklarga bo’linadi.
Nazorat savollari:
1. Infeksiya va yuqumli kasalliklar tushunchasining farqini ayting
2. Qanday mikroblarga patogen mikroblar deyiladi.
3. Patogenlik va virulentlik tushunchalarini izoxlab bering.
4.Infeksion kasalliklarning o’tishi qanday bo’ladi.
5.Yashirin infeksiyaning mikroblarni tushushidan qanday farqi bor.