O‘z-o‘zidan ishga tushiriladigan mexanizmlar uchun normal davomli ishga kerak
bo‘lgan quvvatdan kattaroq quvvatli elektr motorlarni va transformatorlarni,
qoidadagidek, qo‘llash talab etilmaydi.
Aylanish chastota rostlanishini talab etmaydigan mexanizmlarni yuritish uchun
ularning quvvatidan qat’iy nazar sinxron yoki qisqa tutashgan
rotorli asinxron elektr
motorlarini qo‘llash tavsiya etiladi.
Og’ir ishga tushirish yoki ish sharoitlariga ega bo‘lgan yoki aylanish chastotasi
o‘zgartirilishini talab qiluvchi mexanizmlarni yuritish uchun ushbu uskunada mumkin
bo‘lgan ishga tushirish yoki aylanish chastotasini rostlash bo‘yicha eng sodda va
iqtisodiy usullik elektr motorlarini qo‘llash kerak.
Sinxron elektr motorlar, qoidadagidek, qo‘zg’atishni
jadallashtirish yoki
kompaundlash uskunalarga ega bo‘lishi kerak.
Sinxron elektr motorlar o‘zini quvvati bo‘yicha shu yuklama tugunida (uzelida)
kuchlanish rostlanishini yoki reaktiv quvvat rostlanishini ta’minlashi mumkin bo‘lgan
hollarda, ular 3.3.39 ga muvofiq AZU ga ega bo‘lishi kerak.
O‘zgaruvchan tok elektr motorlari mexanizmning kerakli xarakteristikalarni
ta’minlaolmasa yoki iqtisodiy bo‘lmasa, faqatgina shu hollarda o‘zgarmas tok elektr
motorlarini qo‘llash ruxsat etiladi.
Normal muhitli xonalarda o‘rnatilayotgan elektr motorlar, qoidagidek, IPOO
yoki IP20 bajarilishiga ega bo‘lishi kerak.
Ochiq havoda o‘rnatilayotgan elektr motorlar IP44 dan past emas yoki ularni ish
sharoitlariga (masalan, ochiq Kime uskunalari uchun, o‘ta past haroratlar uchun) mos
maxsus bajarilishiga ega bo‘lishi kerak.
Tabiiy sovitish sharoitlarini buzuvchi chang yoki boshqa moddalar o‘tirishi
mumkin bo‘lgan xonalarda o‘rnatilayotgan elektr mgotorlar IP44 dan past emas yoki
toza havo bilan shamollanuvchi bajarilishga ega bo‘lishi kerak.
SHamollantiradigan elektr motorni korpusi havo o‘zgartgichlari
va hamma
birikish joylari ventilyatsiya sistemasiga havo so‘rilishini yo‘l qo‘ymaslik uchun
puxtalik bilan zichlangan bo‘lishi kerak.
Elektr motorlarni shamollantiradigan qilib bijarilishida elektr motorlar
to‘xtaganida atrof havoni so‘rilishiga qarshi surma klapanlarini ko‘zda
tutish tavsiya
etiladi. Tashqi (sovuq) havoni isitish talab etilmaydi.
Zax va o‘ta zax joylarda o‘rnatiladigan elektr motorlar IP43 dan kam bo‘lmagan
bajarilishga va namgarchilik ham changni ta’siriga mo‘ljallangan izolyatsiyaga
(maxsus material bilan cheklangan, namga bardosh beruvchi va h.k.) ega bo‘lishi
kerak.
Kimyoviy aktiv bo‘g’li yoki Gazli joylarda o‘ronatiladigan elektr motorlar IP44
dan kam bo‘lmagan bajarilishga yoki 5.3.17. da keltirilgan
talablarga rioya qilgan
holda toza havo bilan shamollantiradigan bajarilishga ega bo‘lishi kerak. Bajarilishi
IP33 dan kam bo‘lmagan, lekin kimyoviy bardoshli izolyatsiyalik va ochiq,
izolyatsiya
etilmagan, togk o‘tqazuvchi qismlari qalpoqlar yoki boshqa yo‘l bilan
yopilgan elektr motorlarni qo‘llash ruxsat etiladi.
Havo xarorati plyus 40
0
S dan yuqori bo‘lgan xonalarda o‘rnatilayotgan elektr
motorlar uchun ularni mumkin bo‘lmagan darajagacha qizish imkoniyatini yo‘l
qo‘ymaydigan choralarni bajarish kerak (masalan, sovitish
havosini olib keluvchi
majburiy ventilyatsiya, tashqi shamollantirish).
Elektr motorlarni yopiq majburiy ventilyatsiya sistemasi uchun havo va sovitish
suvi xarorati nazorat asboblarini ko‘zda tutishi kerak.
CHo‘lg’amlarga yoki magnit o‘zaklarga yotqizilgan issiqlik indikatorlari bilan
ta’minlangan elektr motorlari muntazam ravishda o‘lchovlar o‘tqazish qulayligini
ta’minlaydigan elektr motorlardan maxsus shitlargacha
chiqish kuloqlarga ega
bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: