7-Mavzu: hajmiy blokli binolar reja: Hajmiy blokli binolarning konstruksiyaviy sxemalari Hajmiy blok turlari



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana15.11.2022
Hajmi0,79 Mb.
#865894
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sanoot va fuqaro binolari arxitekturasi-maruza-1585685016



7-Mavzu: HAJMIY BLOKLI BINOLAR 
Reja: 
1.
 
Hajmiy blokli binolarning konstruksiyaviy sxemalari 
2.
 
Hajmiy blok turlari 
3.
 
Hajmiy - blokli binolar konstruksiyalari 
4.
 
Panel-blokli bino konstruksiyalari 
5.
 
Zilzila bo‘ladigan rayonlarda hajmiy blok konstruksiyali binolarni qurilishi 
 
Klaster usulida mavzu bo‘yicha ma’lum bo‘lgan tushunchalarni faollashtirish
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mavzuni jonlashtirish uchun blis so‘rov savollari 
1.
Hajmiy – blokli uylarning afzalliklari. 
2.
Hajmiy-bloklarning turlari. 
3.
Bloklarning o‘zaro qanday joylashtiriladi? 
 
Bir xonali 
Sanitariya – 
texnika 
Ikki xonali 
Hajmiy 
bloklar
Truba
Stakan
Qalpoqli
Zinapoya 
Yotqizilgan 
stakan


1. HAJMIY BLOKLI BINOLARNING KONSTRUKSIYAVIY
SXEMALARI 
Qurilishni sanoatlashtirish montaj elementlarni yiriklashtirishni va to‘laligicha 
zavodlarda tayyorlashni talab etadi. Hajmiy blokli binolarni montaj qilish rivojlangan 
yo‘nalishlardan deb hisoblash mumkin. Yirik panelli qurilishga nisbatan bu usul 
umumiy sarflarni 15% ga, qurilish muddatini 2,5-3 marta qisqartirishga olib keladi. 
Hajmiy bloklar qurilish maydoniga santexnik, elektrotexnik va pardoz ishlari bajarilgan 
holda zavoddan foydalanishga to‘la tayyor holda keltiriladi. 
Hajmiy blokli binolarga ham, boshqa konstruksiyaviy sxemali binolardagidek 
talablar qo‘yiladi: 
-
hajmiy-rejaviy yechimi funksional jarayon talablariga javob berishi kerak;
-
me’moriy-rejaviy yechimi bino qurishni zamonaviy kompozitsion va badiiy 
ko‘rinishlariga javob berishi kerak;
-
konstruksiyaviy yechimi tabiiy-iqlimiy va boshqa tashqi ta’sirlarga javob berishi 
va sanoatlashgan baza barpo etish va hajmiy elementlar yagona o‘lchamlari va 
markalari sonini minimal bo‘lishiga erishish kerak. 
Hajmiy blokli binolarni uchta konstruksiyaviy sxemasi ma’lum: I -blokli; II - 
panel blokli; III - karkas blokli. Blokli sxemada hajmiy elementlar yoppa joylashgan 
bo‘lib, har biri yuqorida yotgan bloklar og‘irligini qabul qilib, o‘z og‘irligi bilan pastda 
yotgan bloklarga uzatadi. Hajmiy blokli binolar bir-biri bilan bog‘langan hajmiy-blokli 
ustunlar tizimida tasavvur qilinadi. Blok o‘lchamlari aniqlash bo‘ylama (2,7; 3,0; 3,3; 
3,6) va ko‘ndalang (4,8; 5,1; 5,4; 5,7; 6,0; 6,6) o‘lchamlarda qo‘yiladigan 
konstruksiyaviy o‘lchamlari orqali bo‘lishi mumkin. Maxsus ruxsatnomali binolarda 
transport cheklanishi natijasida chegaraviy o‘lchamni 3,6 m qabul qilishi mumkin. 
Hajmiy blokli binolar yechimi har hil variantlarda bo‘lishi mumkin (1-rasm, b). 
Eng ko‘p tarqalgani lodjiya o‘rnatish uchun bo‘ylama o‘q bo‘yicha siljigan bo‘ladi (1-
rasm, v). 
Kichik o‘lchamli hajmiy bloklarni kiritish yo‘li bilan fasad bo‘yicha siljishlar hal 
qilinadi. Ba’zi bir hollarda hajmiy blokli binolar blokini burishga to‘g‘ri keladi. 
Lekin bu usul bino konstruksiyaviy sxemasi umumiy ish xarakterini buzadi va 
yagona o‘lchovda qoliplangan hajmiy bloklar prinsipini o‘zgartiradi (1-rasm, g). Hajmiy 
bloklarni vertikal bo‘yicha siljigan usuli bo‘lishi mumkin. (1-rasm, d). Bu eng qiyin 
usul. Konstruksiyaviy tizim har hil o‘lchamdagi hajmiy bloklar kombinatsiyasidan - 
kattasi (bino oraliq o‘lchami bo‘yicha) va kichigi bir yoki ikki qatorli yo‘lak bloklaridan 
(1-rasm, ye) bajarilgan bo‘lishi mumkin. 


1-rasm. Hajmiy-blokli konstruksiyaviy tizim: a-qatorli; b-bo‘ylama o‘q bo‘yicha 
siljigan; v-blokga lodjiya o‘rnatilgan; g-qayrilgan blokli; d-vertikal bo‘yicha surilgan; 
ye-kichik yo‘lakli blok. 


Loyihalash va qurilish amaliyotida hajmiy bloklar qo‘llanilgan kombinatsion 
tizimli binolardan ko‘p foydalaniladi. Bu talab qiladigan hajmiy elementlar kiritish 
hisobiga (sanitar-texnik kabinalar, oshxona, lift va shamollatish shaxta bloklari) bunday 
yechim panel tizimini rivojlantirishga yo‘l ochib beradi. Panel-blokli tizim panelli va 
hajmiy - blokli binolarning eng yaxshi texnik va me’moriy sifatlarini 
mujassamlashtirgan. 
Panel - blokli sxema tekis har hil shakldagi hajmiy elementlar birikishini 
qaytarilishi natijasida ichki qo‘shaloq devorlarni yo‘qotish hisobiga yengilashtirilgan 
blokli sxema varianti bo‘lib hisoblanadi (2-rasm). Masalan, hajmiy elementlar yonma-
yon emas, balki bino ko‘ndalangi bo‘yicha qo‘yiladi - hajmiy elementlar orasidagi 
bo‘shliq tekis plitalar bilan yopiladi, yon tomoni devor panellari bilan o‘raladi. 
Balandlik bo‘yicha hajmiy elementlarni shaxmat shaklida o‘rnatish mumkin. (2-rasm, 
a). Panel-blokli qurilishda oraliq va qadam o‘lchami taxminan teng bo‘lgan kichik 
hajmiy elementlarni qo‘llash mumkin. (2-rasm, v). Bu holda konstruksiyaviy tizim blok 
ustunlaridan, bino bikr gardishi esa tekis orayopma panellardan iborat bo‘ladi. 
Bunday yechimda hajmiy elementlar va tekis panellar og‘irligi tahminan teng 
bo‘ladi. Panel-blokli yechimda panellar yiriklashadi va tekis mahsulotlar og‘irligi 1, 5-2 
marta oshadi (2-rasm, g). Qurilish montaj ishlarini sermehnatligini hisobga olib, korpus 
eni uzunligida uzun o‘lchamli panel konstruksiyalarni (ichki devor panellari) binolarda 
qo‘llash yaxshi samara beradi. 
Panel-blokli tizim hajmiy bloki yuk ko‘taruvchi va o‘z yukini ko‘taruvchi, hamda 
tutashgan yuk ko‘taruvchi panel devorli qilib tayyorlanadi. Tutashgan devorlarni 
qo‘llash yagona o‘lchamlari sonini ko‘paytiradi, lekin hajmiy-blokli bino uchun tavsiya 
etilgan o‘z yukini ko‘taruvchi hajmiy bloklarni qo‘llashga sharoit yaratadi. 
Karkas-blokli sxema oldingi ikkalasidan keskin farq qiladi. Bu sxemada yuk 
ko‘taruvchi va o‘rovchi konstruksiyalar vazifasi boshqacharoq bo‘ladi. Yuk ko‘tarish 
vazifasini oddiy karkas, yoki minorali binolarning o‘zagi ko‘rinishidagi bikr yadro 
bajaradi (2-rasm, ye). Bu yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar temirbetondan yoki metaldan 
tayyorlanadi. Yengil issiqlik o‘tkazmaydigan materiallardan qilingan hajmiy o‘z yukini 
ko‘taruvchi elementlar, karkas to‘siniga o‘rnatiladi yoki markaziy bikr yadroga rafaqli 
mahkamlanadi. Bikr yadro ustiga qalin rafaqli konstruksiya o‘rnatish to‘g‘ri kelsa, 
hajmiy elementlarni bir tomoni bikr yadroni chiqqan devorlariga mahkamlanadi, 
ikkinchi tashqi tomoni bilan yuqoridagi konstruksiyalar rafag‘iga tasmalar bilai osiladi. 
Bunday sxema qavati osilgan bino nomini olgan. Hajmiy elementlarni rafaqli 
mahkamlash nafaqat bino o‘zagida, balki cho‘zilgan binoni yuk ko‘taruvchi 
konstruksiyalarida ham amalga oshirish mumkin. Bu holda binoning yuk ko‘taruvchi 
asosi - ikkita bo‘ylama devor - qavatlararo orayopmalar bilan biriktiriladi. 
Zinapoya katagi devori va qo‘shimcha ko‘ndalang devorlar ko‘ndalang 
yo‘nalishda asosni chidamliligini ta’minlaydi. Asosning yuk ko‘taruvchi bo‘ylama 
devorlariga qavatlararo rafaqli hajmiy elementlar mahkamlanadi. 


2-rasm. Kombinatsion konstruksiyaviy tizimli hajmiy bloklar; 
a-vertikal bo‘yicha shaxmat shaklida joylashgan bloklar; b-xona panellari aralashgan; v-
kichik yuk ko‘taruvchi blokli, g-panel elementi yiriklashgan; d-karkas-blokli; ye-quyma 
o‘zak va osma blokli. 



Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish