2. HAJMIY BLOK TURLARI
Hajmiy blokli binolar tarkibida bloklarni har xil joylashtirish mumkin. Bloklarni
tayyorlash qiyin jarayon bo‘lgani uchun, hajmiy bloklarni bir xillashtirish katta
ahamiyatga ega. Har xil shakldagi binoning konstruksiyaviy elementlarini o‘zaro
birlashtirish, ularni quyish va o‘zaro shaklini joylashtirish bir xillashtirilgan blok turlari
uchun bloklarni birlashtirishda standart usullarni ishlab chiqishni talab qiladi.
Elementlarni o‘zi uch xilda bo‘ladi: blok-xona; bino eni bo‘yicha blok va blok-
xonadon. Blok-xona uzunligi ko‘i bilan 5,5 m va eni 3,5 m bo‘ladi. Uni tayyorlash va
tashish (og‘irligi 12 t dan oshmaydi) oddiy. Blok-xonalariga yashash xonalari, oshxona,
zinapoya katagi yoki sanitar-texnik xona joylashtiriladi. Bino eni bo‘yicha bloklarga
ikkita xona+oshxona (hojatxona bilan); zinapoya+oshxona (hojatxona bilan). Bloklar
bino tashqi devor tekisligining to‘rt nuqtasiga tayanadi va kesimli chorcho‘psimon bir
oraliqln to‘singa o‘xshab ishlaydi. Bunday tayanish binoni montajini yengillashtiradi,
chunki ichki sermehnat va nazorat qilib bo‘lmaydigan tugunlar va birikishlar
bo‘lmasligiga erishiladi. Hajmiy elementli blok xonadonlar o‘zida xonadonning hamma
xonalari bo‘lishini ta’minlaydi. Bu blok-xonani yiriklashtirilgan variantidir, hajmiy
elementlar tirqishi 2 dan 10 sm gacha qilib kuyiladi. Tayanch tugunlaridagi qo‘sh
elementlar o‘rnatish detallariga payvandlanib biriktiriladi.
Biriktirilgan hajmiy bloklar qatoriga yoki rejada burilib joylashgan tiklangan
konstruksiyani tashkil qiladi.
Hajmiy bloklarni konstruksiyaviy talablariga elementlarni mustahkamlik, bikrlik,
yorilishga chidamlilik talablari kiradi.
Konstruksiyaviy tizimda tashqi va ichki devorlar o‘zaro orayopma bikr gardishi
bilan biriktiriladi.
Blok burchaklarida deformatsiyani kamaytirish maqsadida vertikal zo‘riqishni
shift orqali devorga uzatishda qo‘shimcha armaturalarga ega bo‘lgan vertikal va
gorizontal qalinliklar o‘rnatiladi. Qalinliklar shuningdek burchaklarda to‘plangan
mahalliy zo‘riqishlarni yo‘qotadi.
Hajmiy elementlar tayyorlashni texnologiyaga xos xususiyati hajmiy elementni
ratsional shaklini izlashdan iboratdir. Bunday shakllar: quvur, besh devorli stakan, besh
devorli qalpoq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ular mashinada tayyorlanadigan
devorlar hajmiy elementini maksimal sonli qilib tayyorlashga ruxsat beradi.
Yotqizilgan stakan xilidagi blok qobirg‘alari bir tekis joylashgan silliq yuzali yuk
ko‘taruvchi konstruksiyaga o‘xshab ketadi (3-rasm, a).
Qobirgalar orasidagi bo‘shliq qalinligi 50 mm (og‘ir beton) va 60 mm (yengil
beton) bo‘ladi.
3-rasm. Qatorli hajmiy blok turlari: a-yotkizilgan stakan; b-qalpoq devori yuk
ko‘taruvchi; v- devorlari burchakka tayanadigan qalpoq
;
g-stakan; d- alohida yig‘ma elementlardan yig‘ilgan;
ye-yig‘ma karkas asosli.
Devordan chikib turgan qobirg‘ada radiusi 50 mm li aylana bo‘lishi kerak.
Bunday xildagi bloklar ikki, uch va to‘rt tomoni bo‘yicha chiziqli tayanganda
qo‘llaniladi. Bunday blok konstruksiyasi material sarfi bo‘yicha tejamli, biroq
kamchiliklari bor: blok-panelli sxemada qo‘llash mumkin emas va ochiq o‘rinlar
o‘rnatish uchun imkoniyatlar cheklangan bo‘ladi. Blok-panelli binolar uchun
yotqizilgan stakan xilidagi blok devor kesimi tekis bo‘lishi mustahkamlik, bikrlik,
yorilishga chidamli, tovushdan himoyalash va yong‘inga chidamlilik talablarini
aniqlaydi. Shunday xildagi bloklar uchun tashqi devor panellari alohida tayyorlanadi va
zavodda yoki qurilish maydonida yig‘iladi. Yotqizilgan stakan xilidagi blokni blok bilan
birga qo‘yilib balkon plitasi rafaqli qilib tayyorlanadi.
Qalpoq-temirbetondan tayyorlangani hajmiy blokli konstruksiyani eng ko‘p
tarqalgani hisoblanadi (3-rasm, b). Qalpoq qoliplash mashinasi uchun eng ratsional
shakl bo‘ladi. U quyma besh devori, to‘g‘riburchakli qobiq ko‘rinishida tasavvur
qilinadi. Gorizontal yuk ko‘taruvchi element - orayopma plitani qobirg‘asimon pol
paneliga o‘rnatish yo‘li bilan o‘ralgan blok hosil bo‘ladi. Blok devorlari chiziqli yoki
aniq tayangan bo‘lishi kerak. Qalpoq chiziqli tayanganda qorishmali chokka qo‘yiladi.
Bu holda devor nomarkaziy siqilishga ishlaydi.
Yuklar yig‘ish (montaj) shartli aniqligi 1 sm ekssentrisitet orqali uzatiladi.
Uzun devorlarda bikrlikni oshirish uchun, qalinliklar quyiladi. shuningdek, radius
yoki qiya ko‘rinishda burchaklar qalinlashtiriladi. Shift blokka bir butun holda
bog‘lanadi. U tekis yoki qobirgasimon bo‘lishi mumkin.
Stakan xilidagi blok (3-rasm, g) - tepasi ochiq besh devorli qo‘yilgan qalpoqdir.
Uni tubida shift plitasi yo‘q plita bilan tayyorlanadi. Tubidagi plitani yechimi
qobirg‘asimon (qobirg‘a pol qalinligiga yashiringan). Bunday yechimni kamchiligi
yig‘ish
paytida qalpoqni ochiqligi hisoblanadi. Qalpoqlar uchun maxsus inventar
qalpoqlar qo‘llaniladi.
Hajmiy bloklarni alohida tekis elementlarini payvandlash, yelimlash va boshqa
yig‘ish usullari orqali tayyorlanadi. Panel binolarga nisbatan bunday bloklarni qo‘llab
qurilgan binolarni yutug‘i blok panellarini zavodda yig‘ish hisoblanadi. Tartibga
solingan rejali xonali baland binolarda bunday konstruksiyali bloklarni eng ratsionali
qo‘llaniladi. Blok konstruksiyasi qalpoq, stakan, quvur xillari sharoitidan kelib chiqqan
holda bir yoki ikki ochiq yuzali bo‘lishi mumkin. Yig‘ma panelli va karkas-panelli
hajmiy elementlar quymaliga nisbatan sermehnatli, lekin samarador qurilish
materiallardan foydlanish natijasida ularni qo‘llash muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |